Bahodir: Yoʻq, u nogiron boʻlib tugʻiladi! Ota, nega bunday boʻldi?
Farishta bobo:Men unga jon kirgizdim, lekin bunday ekanligiga men sababchi emasman. Buning hammasiga otasi sababchi.
Davlat:Nega? Otasi bunga nima qilgan?
Farishta bobo: Odamzod! Odamzodning oʻzi sababchi. Ular oʻlim farishtasini oʻzlari chaqiradi. Oʻzlarini oʻzlari nobud etadi. Bu tugʻilajak bolada nima gunoh?! Shu baloni qabul qilmaganda bunday boʻlmas edi.
Bahodir: Afsus. Ota, siz umr berguvchisiz, oʻtinaman, uni davolang! Otasi qilgan ishga bu qiz javob berishi kerak emas-ku axir!