Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Mahmudxo’ja Behbudiy. Padarkush dramasi.
(1875 - 1919)
Dars reja:
1.Behbudiy hayoti haqida
2.”Padarkush” dramasi
Haq olinur, berilmas
Behbudiy («Bayoni haqiqat»dan)
XX asr o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixida Behbudiy («Behbud» so‘zi foyda, najot; baxtli, tinch, osoyishta kabi ma’nolarni anglatadi) alohida o‘rin tutadi. U 1875 yilda Samarqandda muftiy oilasida tug‘ilgan. YOshligidanoq arab, fors; turk tillarini mukammal o‘rgangan Mahmudxo‘ja asr boshida Arabiston, Turkiya, Orenburg, Qozon, Moskva, Peterburg safarlarida bo‘ldi. U jadidchilik harakati namoyandalaridan bo‘lib, Samarqandda yangi usuldagi maktablar ochdi, 1913 yilda «Samarqand» gazetasi va «Oina» jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo‘ldi, 1911 yilda «Padarkush» dramasini yozib, o‘zbek dramaturgiyasiga asos soldi. Behbudiy 1918 yil o‘rtalarida «Musulmon ishchi va dehqon sho‘rosi»ga maorif xalq komissari bo‘ldi, Turkistonning lavlat tili to‘g‘risidagi dekret loyihasini tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatdi, «Nashrmyoti Behbudiya» nomli nashriyot ochdi. U 1919 yilning bahorida Buxoro amirining SHahrisabzdagi kishilari tomonidan hibsga olinadi va «sho‘roning ayg‘oqchisi, jadid, sho‘roga sotilgan» degan ayblar bilan Qarshi shahrida qatl etiladi. Behbudiy qabrining qaerdalish noma’lum.
«Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham hursandnilik bilan kutib olamiz», -degan edi Behbudiy vasiyatnomasida. Behbudiy hakdi ravishda o‘zbek matbuoti hamda pedagogikasining asoschisi sanaladi. «Zarafshon» gazetasi 1922 yilda Behbudiyni «nashri maorif to‘g‘risida vatanimizning birinchi qahramoni» deyishi bejiz emas. O‘z davrining Xoji Muin, Fitrat, Sadriddin Ayniy, CHo‘lpon kabi san’atkorlari Behbutsiy o‘limiga marsiyalar baptshladilar. Hojimurod bu alloma qatl etilishi voqeasini markazga quygan holda «Maorif qurbonlari» nomli pssa yozdi.
Asarlari: «Padarkush», «Turkiston idorasi», «Turkistonda maktab jarida», «Extiyoji millat», «YOshlarga murojaat», «Ikki emas, to‘rt til kerak», «Aholi jo‘g‘rofiyasiga kirish», «Balalar uchun kitob», «Rusiyaning qisqacha jo‘g‘rofiyasi», «Islom qisqacha tarixi» («Tarixi islom», 1904), «Buxoro xonligiga sayoxat» (1912, maqola.Unda Behbudiy Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Samarqand atrofidagi erlarni o‘zlashtirish hamda suv muammosini hal etish kerakligini aytgan), «Fel’eton» (unda muallifning, «agar biz o‘z manfaatlarimizni qattiqroq himoya qilmasak, yaqin yigirma yil ichida ko‘p oyoqosti bo‘lishimiz ehtimol», degan mulohazalari bor) va boshqalar.
«Padarkush» dramasi haqida
Behbudiy o‘zbek adybiyotida drama janriga asos solgan adibdir Uning «Padarkush» nomli dramasi 1911 yilda yozilgan bo‘lib, ilk bor 1912 yilda «Turon» ro‘ziamasvda boashal. Drama 1913 yilda kshpob halida o‘zbek tilida nashr etildi. Biroq uning muqovasida rus tilidagi: «Rusiyaning fransuz ibtidodidan qutulishi va mathur Borodino muhorabasi xotirilari yubileyiga bag‘ishlayman» degan yozuv bor edi. CHor senzurasidan o‘tish uchun muallif shunday qildi. P’esa Samarqand, Toshkent, Buxoro kabi o‘mga yaqin shaharda sahnaga qo‘yildi. Asar 1914 yilsh Samarqandda qo‘yilgadda «Oina» gazetasi bunday dsb yozgan edi: «Xalq nihoyat ko‘p kelib, bilet etmagani ea joy yo‘qligi uchun uch-to‘rt yuz kishi qaytib ketdi... Uch so‘m berib tikka turmoqqa ham rozilar bo‘ldi». P’esadagi Liza va boyning xotini timsollarini erkak aktyor Abdulla Badriy o‘ynadi. Asarni sahnaga qo‘ygan Samarqand truppasiga Mahmudxuja Behbudiyning o‘zi rahbarlik qilgan edi. Drama Toshkent truppasi tomonidan qo‘yilganda boy rolini Abdulla Avloniy o‘ynagan. «Turkiston viloyatining gazeti» (1914) «Pesa Evrapa teatrlari darajasida qo‘yildi», deb baholagan edi. Asarda ilmsizlik qoralanadi. Unda Behbudiy Turkiston xalqi uchun ikki yo‘nalishdagi olimlar zarur, degan fikrni ilgari surgan. Biri diniy yo‘nalishdagi ulamolar bo‘lib, ular xatib, imom, mudarris, mufti va boshqalardir. Ikkinchisi esa zamonaviy yo‘nalishdagi olimlardir. Ularni Behbudiy «olimi zamoniy» deb ataydi. «Padarkush» dramasi ayrim kamchilikyaardan ham xoli emas edi. Ayniqsa, ayrim qahramonlar harakati, xarakteridagi dalillash san’ati ba’zi o‘rinlarda kuchsiz. Xususan, qotillik egshzodi sun’iyroq. Asarda g‘oya doim ham qahramonlar xarakgeri, harakatidan emas, ko‘proq muallif maqsadlarini tezroq ochishga intilishdan kelib chiqadi. Bu, chamasi, obraz harakatini g‘oyaga bo‘ysundirishga berilib ketishdan va drama janridagi tajriba ozligi tufaylidir. Behbudiy bu asarda adabiyotimshzda birftilardan bo‘lib, eatanyoa yashab turib beeatan qolit muammosini ham ko‘tarib chiqadi va bu muammoga javob tonishga harakat qiladi.
Asarning asosiy kahramonlri kuyidagilar: Boy, Toshmurod (boyiing o‘g‘li), Domullo (YAngi fikrlik bir mulla. Xalqimizni savodli qilish yo‘lida jonkuyarlik bilan aytilgan quyidagi gaplar uning tilidan aytilgan: «Xulosa chiqarsak bo‘lmaydimi axir, yigirma-o‘ttiz yildan beri barcha yirik savdo ishlari erli xalq emas, chetdan kelganlar qo‘lida. Agar o‘zimiz, bolalarimiz o‘qigan, savodli, ilmli bo‘lsak edi, shu kuyga tushmasdik»), Xayrullo (boyning mirzayu mahrami), Tangritsul (Toshmurodning shishadoshi, boyning qotili), Liza (rus xotini), Artur (armani mayxonachi), Ziyoli (Millatchi musulmon, Bu qaxramon kuyunchaklik bilan millat taqdiri haqida quyidagi gatarni aytayotganida boy bir tarafga og‘gancha xurrak ota boshlaydi: «Bolalarimizni Farangiston, Amriqo, Istanbul dorilfununlariga ta’lim-tarbiya uchun yuborishimiz zarur. Bu borada Kofkoz, Orenburg, Qozoi boylaridan ibrat olish kerak, ularning kambag‘al bolalar o‘qishiga alohida e’tibor berishlaridan o‘rnak olsa arziydi»), Boybuchcha (xotin), Davlat ila Nor (bo‘z bolalar) va boshqalar. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahmudxo‘ja tog‘asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan. Arab tili grammatikasini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rgangan. Behbudiy 1899–1900-yillarda hajga boradi; 1903–1904-yillarda Moskva, Peterburgga hamda 1906-yili Qozon, Ufa, Nijniy Nov gorod, Misr va Turkiyaga safar qiladi. Behbudiy XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida munosib o‘ringa ega. Uning hayoti va ijodiy faoliyati jamiyat hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keldi. Behbudiy Turkistonda maktab va maorif, matbuot va teatr, jurnalistika sohalarda ijtimoiy-siyosiy, ada biy-ma’rifiy faoliyat olib bordi. Qishloqlarda tashkil qilingan maktablar uchun bir qancha darsliklar yozdi.
Behbudiy o‘z zamonasi yoshlariga murojaatida bunday yozadi: «Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, makotib– taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har millat eng avval makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘paytirmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirib madaniyatdan foydalanmas»
Shu bois Behbudiy Samarqand shahrida 1913-yili «Samarqand» nomli gazeta va «Oyna» jurnalini nashr ettira boshlaydi. Ularda millat ahvoli, uning haq-huquqi, milliy til qadri, chet tillarini o‘rga nish va tarix masalalariga doir maqolalar e’lon qiladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1919-yil 25-martda Shahrisabzda qatl etiladi.
«PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA
Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob ho lida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oyasini: «Biz larni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi. Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlarning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so‘zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi. Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘ylamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan yashaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bilamizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilurman» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmaydi. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, avval Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘ladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘irga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilarga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ziyoli «olimi diniy» – din bilimdoni va «olimi zamoniy» – zamon bilimdoni bo‘lish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan bo‘lgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi. Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo‘l-yo‘rig‘i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangri qul,
Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar voqealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qaramaqarshilikka ijtimoiy ma’no berib, ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar o‘rtasidagi kurash tarzida tu shunish o‘rinli bo‘ladi. Toshmurod do‘st kim, dushman kim – farqiga bormaydi. Shuning oqibatida Tangriqul bilan birga o‘z uyiga o‘g‘rilikka borishga rozi bo‘ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi.
Ularni o‘z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o‘ldirib, pulini olib ketishadi. E’tibor bering, Boyning arzandasi, aynan sizning tengdoshingiz Toshmurod o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sababli ham o‘zidan yoshi kattaroq o‘g‘ri, muttahamlarga qo‘shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt
o‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo‘llarga kirib qolayotgan yoshlar yo‘q emas. O‘g‘rilar ham Toshmurodning soddaligidan
foydala nib, maho rat darslarining muqaddimasini aynan o‘zining uyi da boshlab bermoqchi bo‘lishadi. Ya’ni yigitchani o‘z uyiga o‘g‘rilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz», – deb tag‘in maqtab ham qo‘yishadi. Toshmu rodning atrofidagi shunday bema’ni, yomon odamlar bilan oshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yo‘llarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili – padarkushga aylanishining asosiy sababi – bu o‘qimaganidir. Onasi Toshmurodni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» – deb qar g‘ashga majbur bo‘ladi. Toshmurodga otasi ta’lim-tarbiya bermadi; oqibatda ota ham, o‘g‘il ham «qurboni jaho lat» – jaholat qurboniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g‘oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmas... edi. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi. Mulohaza qilib ko‘ring, muhtaram o‘quvchi! Ilm-fan hamma zamonlar uchun zarur va muhim bo‘lgan. Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma’naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘lidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr boshlarida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tugal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Insonni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navnihol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi. Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplarga boy tarzda beradi.
“Assesment” texnologiyasi Bu texnologiyaning maqsadi: baholash, nazorat qilish, talabalarning bilim darajasi, o’zlashtirish ko’rsatkichi va amaliy ko’nikmalarini tekshirishga yo’naltirilgan. Mazkur texnologiya orqali talabalarning bilish faoliyati turli asrektlar ( test, amaliy ko’nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo’yicha tashxis qilinadi.