Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi. ‘’Qutadg’u bilig’’ asari
Dars rejasi:
1. Yusuv Xos Hojib hayoti
2.Doston qahramonlari tavsifi
Yusuf Xos Hojib turkiy tilda ilk yirik hajmli adabiy - ma’rifiy aear yarshtgan iste’dodli shoir, davlat arbobi, donishmand adibdir. U Quz O‘rdu (Bolasog‘un) shahrida taxminan XI asrning 20-yillarida tug‘ilgan. Quz O‘rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biridir. U Bolosog‘un nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu shahar XI asrda yozilgan yana bir muhtasham obida - Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarida bir necha marta tilga olingan. Jumladan, Bu shaharning arg‘un laqjasida Quz ulus, o‘g‘uz lahjasida esa Quz O‘rdu deb yuritilishini Mahmud Koshg‘ariy qayd etadi. Yusuf Xos Hojib zamonasining eng muhim fanlari: tarix, badiiy adabiyot, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqalarni, fors-tojik va arab tillarini chuqur o‘rgangan. Adib hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot beruvchi manba uning «Qutadg‘u bilig» asaridir.
«Qutadg‘u bilig» asari haqida
Yusuf Xos Hojib o‘z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko‘radi: CHin (Xitoy), Mochin (SHarqiy Turkiston), Eron va Turon bo‘ylab safar qiladi. U erdagi turli madaniy-adabiy. tarixiy yodgorliklarni o‘rganadi. SHuning uchun ham asarga o‘z davrining nihoyatda ahamiyatln bo‘lgan rang-barang mavzularini qamrab oladi. «Qutadg‘u bilig» («Baxt-saodatga eltuvchi bilim») asari hijriy 462 yil, milodiy 1069-1070 yillarda yozilgan. Asarni yozish uchun muallif 18 oy (bir yarim yil) vaqg sarflaydi. Kitob Qashg‘ar hukmdori Tamg‘ach ulug‘ Bug‘ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxonga tortiq qilingan va buning evaziga muallif Xos Hojib (muqarram. eshik og‘asi) lavozimn bilan taqdirlangan. SHundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qrzongan. Turkiy adabiyotda aruz vaznidagi dastlabki yirik tajribani Yusuf Xos Hojib boshlab bergan. U o‘z asarini mutaqorib bahrida yozgan, tajnisli qofiyalarni ishlatgan. Adib so‘z qudratini, ona tilining ichki imkoniyatlarini nozik darajada his etadi. U tilni «bilim va aql-idrok tarjimoni» deb ataydi va «men turkcha so‘marni yovvoyi tog‘ kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay ularni avaylab-asrab qo‘lga o‘rgatdim». deb yozadi. “Qutadg‘u bilig” pandnoma asar bo‘lib, unda to‘rtliklar, bahor madhi, tilning fazilati, foyda va zararlari, bilim, o‘kuv-idrok farq», bir yigitga qirq hunar ozligi haqida fikrlar keltiriltan. Asarda keltnrilgan quyidagi to‘rtlikni turkiy yozma adabiyotda yaratilgan dastlabki tuyuqnardan biri deb dadil aytish mumkin:
Qayu erda bo‘lsa utsush bila o‘g, (aql),
Ani er atag‘in, necha o‘gsa o‘g. (maqta)
Uqush, o‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal,
YAvuz ersa kaz te, kichig ersa - o‘g. (ulug‘la)
Mazmuni: Qaysi bir kishida ilm va sahovat bo‘lsa,
Uni (haqiqiy) kishi deb atagin, qancha maqtasang maqta.
Zakovat, aql, bilim kimda etuk bo‘lsa,
YOmon bo‘lsa (ham) yaxshi de, kichik bo‘lsa (ham) katta deb bil (ya’ni ulug‘la).
Adibning bu asarini vatan, el-yurt madhiyasi deb atash mumkin. Yusuf Xos Hojib hukmdor va saroy ahlini odil bo‘lishga, adolat bilan ish yuritib, mamlakatni obod va elni shod-xurram qilishga da’vat etadi. Asarda muallif o‘xshatish (tashbeh) san’atini juda o‘rinli qo‘llagan. Qadni dolga (yoyga), yuzni oyga, tiriklik (hayot) ni rabotga, yigitlikni arg‘umoqqa, bilimni kimyoga, mash’alga, so‘zni zaharga, shakarga, ko‘ngilni dengizga, shishaga, zolim amaldorlarni bo‘riga, xalqni qo‘yga va bekni qo‘ychivonga o‘xshatish yozma adabiyotda an’anaga aylangan. Yusuf Xos Hojib yilqi (hayvon) obrazini nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘z va umuman yomon hulqli kishiga nisbatan, bo‘ri obrazini lashkarboshi, yov-dushman, mard, er, o‘lim kabilarga nisbatan qo‘llagan. Lashkarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishi arslonga, doimiy hushyorliga zag‘izg‘onga, baquvvatligi qoplonga, hujumkorliga va dushmanga hamlasi to‘ng‘izga, mardonavorligi bo‘riga, jangga mohirligi, hiylakor va tadbirkorligi tulkiga, shiddati ayiqqa, qasoskorligi qo‘tos va tuya erkagiga o‘xshatilgan. «Qutadg‘u bilig» istioralari ham o‘ziga xos. Tun bir o‘rinda «qora yuz bog‘i» istiorasi bilan ifodalansa boshqa o‘rinlarda «zangi yuzi», «sevuglar qoshi», «qora soch bo‘dug‘i», «qorya ko‘ylak», «zog‘ rangi», «xabash qirtishi» «tul to‘ni»» «qunduz terisi» istioralari bilan ifodalangan. SHoir yigitlikni kezuvchi bulutga, yoshlikdagi yuzni arg‘uvonga, sochni iporga, qomatni qayin va o‘qqa tashbeh qiladi. Yigitlikni «tirilik tatg‘i» “qamug‘ ko‘rk”, «sevug jon sevunchi» deb ataydi. Asarda keltirilgan “Bahor madhi”ni turkiy adabiyotdaga ilk qasida sifatida baholash mumkn. Bu qasida 59 baytdan iborat bo‘lib, masnaviy tarzida (a-a, b-b, v-v,...) yozilgan. «Qutadg‘u bilig» asari 6500 bayt, «5 fasl(bob) dan iborat. «Qutadg‘u bilig»ni chinliklar «Adabul-muluk», mochinlikar «Oyinul mamlakat», SHarqda «Ziynatul umaro», eronliklar “SHohnomai turkiy” yoki «Pandnomai muluk», turonliklar «Qutadg‘u bilig» deb - atashgan. Yusuf Xos Hojib esa o‘z asarini «Turkiy shohnoma» deb atagan.
Bu asarning uch- qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki –Hirot) «Qohira» va «Namangan» - (Namangan nusxasi namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolarish shaxsiy kutubxonasidan olingan) nusxalari deb yuritiladi. Uning XV asrda Hirotda ko‘chiriltan nusxasi uyg‘ur yozuvida, qolgan ikki nusxasn arab yozuvidadir. «Qutadg‘u bilig» XII - asrlarda Evropada «zersal» deb nomlangan janrning paydo bo‘lishiga sabab bhlgan. Bu dostonda to‘rtta asosiy masala qo‘yilgan va bu masalalar to‘rt majoziy obraz qiyofasida ifodalangan.
“Qutadg‘u bilig” siymolari
Asarda to‘rtta etakchi qahramon bor. Bular quyidagilar: Adolat – podsho. Kuntug‘di (chiqqan kun), davlat – vazir, Oyto‘ldi (to‘lgan oy), aql — vazirning o‘g‘li, O‘gdulmish (aqlga to‘lgan) va qanoat (ofiyat) - O‘zg‘urmish (uyg‘ongan, xushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi). Muallif o‘z fikr-mulohazasini obrazlarning o‘zaro savol-javobi va munozaralari yul bilan ifoda etadi. Asar qahramonlarning o‘zaro suhbati asosiga qurilgan. Unda Kuntug‘di va Oyto‘lda dunyo hodisalari haqida suhbatlashadi.
Yusuf Xos Hojib tasvirida Kuntug‘di «qilmishlari to‘g‘ri, fe’lu tabiati rost, tili chin, etuk, ko‘zi va ko‘ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi». Kuntug‘di bir kuni uch oyoqli kumush kursi ustida, qo‘lida pichoq, so‘l tomonida urog‘un (bir xil dori) va o‘ng tomonida shakar qo‘yilgan holda turadi. Oyto‘ldi buning sababiii so‘raydi. Kuktug‘di quyidagicha javob beradi: «Men ustida o‘tirgan kursining oyog‘i uchtadir. Barcha uch oyoqli narsa siljimas, mustahkam bo‘ladi. Agar poyalardan birortasi siljisa, u kursi yiqiladi. Qo‘limdan pichoq esa qirquvchi va kesuvchi narsadir. Kim adolatimdan baxra olsa, shakardek chuchuk bo‘lib ketadi-sevinadi. Zo‘ravon, zolimlar esa urog‘un ichgandek yuzi burishadi».