Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə46/56
tarix20.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#145657
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
1-kurs AF Adabiyot kons 2022

Lirikasi
Zavqiy lirikasi turfa yo’nalishga ega. Ularda muhabbat iztiroblari, oliy jamolga intilish, zamon g’addorliklaridan yozg’irish singari xilma-xil taronalar ifoda etilgan. Shoirning ,,Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi, asrori nihon bo‘ldi” tarzida boshlanadigan g’azali yakpora g’azallar sirasiga kirib, ezgu sifatlarning kishi shaxsiyatidagi o’rni kuylangan. Unda kamso’zlikning afzalligi-yu, sergaplikning zarari g’oyat ta’sirchan timsollar orqali ifodalab berilgan. Shoir oddiy nasihatga o’xshab ketishi aniq bo’lgan fikrni juda dilbar she’riy libosga o’rab, turli badiiy vositalar yordamida ta’sirli va yuqumli tarzda beradiki, u oddiy didaktikadan ko’rkam she’r darajasiga ko’tariladi. G’azalda hayotiy holatlarni o’rinli hamda nozik kuzatganligi va o’ziga xos ifodalaganligi uning ta’sirchanligini oshirgan:
Nazokat ortturay desang, misoli g’uncha xomush bo’l,
Nadirkim og’zini to ochdi gul, bargi xazon bo’ldi.
Shoir hayotga amaliyotchining ko’zi bilan qaray oladi, ayni vaqtda, hayotiy reallikdan shoirona xulosa chiqara biladi ham. Shu bois faqat suratga e’tibor qaratib, mohiyatni, odamlikni, odamiylikni unutib qo’ymaslik kerakligini, inson o’zini ezguliklar bilan ziynatlashi lozimligini, aks holda, kishi hayot tomonidan sharmanda qilinishi mumkinligini ta’sirli badiiy vosita orqali ta’kidlaydi:
Chamanda arg’uvondek suratoro bo’lmag’ing xub yo’q,
Pisharda mevasiz sharmandadur, simri ayon bo’ldi.
Zavqiy g’azalida kishining o’z qadrini bilishi lozimligi, odamlar joniga tegmaydigan fazilat egasi bo’lishi kerakligini chiroyli tarzda ifoda etadi. Odam nimagadir erishmoqchi bo’lsa, o’sha niyatiga mos yo’l tutishi zarurligi quyidagi misralarda hikmatomuz tarzda aks ettiriladi:
Agar izzattalabsan, kamnamolig’ orzusin qil,
Qay-u amos bisyor o’lsa, sudi yo’q, ziyon bo’ldi.
Chindan ham nimaiki ko’payib ketsa, qadrsiz bo’ladi, nimaiki kamyob bo’lsa, qadri ko’tariladi. Shuningdek, sadafog’iz ochgani uchun ichidagi marvaridlardan ajralib qolishi-yu, ayrimlari lab qimtigani bois uning ichida qimmatbaho dur paydo bo’lishi singari jihatlar judanozik tasvirlangan. Demak, so’zining qadr topishini istagan kishi imkon qadar kam gapirishi kerak. G’azalning ibratli, o’quvchi diqqatini tortadigan yana bir jihati uning maqta’sida yaqqol namoyon bo’ladi. Shoir tamomila shaxsiy yo’nalishdagi qarashlardan salmoqli ijtimoiy-hayotiy xulosalar chiqarishga o’tadi, ya’ni og’izni yumib, ko’zni kattaroq ochish lozimligini ta’kidlaydi. Negaki, odamlar g’alati, hayot mutlaqo kutilmagan ibratlarga boy. Shoir g’azalda aytayotganlarining teskarisi foydali bo’lib chiqishi ham mumkinligini taxmin qiladi:
Ey Zavqiy, xasta og’zing kam ochib, ibrat ko’zing ochg’il,
Ajabkim, qo’l yaqoda yurgudek turfa zamon bo’ldi.
Shoirning bir qadar hajviy yo’nalishda bitilgan Ahli dil bo‘lma, zamonning boyi bo‘l, bazzozi bo‘l!” satri bilan boshlanadigan g’azalida shaxsiy tuyg’u va kechinmalar ifodasidan ko’ra, zamonga berilgan tavsif ustunlik qiladi. Unda shoir odamlarning komillikdan yiroqlashib, nafsga berilib, ko’ngil kishilarini tanimaydigan va anglamaydigan bo’lib borayotganidan ozorlanganini aks ettiradi. Asl niyat asar matla’sidayoq bayon etiladi:
Ahli dil bo’lma, zamonning boyi bo’l, bazzozi bo’l!
Aqchadin langar cho’p ushlab, rastaning dorbozi bo’l!
G’azalning ikkinchi baytida uyg’ular quruqshagan, odamlar bir-biriga manfaat yuzasidangina yaqinlashadigan zamonda hech kim she’r so’ramasligi va eshitmasligi, kishilar bir-biriga ezgulik tilamasligi, ko’ngil izlamasligi, odamlarga haqiqatning ovozidan ko’ra oltin-kumush jarangi yoqimli tuyulishi tasvirlangan. Shu bois, dilning ifodachisi bo’lishdan ko’ra oltin-kumushlining xizmatida bo’lish foydaliroq:
She’r eshitmaydi birov, davron qulog’i kar anga,
Bir hovuch oltin, kumushning xushjarang ovozi bo’l.
Bunday davrda otilgan so’z o’qi nishonga tegishi mumkin emas, chunki ko’ngillarni zang bosgan edi. Bunday sharoitda rost gapirib, obro’ topish mumkin emasdi. Shuning uchun ham chin so’zni aytib biror muddaoga erishishni orzu qilmaslik kerak. Shoir buni g’azalda kuyinish bilan ifoda etgan:
Tegmagay hargiz nishonga otgan o’q yuz hajv ila,
Xoh zamonning shoiri bo’l, xoh tiyrandozi’ bo’l.
G’azalning tugallanmasida muallifning tushkun ruhi aks etadi. Negaki, bu zamonda uning dardini tinglaydigan, ko’nglini oladigan, noroziligi sababini so’raydigan kimsa yo’qligi shoirda umidsizlik paydo qiladi:
Istamas bo’lsa zamona Zavqiy yozgan she’rini,
Kim eshitsin arzini xoh rozi, xoh norozi bo’l.
Shoir odamlar o’rtasidagi mehr-oqibatning ko’tarilishi oqibatida chin-u yolg’on, haq-u nohaq bir xil qimmatga ega bo’lganidan noroziligini shu yo’sinda aks ettiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin