“Tekshirdi” Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan
DARS REJASI № _
Guruhlar
Sana
Dars mavzusi: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari.Xalq og’zaki ijodining tur va janrlari
Vaqt 80 daqiqa
Talabalar soni 26 nafar
Darsning shakli va turi
Nazariy (nazariy, kombinatsiyaiashgan) -o’quvchilarning nazariy bilimlarini shakllantirish.
Dars rejasi
1.Adabiyot va ma’naviyat tushunchasi
2.Adabiyotning tasvir obyekti
Darsning maqsadi:Mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Pedagogik vazifalar: -mavzuga oid mavjud ma’lumotlarni tushuntiradi;
-mavzuning asosini,sodda va tushunarli
mohiyatini ochibberadi;
-mavzuni misol,test va boshqa vositalar yordamida to’la yoritib beradi;
O’quv faoliyatining natijalari: - Adabiyot haqida yetarli ma'lumotga ega bo’ladi;
-mavzuning asosiy mohiyatini to’la tushunib yetadi;
-mavzuni tushunganlari asosida mustaqil yoritib beradi;
-berilgan test va o’quv topshiriqlarni baajaradi.
O’qitish metodlari
Tushuntirish, ko’rsatish, mashq, aqliy hujum, bahs-munozara,ma'ruza va boshqalar.
O’qitish vositalari
Texnik vositalar, grafik organayzerlar, jadvallar va tarqatma materiallar.
O’qitish shakllari
Individual, jamoaviy, guruhli, kichik guruhli.
Qayta aloqaga chiqish usul va vositaiari
Og’zaki nazorat, mashq, tezkot so’rov
Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Bosqichlar, vaqt
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
O’quvchilar
1-bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
Tashkiliy boshlanishi:o’quvchilar davomativa ularning darsga tayyorgarligini tekshiradi . Ma’naviyat daqiqasi tashkil etadi.
Dars maqsad va vazifasining belgilanishi 1.1.darsning mavzusi, maqsadi va rejalashtirilgan o’quv natijalari hamda uni tashkil etish rejasi bilan tanishtiradi.
1.2.Dars bilimlarni mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni shakillantirish shaklida o’tkazilishini va baholash mezonini ma’lum qiladi.(1-ilova)
Darsga tayyorlanadilar,
diqqatni jamlaydilar.
Dars maqsadini tushinib
oladilar.
2-bosqich.
Asosiy
(60 daqiqa)
O’tilgan mavzuni takrorlash: 2.1. O’quvchilarning bilimini faollashtirish maqsadida tezkor savol -javob o’tkaziladi (1-ilova)
2.2.Berilgan javobalar qabul qilinadi.Javoblarni tahlil qilib boriladi.
Yangi mavzuning bayoni: 2.3.Nazariy darsning rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon qiladi.
2.4.Reja bo’yicha mavzular tushuntiriladi. (2-ilova)
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 2.5. Mavzu bo’yicha o’quv topshirig’i beradi. (3-ilova)
2.6.Topshiriqni bajarish bo’yicha o’quvchilarga yordam beradi.
2.7.Topshiriqning ba’zi bir jihatlarini misollar yordamida tushuntirib beradi.
2.8. Berilgan topshiriqlarning o’quvchilar tomonidan qay darajada bajarilganligini nazorat qilish
2.9.Eng yaxshi ishlarni namuna qilib ko’rsatadi.
Savollarga javob beradilar.
Javoblarni tahlil qiladilar.
Reja bo’yicha mavzuni
tushunib oladilar.
Mavzu bo’yicha berilgan
topshiriqlarni bajaradilar.
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
3.1.Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonini umumlashtiradi. O’quvchilarni baholash mezonlari orqali baholaydi. Uyga vazifa va topshiriqlar beradi.
3.2.Uygavazifa, bilimlarni mustahkamlash uchun mustaqil ish topshiriqlarini beradi.(4-ilova)
Uyga vazifa va mustaqil ish
topshirig’ini tushunib
oladilar.
Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari.Xalq og’zaki ijodining tur va janrlari
Texnologik xarita
Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari.Xalq og’zaki ijodining tur va janrlari
Dars rejasi:
1.Adabiyot va ma’naviyat tushunchasi
2.Adabiyotning tasvir obyekti
Adabiyot qadim zamonlardan hozirga qadar «jamiyat», «ma’ naviyat», «madaniyat» va «san’at» tushunchalari bilan birgalikda yashab keldi. Badiiy adabiyot har bir inson ma’naviy dunyosini bebaho insoniy fazilatlar, o‘lmas milliy qadriyatlar bilan boyitadi. Ma’naviyati yuksak inson chinakam shaxs darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Odamning Vataniga
sodiq fuqaro, ota-onasiga munosib farzand, yaqinlariga oqibatli do‘st bo‘lishi ma’naviy kamolotining darajasidan darak beradi. Shunday komillik yo‘lida badiiy adabiyot Siz azizlarga
beqiyos xizmat qiladi. Adabiyot xazinasidagi tilla sandiq bebaho dur-u javohir – injular bilan to‘la; unda bitmas-tuganmas milliy-ma’naviy qadriyatlar zaxirasi jamlangan. Bu ma’naviyat xazinasidan bahramandlik ulkan hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan siz kabi oqil-u dono yosh avlodning tafakkuriga qanot bag‘ishlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Sharqda qadim-qadimdan shaxsning jamiyat va davlat bilan uyg‘unlik darajasi e’tiborda turgan. Aytish mumkinki, har bir shaxs tabiatidagi o‘ziga xos xislatlari inkor etilmagani holda, uning jamiyat bilan muvofiq bo‘lishi rag‘batlantirilgan. Badiiy adabiyot shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashadi. Bu jarayon o‘qilgan asarlarni uqish, ulardan o‘rinli xulosalar chiqarish, badiiy so‘zdan ta’sirlanish, ko‘ngilni poklash, o‘ziga ma’qul kelgan ezguliklarni yaqinlariga ham ravo ko‘rish, eng muhimi, badiiy asarlar vositasida odam o‘z-o‘zini kamol toptirishi orqali sodir bo‘ladi. Yoshlarni ozod ruhli, erkin fikrli, adolatli, xolis, sabrqano atli qilib kamolga yetkazishdek tabarruk vazifani badiiy adabiyot o‘z so‘zining quvvati va sehri bilan bajaradi.
Hazrat Alisher Navoiy aytadi: «Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning narsasiga ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dastur xoni)din xo‘broqdur». «Nazm
ul-javohir»da shoir «Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q» degan xulosani bildiradi.
Navoiy yaratgan qahramonlarning asosiy qismi ma’naviy jihatdan boy insonlardir. «Hayrat ul-abror»dagi qator hikoyatlar, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor»,
«Saddi Iskandariy» va boshqa asarlarning qahramonlari shunday xislatga ega. Bobur g‘azallarida, «Boburnoma»da aks etgan hayot hodisalari ham kishini o‘yga toldiradi, insonning kuch va qudratiga, e’tiqodiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, kishining
o‘zida o‘shanday xislatlar paydo qilishi uchun rag‘bat uyg‘otadi. Ushbu darslikka kiritilgan barcha adiblarning ijodini o‘qigan har bir o‘quvchi ulardagi so‘z sehriga, qahramonlarning
jur’at va jaso ratiga, insoniy mehr va muhabbatni tasvirlashdagi takrorlanmas mahoratiga tan berishlari shubhasiz. Mahmudxo‘ja Behbudiyning hurlikka, inson haq-huquqini tanishga undaydigan «Haq berilmas, olinur» yoki Abdulla Qodiriyning so‘zlash va yozish odobiga
doir «So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak» degan hikmatlari ham inson ma’naviyatining qaysidir jihatini tarbiyalash uchun xiz mat qiladi, albatta. Adabiyotda har bir xalqning ona Vatani, tuprog‘i, o‘ziga xos milliy xarakteri, marosim va urf-odatlari tasvirlanib ulug‘lanadi; barcha uchun birdek ardoqli bo‘lgan umuminsoniy his-tuyg‘ular tarannum etiladi. Shu ma’noda, turli millatlarni o‘zaro birdamlikka chorlaydigan badiiy adabiyot geografik chegara bilmaydi. Bir millat adabiyotidagi go‘zal asar boshqa bir xalqning ma’naviy mulkiga aylanishi mumkin.
O‘z vaqtida respublikamizning Birinchi Prezidenti: «Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin», – deb ta’kidlagan edi. Buning uchun esa, albatta, badiiy adabiyot, xususan, qadimiy va boy og‘zaki ijod namunalari, takrorlanmas sehr va jozibaga ega bo‘lgan adabiyotimiz tarixi, zamondoshlarimiz obrazlarining o‘ziga xos olamini inkishof etishga yordam beradigan zamonaviy adabiyotimiz, olam va odam munosabatlarining turfa qirralarini bir-birini takrorlamagan holda tasvirlab beradigan jahon adabiyotining nodir namunalari bilan yaqindan va jiddiy tanishmog‘imiz talab etiladi.
Ma’naviyat tushunchasini barcha milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yuksak yaxlitligi tarzida talqin etish mumkin. Bu xislat odamning olamdagi moddiy va ma’naviy hodisalarga
yaxlit muno sabati tarzida namoyon bo‘ladi. Har bir insonning o‘z ongi, tasavvuri, tafakkur tarzi, dunyoqarashi bilan belgilanadigan ichki dunyosi bor. Uning «yaxshi» yoki «yomon» deb nom olishi mana shu ichki dunyoning mazmun va mohiyatiga bog‘liq. Agar u jamiyatning
tegishli bosqichdagi talablariga, jamiyat a’zolarining umumiy axloqiy-madaniy qarashlariga uyg‘un bo‘lsa, yaxshi, aksincha holatda esa yomon degan nom olishi mumkin. Har bir inson
jamiyat a’zolari bilan birga yashaydi. Demak, u atrofdagilar ta’sirini ham his qilib turadi. Badiiy adabiyot ana shunday ta’sir ko‘rsatishda katta ahamiyat kasb etadi.Badiiy adabiyotning din bilan aloqasi, xususan, tasavvufning badiiy adabiyotga ko‘rsatgan ta’siri tufayli undagi insonparvarlik g‘oyalarining yanada kuchli, jozibali va yorqinroq tarzda namoyon bo‘lganini ta’kidlash joiz. Unda insonning faqat o‘ziga xos xususiyatlari emas, balki butun insoniyatga, jamiyatga, tabiatga, olam va odam munosabatlariga daxldorligi ham alohida e’tibor bilan tasvirlangan. Bu tasvirlarning birortasi kishini befarq qoldirmaydi. Ular insondagi yaxshi fazilatlarning ko‘payishiga va, aksincha, yomon xu susiyatlarning bartaraf etilishi, yo‘qotilishiga undab turadi. Inson ma’naviyatini boyitish uchun har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlar zarur bo‘ladi. Badiiy asar ta’sirli va yaxshi bo‘lishi, u har qanday kitobxon qalbiga zavq-shavq bag‘ishlashi bilan birga ezgu o‘y hamda orzular yo‘liga yaqinlash tirishi shart.
Savol va topshiriqlar
1. Ushbu mavzu epigrafida keltirilgan she’rni qanday izohlaysiz?
2. Badiiy adabiyotning hayotingizda tutgan o‘rnini tu shuntirib bering.
3. «Jamiyat», «ma’naviyat», «madaniyat» va «san’at» tushunchalarini o‘tgan sinflarda o‘qilgan asarlarga bog‘lab tushuntira olasizmi?
4. Nega adabiyot chegara bilmaydi?
5. Alisher Navoiyning inson fazilatlari haqida aytgan yana qanday hikmatlarini bilasiz?
6. Behbudiy va Abdulla Qodiriy fikrlarini kengroq tushuntirib bering.
7. Respublikamizning Birinchi Prezidenti aytgan fikrga e’tibor be ring. Uni qanday izohlagan bo‘lar edingiz?
8. Adabiyot tarixidan «ma’naviyati yuksak» hamda «ma’naviyati past» qahramonlar tasvirini eslang. Ularning asosiy belgilari qanday namoyon bo‘lganini izohlab yozing.
“Tekshirdi” Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil