Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə41/56
tarix20.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#145657
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
1-kurs AF Adabiyot kons 2022

MUSAMMAT – bandli she’rlar bo‘lib, musammat deganda, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar shakllari anglashiladi. Bu atama arabcha bo‘lib, «ipga terilgap marvarid» ma’nosini anglatadi.


MUSALLAS (arabcha so‘z bo‘lib, «uchlik») – uch misrali band usulida yozilgan she’r. G‘arbda tersina deb ataladi. Qofiyalanishi: a-b-b, v-g-g yoki a-b-a, v-g-v...yoki a-a-a, b-b-b... yoki a-a-b, v-a-b, g-a-b...
Misol: Dardiga darmoi istamas
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas - a
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas. - a
Uxlama ko‘p, o‘zbek ji, asri taraqqiy vaqtida. - b

Ko‘nglidur oshuftai1 lavhi tarab2, nafsu havo3, - v


Tilsa zillat hanjari bag‘rini Luqmon istamas, - a
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida. - b
Qo‘lidadir domi tama’4, ko‘zidadur kayfi xumor, - g
Soch oqorub qaddi ham bo‘lsa pushaymon istamas, - a
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida... - b (Hamza )
1 Oshufta - oshiq, shaydo. 2Lavhi tarab – shodlik yozuvi. 3Nafsu havo — nafs istagi, mashatga mayl. 4Domi tama’ – ta’ma tuzog‘i
MURABBA’ (arabcha, «to‘rtlik») – o‘zaro qofiyalangan to‘rt misralik band usulida yozilgan she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a, v-v-v-a va hokazo.
Misol:
Hamdu sanolar aytay xudog‘a, - a
YOrga etar kun bormu, yoronlar? - b
Etgaymu dodim nozuk adoga, - a
YOrga etar kun bormu, yoronlar? - b
SHum toleimdan ko‘rdum jafoni, - v
Zolim raqiblar ko‘rdi vafoni, - v
Holim so‘r emdi, bergil davoni - v
YOrga etar kun bormu, yoronlar? - b
Bulbuldayinkim faryod etarman, - g
Ishq daftarini bunyod etarman, - g
Ko‘nglumni bir dam men shod etarman, - g
YOrga etar kun bormu, yoronmr? - b (Mashrab)


MUXAMMAS (arabcha, «beshlik») – beshlik band usulida yozilgan she’r. Muxammaslar ikki xil bo‘ladi: 1. Bshr toshrpshng o‘z muxammasi (mustaqil muxammaslar) 2.Taxmis - boshqa shoirga ergashib, izdoshlik, maslaqdoshlik, uning g‘azalidan ta’sirlanish, ilhomlanish, unda o‘z fikr-kechinmalariga hamohanglik ko‘rish asosida o‘xshatma usulida szilgan muxammaslar. Qofiyadanishi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a...

YAxshi vaqtlar yod etib, o‘zdin ketib, eldin qolib1, - a


Harza tifli ashkdek ayni nazarlardin2 solib, - a
Nosara dirham sifatlik rad qidib, qo‘yaga olib3, - a
Dasti farsuba, yuzi katib, ayog‘larba qalib, - a
Ko‘hna tig‘i tax-batah g‘am zangi tutgan kundiman4 - b
(Turdi Farog‘iy)
1-misra mazmuni: o‘tgan yaxshi kunlarni eslab, o‘zimdam ketar darajaga etaman. Eh, eldan qanchalik ajralib, orqada qolib ketibman-a! 2- behuda, 3- odamlar yaxshi bo‘lmagan pul kabi meni ham yodga oladigan bo‘lib qoldilar. 4-o‘tmas pichoqman.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin