Bahodir: Yoʻq, Davlat, sen xato eshitding doʻstim.
Davlat: Men hammasini toʻgʻri eshitib turibman, onajon oʻtinaman, meni oldirib tashlamang, men yashashni xohlayman onajon,men yaxshi bola boʻlaman,hech qachon yigʻlamayman onajon, boʻldi hech qachon yigʻlamayman, aytgan gaplaringizni hammasini bajaraman onajon, lekin meni oldirib tashlamang onajon, oldirib tashlamang.
Bahodir: bobo bobo siz yaratuvchisiz oʻtinaman uni saqlab qoling, u hali dunyoni koʻraman deb orzu qilib yuribdi, onasining qo'ynida boʻlaman deganini oʻzingiz eshitdingiz ku, yordam bering bobo, yordam bering bobo.
Farishta bobo: Hozir mening qoʻlimdan hech narsa kelmaydi bolalarim, meni kechiring,
Talaba qiz: Meni bu ofatdan omon saqlab qoling, boʻlmasa, shu kasalxonani oynasidan oʻzimni tashlab, oʻzimni oʻldiraman.
Hamshira: Boʻldi, boʻldi qoʻying, oʻzingizni qoʻlga oling. Mayli siz aytganday boʻlsin, lekin shuni unutmang, siz boshqa ona boʻla olmaysiz. Sababi bu sizning, birinchi farzandingiz, yana ona bo'lmoqchi boʻlsangiz, sizga men ham boshqalar ham yordam bera olmaydi.