Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodi.’’Masnaviy ‘’ asari haqida
Dars rejasi:
Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodi.
’’Masnaviy ‘’ asari haqida
Jaloliddin Rumiy hozirgi Tojikistonning Vaxsh shahri (Xorazmshohlar mamlakati)da, sultonal ulamo laqabini olgan ulugʻ shayx Muhammad Balovaddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Balovaddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelisholmay, oilasi, muridlarini olib, Balxdan chiqib ketadi. U Makka safaridan soʻng, Iroqu Ajam shaharlarini kezib, axiyri . Saljuq sultonlari tarafidan izzat-ikrom bilan qabul 1230 yildan bu oila Kuniyada qo‘nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta’lim oladi, o‘z davrining yetuk donishmandi bo‘lib yetishadi. Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta’biri bilan aytganda, "Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she’r, go‘zal, betakror, tug‘yonli ash’or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo‘g‘rilib o‘tdi".qilingan Balovaddin Valad shu yerda muqim boʻlib qoladi. Bu orada moʻgʻul bosqini boshlanib, Movarounnahr va Xuroson oʻt ichida qoladi, Balxning toʻrt yuz ulamosi qatl qilinadi.
Jaloliddin ota yurtiga qaytib kelmadi va oʻzini anatoliyalik hisoblab, Rumiy degan taxallus oldi.
Yozuvchi o‘z umrining so‘nggi yillarida ko‘p ijod qildi. Ijodiy merosni rang-barang deb bo'lmaydi, lekin u milliy adabiyotga salmoqli hissa qo'shgan va sharq mamlakatlari adabiyotining yanada rivojlanishiga katta darajada ta'sir ko'rsatgan. Rumiy 1273-yil 17-dekabrda Koniyada vafot etdi.
Ijodiy faoliyati va asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ilmiy doiralarda uni goh Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga oʻxshamaydi. U muazzam Sharq tafakkurining moʻjizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, sheʼriyat va maʼnaviyat ham birlashib, oliy koʻrinishda namoyon boʻladi. Jaloliddin Rumiy oʻzidan keyingi Sharq sheʼriyati, fikriy va maʼnaviy taraqqiyotiga ulkan taʼsir oʻtkazgan ijodkordir. Alisher Navoiy uni ilohiy ishq kuychisi, buyuklikning koʻz ilgʻamas choʻqqisi deb sharaflaydi. Mavlono Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi gʻoyat katta. Gʻazal, masnaviy va ruboiylarni oʻz ichiga oladigan „Devoni kabir“ („Ulugʻ devon“)da uch mingdan ortiq sheʼr bor. Falsafiy-soʻfiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan „Masnaviy-maʼnaviy“ ham bir necha ming baytdan iborat. Bundan tashqari, „Maktubot“, „Fihi mo fihiy“ („Ichindagi ichindadir“) nomli asarlari ham mavjud.[1]
Rumiyning asarlari asosan fors tilida yozilgan, ammo baʼzida sheʼr yozishda u turk, arab va yunon tillaridan ham foydalangan. Uning Konyada yozilgan „Masnaviy maʼnaviy“ asari fors tilidagi eng buyuk asarlardan biri hisoblanadi. Mavlono Jaloliddin Rumiy — jumla bashariyat nomini hamishа iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma, uning «Masnaviyi ma'naviy» asari esa teran hayotiy o'gitlar, bebaho hikmatu haqiqatlar xazinasidir. Uning asarlari bugungi kunda buyuk Eronda va fors tilida soʻzlashadigan dunyoda asl tilda keng oʻqiladi. Uning asarlari tarjimalari, ayniqsa Turkiya, Ozarbayjon, AQSh va Janubiy Osiyoda juda mashhur. Uning sheʼriyati nafaqat fors adabiyotiga, balki Usmonli turk, Chagatay, urdu va pashtu adabiy anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatdi.
Dostları ilə paylaş: |