Davlat: Otasining qilmishini deb bu qizning umri azobda oʻtishiga qarab turmaysiz-ku axir. Unga yordam bering bobo.
Farishta bobo: Bu qizga mening rahmim kelmaydi deb oʻylayapsizmi? Yoʻq, unday emas! Axir odamzodga o’z qo’llarim bilan jon kirg’izaman. Ularning onasi ham oʻzim. Bu tugʻilmagan boʻlsa-da, unga qattiq rahmim keladi. Qiynalaman. Onasi ham goʻdagining bu ahvoldaligini bilmaydi. Tugʻilganidan keyin chaqaloqni koʻrib qanchalik qiynalishini sezib turibman. U eng avval tangridan ranjiydi. Zorlanib, munchoq munchoq koʻzyoshlar toʻkadi.
Bahodir:Siz ham, biz ham yordam berolmasak, kim yordam beroladi bobo?!
Davlat:Agar kimdir yordam berolsa, mana bizlar borib oyogʻiga bosh uraylik.
Farishta bobo: Bolalarim, meni kechiring. Baʼzi insonlar bor, bolalarini koʻchaga tashlaydi. Ularning yetim boʻlishiga sababchi boʻladi. Baʼzilar bor, tirnoqqa zor. Qancha istasa ham, farzandli boʻlolmaydi.
Davlat: Men tugʻilganimda zoʻr oʻqituvchi boʻlaman. Ularni yaxshi ishlar qilishga, yomon illatlardan uzoq boʻlishga oʻrgataman bobo.
Bahodir: Men esa olim boʻlaman. Shunday kashfiyotlar qilamanki, shunda odamzod bunday illatlarga yaqin yoʻlamaydi. Dorilar oʻylab topaman. Har qanday kasallikni tuzatadigan kuchli olim boʻlaman.