Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə40/56
tarix20.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#145657
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
1-kurs AF Adabiyot kons 2022

MASNAVIY - o‘zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat she’riy shakl. “Masnaviy” so‘zi arabcha bo‘lib, «ikkilik», «juft» degan ma’nolarni bildiradi. Ko‘pgina asarlar masnaviy usulida yozilgan bo‘lib, bu shakl o‘rta asr mumtoz adabiyotimizda eng ko‘p qo‘llangan.
Misol: «Xamsa»lar, M.Solih «SHayboniynama», Muqimiy «Tanobchilar», Furqat «Ilm hosiyati» va hokazo.
O‘zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo‘li bilan yaratilib, bizgacha to‘la holda saqlangan asar YU.X.Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidir. Bu yo‘l bilan har qanday voqeani erkin ifodalash mumkin. Masnaviyni «doston» ham deyishadi. A.Navoiy masnaviy janrini «vas’e (keng maydon)» deb ta’riflagan.
Qofiyalanishi: a-a, b-b, v-v...

Misol: Nedur ahvoling, ey zori g‘aribim, - a


Visolim davlatidin benasibim? - a

CHekardin g‘am tog‘in holing nechukdur? - b


Bu yukdin jismi chun noling* nechukdir?.. – b
(A.Navoiy, SHirinning Farhodga maktubidan)
*Nal —qamish qalam ichidagi ingichka tomir, qiltiriq.


G‘AZAL – ishq-muhabbatni kuylaydigan lirik she’r. G‘azal dastlab arab she’riyatida paydo bo‘lgan, X asrda fors adabiyotiga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib keltan. Uning turkiy tildagi dastlabki namunalari Rabg‘uziyda uchraydi. G‘azal o‘rtacha hajm jihatidan 3 baytdan 19 baytgacha bo‘ladi, birinchi bayt matla’ (mabda) deb atalib, undagi misralar o‘zaro qofiyalangan bo‘ladi, qolgan baytlardagi juft misralar matla’ga qofiyadosh bo‘ladi.
TUYUQ – bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo‘lib, qatiy ramali musaddasi maqsur (foilotun, foilotun, foilun) vaznida yoziladigan, to‘rt misradan iborat bo‘lgan, misra oxirida radiflar omonim so‘&dardan iborat bo‘lgan she’r. Bu janr so‘z o‘yiniga tayanadi, u tajnisni qofiya qilib keltirish asosida yaratiladi. “Tuyuq” sof turkcha so‘z bo‘lib, “echilmaydigan qilib tuymoq”, “chigallashtirmoq” ma’nolarini anglatadi
RUBOIY — o‘zbek mumtoz adabiyotida keng qo‘llanib kelingan,hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yozila-digan, to‘rt misradan iborat ishqiy, axloqiy, sissiy-falsafiy mavzulardagi she’r. «Ruboiy» atamasi arabcha bo‘lib, «to‘rtlik» ma’nosini bildiradi. Forsiylarda «Dubaytiy»(ikki baytli) deb ham atalgan.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin