o'tmishimizdan ayrildik.
E'tibor bering
, «Qadimgi Rus davlati» IX asrda shakllanganligidan kelib chiqib, imperiyaning boshqa
biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur ko'rsatgichdan (IX asr)
qadimroq bo'lmasligi kerak edi. Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik tarixi va etnogenezi
masalasida ham ko'rish mumkin. Ya'ni, o'zbeklar, ozarbayjonlar, ukrainlar, turkmanlar va boshqa
xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX-XII asr) ertaroq asrlarga borib
taqalishi mumkin emasdi.
Mustaqilligimizni bizga bergan buyuk ne'matlaridan biri - bu qadriyatlarimiz, buyuk ota-
bobolarimizning bizga qoldirgan ma'rosini o'rganish huquqidir.
Bunday huquq sho'rolar davrida yo'q edi. (A.Temurni «zolim» dedik, Leninni payg'ambar deb bildik).
Mana endi bu sohada keng yo'llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.
1991 yil buyuk alloma, g'azal mulkining sultoni A.Navoiy yubileyini o'tkazish katta voqea bo'ldi.
1994 yili M.Ulug'bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi
qarorgohida «Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzusida yirik
anjuman bo'lib o'tdi.
«Biz o'zbeklarni ulug' bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday, -deb
yozadi yurtboshimiz,-YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning-to'ylarini
o'tkazishdan maqsad nima? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk
bunyodkor, ijodkor shaxs bo'lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizasiyasi
taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shganini olam ahliga bildirish edi. Bu zoti oliydan hamisha ruhiy
madad olamiz».
WWW.ARXIV.UZ
|