88
muvofiqligi. Nazorat, haqiqatan ham, muhim bo‘lgan narsani xolis o‘lchashi va
baholashi zarur. Nazoratning noto‘g‘ri tanlangan mexanizmi amaliy jihatdan muhim
axborotni yig‘ishdan ko‘ra ko‘proq uni niqoblashi mumkin. Masalan, o‘quvchilar
tomonidan fizika fanidan laboratoriya ishlari bo‘yicha topshirilgan sinovlar
mikdorini nazorat qilish mumkin. Biroq bu o‘tkazilaѐtgan laboratoriya ishlari
darajasi va sifatini baholay olmaydi.
4. Nazoratning o‘z vaqida o‘tkazilishi.
Nazoratni o‘z vaqtida o‘tkazish deganda uni yuqori tezlik bilan amalga oshirish va
o‘tkazish
davriyligi emas, balki nazorat qilinaѐtgan predmetga aynan muvofiq
keluvchi o‘lchash ѐki baholashlar o‘tkaziladigan vaqt oralig‘i tushuniladi. Samarali
nazorat tizimi — bu salbiy holat vujudga kelib, rivojlanguncha odamlarga zarur
axborot beruvchi tizimdir. Nazoratning moslashuvchanligi. Agar ko‘zda
tutilmagan
biron-bir narsani oldindan bilish mumkin bo‘lsa, nazoratga ehtiѐj qolmaydi. Reja
singari, nazorat ham etarli darajada o‘zgaruvchan bo‘lishi va bo‘lib o‘taѐtgan
o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘lishi lozim. Nazoratning oddiyligi. Odatda eng
samarali nazorat, bu — mo‘ljallangan maqsadlar nuqtai nazaridan eng oddiy
nazoratdir. Nazoratning eng oddiy usullariozkuch talab qiladi va ancha tejamlidir.
Lekin, eng muhimi shundaki, agar nazorat tizimi o‘ta murakkab bo‘lsa va o‘zaro
birgalikda harakat qilaѐtgan odamlar bu tizimni tushunmasalar va qo‘llab-
quvvatlamasalar, nazoratning bunday tizimi samarali bo‘lmaydi.
Tashabbus va ijod
jamoa haѐtining me’ѐriga aylanishiga qaysi metodlar bilan erishish mumkin? Bu
muammoni ko‘rib chiqish uchun motivatsiyaning ijtimoiy-pedagogik sohasi bo‘lgan
ichki motivlar haqida so‘z yuritamiz. Birinchidan. ko‘pchilik odamlarga o‘zlarini
kerakli, zarur odam deb his qilish ѐqishini unutmaslik kerak.
Agar rahbar
rag‘batlantirish va jazolash bilangina yaxshi natijalarga erishish mumkin deb
hisoblasa, u xato qiladi. Muvaffaqiyat quvonchi va e’tirof, ko‘pincha, maoshning
ko‘payishi, pul mukofoti ѐki jazodan qo‘rqishdan ko‘ra, ko‘proq ta’sir qilib, mehnat
qilish va maqsadga erishish istagini oshiradi. Ikkinchilan, ishni jamoa faoliyatining
o‘zini puxta tashkil qilishdan boshlash kerak. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
xodimlarning barcha toifalarga qo‘yiladigan asosli, malakali talablar mavjudligi;
xizmat
vazifalarini aniq belgilash, topshiriqni bajarish bo‘yicha vazifa va
vakolatlarni taqsimlash;
tegishli materiallar, kadrlar va vaqt resurslari bilan
ta’minlangan, bajarilishi real bo‘lgan tadbirlarni rejalashtirish;
barcha yo‘nalishlar
bo‘yicha muddatlarni belgilash:
muayyan tadbirni bajarish, axborot, statistik
hisobotlar olish, tekshirishlarni tashkil qilish va shu kabilar;
ishlarni bajarish
uchun zarur axborotlarni olish erkinligi va boshqa aspektlar.
Uchinchidan.
Dostları ilə paylaş: