Mahmud Qosh‘gariyning hayoti va ijodi.’’Devonu lug’otit turk’’ asari
Dars rejasi:
1. M.Qoshg’ariy hayoti
2.Asar qahramonlari tavsifi
«Devonu lug‘ot at-turk» XI asrda yozilgan bo‘lsa-da, unda jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyotining ancha qadimgi davrlarida vujudga kelgan. Ular xalq og‘zaki ijodi ning juda qadimiy namunalaridir. Ularda turkiy xalqlarning urf-odatlari, ishonch-e’tiqodlari, marosimlari bilan bog‘lanib ketadigan badiiy lavhalar ko‘p.Ularning bir qismi bevosita tarixiy mavzularga bag‘ishlangan. Alp Er To‘nga marsiyasi, «Oltin qon»rivoyati, Yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar, shuningdek, ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar shular jumlasidan. Bu yodgorlik vositasida XI asrgacha bo‘lgan adabiyotdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.«Devon»da adabiyotshunoslikka doir anchagina atamalar bor. Muallif hikmatli so‘zlar,saj’lar,maqollar,rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar haqida gapirib o‘tgan. Shuningdek, ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar bergan. Jumladan:Yir – kuy, maqom... Ko‘pincha bu so‘z she’rga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘z irtarzida ham talaffuz qilinadi.Qo‘shug‘ – she’r, qasida, qo‘shiq.«Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini to‘rtliklar tashkil qiladi. Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlar (to‘rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba’ )ning rivojlangani ma’lum. Mahmud Koshg‘ariy ularni, asosan, qo‘shug‘yoki she’rdeb nomlagan.Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go‘zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini asardagi yetakchi mavzulardir.«Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan she’riy parchalar katta o‘rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi, mashg‘uloti, ishonch-e’tiqodlarining ifoda si juda ochiq ko‘rinadi. Ularda turkiy xalqlarning hayot manzara lari o‘z aksini topgan. Yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yo‘naltirish qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalaridir. «Erdi ashin taturg‘an»she’rida esa marhumning boshqa ki shilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlariga urg‘u beriladi. Gap qabilaning sobiq jasur a’zosi haqida ketmoqda. U vafot etgan. Ammo uning tirik paytidagi ko‘plab fazilatlari boshqalarga hali-hanuz namuna bo‘la oladi. Bu yerda marhum ning ochiqqo‘l, mehmondo‘st va qo‘rqmas, dovyurak, shijoatli ekani alohida ta’kidlanmoqda.«Devon»da ko‘plab lirik qo‘shiqlar ham mavjud. Ularda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi.Tabiat manzaralarining o‘zidayoq nozik va jonli kuzatishlar ko‘zga tashlanadi. Tabiat va yurt go‘zalligi vositasida tabiat ho disalari tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan turli o‘zgarish va kechinmalar juda ixcham, go‘zal va ta’sirchan ifoda etiladi.Lirik qo‘shiqlarning bir qismi bevosita kishilarni qurshagan olam haqida. Ularda turkiylarning doimiy yo‘ldoshi – otlar ham alohida mavqe tutadi. Bunday she’rlarda otlarning holati, harakati alohida tasvirga olinadi. «Iqilachim erik bo‘ldi» («Sho‘x, o‘ynoqi otim chopqir bo‘ldi») she’rida ko‘rinib turganiday, parchada tabiatdagi o‘zgarishlarning (qishning ketib, bahorning kelishi) hayvonot olamiga ta’siri ta’rifla nayotganday. Aslida, bu ham insonning o‘z kuzatishlari natijasidagi ta’sirla nishidir.Ishq-muhabbat mavzusidagi lirik qo‘shiqlarda yorning go‘zalligi, latofati madh etiladi, oshiqlikning sirli kechinmalari tasvirlanadi, ishqiy hayajon, muhabbat shavqi tilga olinadi. Ushbu tasvirlarda inson, ayniqsa, oshiq va ma’shuqaning surati juda chiroyli va samimiyat bilan chizilgan.Lirik qo‘shiqlar kishini hayrat va hayajonga soladi. Ulardan birida qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, muzlarning erib, oqar suvlarning ko‘paygani, tog‘ cho‘qqilarining qorlardan tozalanib, havo iliy boshlagani hamda atrofdagi o‘t-o‘lanlarning ko‘karishi tavsif etilmoqda. Muhimi, bularning barchasi ta’sirchan misralarda o‘z aksini topgan.Qo‘shiqlar orasida mehnat va marosim qo‘shiqlari, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar, mavsum qo‘shiqlari va boshqalar bor.«Devonu lug‘ot at-turk»dagi ko‘pgina qo‘shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan – turkiy xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelgan. Qo‘shiqatamasi ham ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan. Muallif unga she’r, qasida deb izoh bergan.Xalq qo‘shiqlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Unda shodlik va g‘am, o‘yin-kulgi va qayg‘u-hasrat, ko‘tarinkilik va tushkunlik, turli marosimlar: to‘y, farzand tarbiyasi (alla), o‘tganlar yodi tasvirlanishi mumkin. Tabiiyki, inson mehnati ham ularning yetakchi mavzusidir.
Yana bir turkum qo‘shiqlar bevosita farzandlar va, umuman, jamiyat a’zolarining ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan. Munozarao‘ziga xos adabiy janr bo‘lib, u asar qahramonlari ning o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi. Munozaradagi ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo‘ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriy ning «Bang va Chog‘ir», Yaqiniyning «O‘q va Yoy», shuningdek, Nishotiyning «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang» munozaralari bu janrning o‘zbek adabiyotidagi go‘zal namunalaridir. «Qish va Bahor» munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega.Mahmud Koshg‘ariy «Qish va Bahor» munozarasiga oid ko‘p lab to‘rtliklarni keltirgan. Ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil so‘zlarning izohiga dalil tarzida keltirilgan. Tabiatdagi bu jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda aks etgan. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kurashish uchun o‘zaro yaqinlashish va g‘oliblik istagi kabi insonga xos tuyg‘ular tabiatga nisbat berilmoqda. Adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi jonlantirishdeyiladi. Mahmud Koshg‘ariy keltirgan «Qish va Bahor» munozarasida ana shu tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi. Har ikki fasl to‘la «tilga kiradi». Ular bir-biriga tegishli bo‘lgan xususiyatlarni go‘yo «fosh etadi». Bunda biroz bo‘lsa-da, kuzatuvchi- muallif nuqtayi nazari ham ko‘rinib qoladi. Ayniqsa, «Qish yayg‘iru savlanur» («Qish Bahorga qarab maqtanadi»), «Yay qish bila qarishti» (Bahor Qish bilan qarshilashdi») misralari bilan boshlanadigan to‘rtliklarda shu holat mavjud.Mahmud Koshg‘ariy «Devon»idagi she’riy parchalarning asosiy qismi xalq og‘zaki ijodi mahsulidir. Ular shakliga ko‘ ra, asosan, ikkilik, to‘rtliklardan tashkil topgan.To‘rtliklar, asosan, aaabshaklidagi qofiyadoshlikka ega. Ular orasida ababko‘rinishidagi qofiyalar ham uchraydi.To‘rtliklarning hamma misrasi o‘zaro qofiyadosh bo‘lgan aaaanamunalar ham mavjud.Murabba’ shakli aaab ham asarda keng qo‘llangan. «Alp Er To‘nga marsiyasi», «Qish bilan Bahor» munozarasi shu shakldadir.«Devon»dagi she’riy parchalar, asosan, barmoq vaznida. Ayrim namunalar aruzning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi.«Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xildir. O‘xshatish, sifatlash, qarshilantirish, jonlantirish va qiyoslar ularda tez-tez ko‘zga tashlanadi. Ko‘pgina ifodalar sodda, ixcham, lekin quyma va ta’sirchan.«Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...» («Yomg‘ir va seldan qoq yerlarning barchasi ko‘l bo‘ldi...») to‘rtligi boshdan oxirgacha jonlantirishga tayanadi. «Qish bilan Bahor» munozarasida ham xuddi shunday tasvirni ko‘ramiz. «Bulnar meni ulas ko‘z...» [«Xumor ko‘zli (go‘zal) meni asir qiladi...»] to‘rtligida esa sifatlash asosiy o‘rin tutadi. Ko‘z, mengiz (xol), yuz o‘ziga xos sifatlashlar (ulas, qara, qizil) bilan ziynatlangan. Boshqa to‘rtliklarda esa o‘xshatish, mubolag‘a, ta’did, tazod, tanosub singari badiiy tasvir vositalari tez-tez qo‘llanganini ko‘rish mumkin.She’rlarda qofiyalarga katta e’tibor berilgan. «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..» to‘rtligida she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan unsurlardan biri ham qofiyadir. Undagi o‘ldimu–qaldimu–aldimu so‘zlari to‘liq jarangdorligi va ohangdoshligi bilan ajralib turadi.Bular qadimgi xalq qo‘shiqlarining takrorlanmas badiiyatini yuzaga chiqargan omillardir. Bu an’analar keyingi asrlarda yanada takomillashgan, rivojlangan holda davom etadi.
“Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil