Jek London hayoti va ijodi.Yozuvchi asarlarida betakror obrazlar talqini Dars rejasi:
1.J.London hayoti haqida
2.J.London asarlari.
Jek London mashhur amerika yozuvchisi. U 1876 ynl Kaliforniya shtatining San — Fransisko shahrida kambag‘al fermer bo‘lgan Jon London oilasida tug‘ilgan. U yoshligidan ko‘plab kasblar bilan mashg‘ul bo‘lib, hayotda turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Kaliforniya universitetida o‘qiy di, oradan biroz vaqt o‘tib o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi.Yozuvchining adabiy faoliyati 1893-yilda boshlangan. Butun ijodiy faoliyati davomida yigirmaga yaqin roman, yuz ellikdan ortiq hikoya yozadi. «Bo‘ri bolasi», «Izg‘irin bolalari» kabi asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy o‘lkalari to‘g‘risida hikoya qilinadi. «Qor qizi», «Hayot uchquni», «Insonga ishonch» kabi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi. Jek London qahramonlari har doim erkka intiladilar, o‘z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda chin dildan bajaradilar,
hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Adibning qahramonlari har qanday holatda ham insoniylikka xi yonat qilmaydi. Ayrim hikoyalarida tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan kurashchan, zahmatkash insonlarning hayoti tasvirlanadi.Yozuvchining «Dengiz bo‘risi», «Martin Iden» va «Uch qalb» romani dunyo adabiyotining nodir namunalari sanaladi.
Jek London 1916-yil vafot etadi.YOshligi qashshoqlik va og‘ir mehnatda o‘ggan, ishsizlikdan AQSH va Kanadani darbadar kezgan. 16 yillik adabiy faoliyatya davomyada 19 roman, 18 to‘ylam, 152 hikoya, 3 pesa, 8 avtobiografik hamda publitsistik xarakterdagi kitob yaratdi.
Asarlari: «Qor qizi» (1902), «Dengiz bo‘risi» (1904), «Temir tovot (1907), «Martin Ioen» (1909), «Ayol mardligi» (1900), «Oqsoqollar kengashi» (1902), «Qish haqida qissa» (1904), «Sokramento sohillarida» (1904), «Hayotga muhabbat» (1906), «Ish tashlash» (1906), «Yo‘l» (1907), «Bir parcha go‘sht» (1900) , «O‘yin»(1905), «Katta uyning kichik bekasi», «Uch qalb», «Oltin vodiy», «Sarguzasht», «O‘g‘rilik», «Oh tish», «SHimol hikoyalari», «Sovuq bolalari», «Otalar xudosi», «Bo‘rivachcha», «Oq sukunat», «Yo‘ldagilar sharafi uchun», «Qirq mil narida», «Tubanlik kishilari» (1903) va boshqalar.
«HAYOTGA MUHABBAT» HIKOYASI HAQIDA
Jek London «Hayotga muhabbat» hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon, unga basma-bas tarzda tasvirlaydi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urg‘u beradi. Hikoya qahramoni ning hayotga bo‘lgan muhabbati o‘limustidan g‘alaba qozonadi.
Hikoya o‘ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo‘lga chiqqan, aniqrog‘i borgan yo‘lidan iziga qaytayotgan ikki yo‘lovchining holati tavsirlanadi. Ulardan biri – Bill oyog‘i cho‘loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin bepoyon kengliklarda bittagina qahramonning o‘zi qoladi. Yo‘lda boshidan kechirgan mashaqqatlari, ochlikdan sillasi qurib, tabiatning turli ne’matlaridan tatib ko‘rishlari, atrofidagi hayvon va qushlarni tutib yeyishga uri nish va boshqalari juda ta’sirli va aniq tasvirlanadi. Ortda qolgan yo‘lovchini Jek London negadir nomlamaydi. Od diygina qilib «odam» deb qo‘ya qoladi. Bu bilan adib nima demoq chi bo‘lgan? Balki muallif mana shu birgina obraz
misolida butun insoniyatning matonatini, sabr-bardoshini aks ettirib bermoqchi ham bo‘lgandir? Odatda, Jek London asarlarida oltin izlovchilar, oltinni qo‘lga kiritish yo‘lida turli mashaqqat va sarguzashtlarga duch kelgan insonlar taqdiridan hikoya qiladi.
«Hayotga muhabbat» hikoyasining ikki qahramoni ham kerak manzilga yetib borib, xaltalariga keraklicha – o‘zlari ko‘tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan ikki kimsa. Shu ikki inson oltin bilan sinaladi.Hikoya mazmunida inson uchun bu olamda oltindan ko‘ra muhimroq narsa, ya’ni tirik qolish, halovatda yashash va o‘z maq sadiga erishish yo‘lida tinimsiz intilish muhimligiga doir fikrlar mujassam topgan. O‘zi istamagan holda Billdan ajralib qolgan yo‘lovchi olib kelayotgan zil-zambildek oltinlardan avval yarmini, keyingi safar hammasini tashlab yuboradi. Kimsasiz joyda yeyishga bir burda noni, yordamga cho‘ziladigan birorta qo‘l bo‘lmagan odam uchun oltinning aslo qadr-qiymati yo‘q. Och qolgan va hayot uchun kurashayotgan kimsaga oltin foyda bermaydi.
Yo‘lovchi bir manzilga yetganida uni tashlab ketgan sherigi Billning oltin solingan xaltasi va bo‘rilar ship-shiydam qilib tozalagan suyaklariga duch keladi. Hamrohini yolg‘iz tashlab ketgan, oltinga muhabbat qo‘ygan odamni qanday ayanchli oqibatlar kutib turganini kitobxon ko‘rib, to‘g‘rilik, sadoqat, insof kabi bebaho insoniy tuyg‘ular ustida mulohaza yuritadi. Yozuvchi tiriklik qadriga urg‘u berish uchun «o‘lim changaliga tushib qolgan» qahramonini turli to‘siqlarga ro‘baro‘ qiladi; kimsasiz sahro, suv, ko‘lmak, ayiq, bo‘ri – bular yo‘lovchiga hayotga muhabbatini oshirish uchun vosita vazifasini bajaradi. Yo‘lovchi yo‘lida davom etib, to‘siqlarga duch kelganida siz ham o‘zingizni go‘yoki u bilan birga his etasiz. Ba’zida yonginangizdan bug‘ular yugurib o‘tganida, noiloj o‘kinasiz, gohida esa bahaybat targ‘il ayiq qarshisida turgandek kalovlanasiz; yo‘lovchining taxir, nordon botqoq mevalarini yeb afti burishgani ham beixtiyor sizga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa jahon adabiyotining betakror adibi Jek Londonning o‘ziga xos qalam tebratish uslubidan darak beradi.«U juda charchagan, lekin sira o‘lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u chalchiqzordan meva terib yer, tanga baliq ovlar, suv qayna tib ichar va olazarak bo‘lib kasal bo‘rini kuzatar edi». U o‘z yo‘lida davom etar ekan, butun o‘y-xayoli tirik qolish bilan band. Hayoti so‘nib borayotgan tinimsiz aksa urib, yo‘talgan kasal bo‘ri odamga ergashib yuribdi. Kasal bo‘rining quvvati ketgan, hujum qilishga madori yo‘q. Bo‘ri odamning harakatsiz qolishini, o‘limini kutadi. Adib o‘quvchiga o‘lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo‘rini qiyoslashga imkon beradi. Odam bo‘rini, bo‘ri esa odamni yeyishga tayyor. Biroq har ikkovida ham mador yo‘q. Odamda esa yashashga umid bor. Shuning uchun uncha uzoq bo‘lmagan masofadan ko‘ziga ko‘rinib turgan dengiz va undagi kemaga yetib olish uchun harakat qiladi. Bir mahal ko‘zi ilinganda och, kasal bo‘ri tishlarini uning qo‘liga botira boshlaydi. Odam bo‘rining jag‘iga yopishadi, kuchi yetmasligini bilgach, u tishi bilan bo‘rining tomog‘iga yopishadi.
Odam g‘olib keladi. Hikoya tugashida «g‘alati maxluq»ni kit ovlovchi ilmiy ekspeditsiya a’zolari o‘limdan qutqargani bayon etiladi.Siz hikoya qahramonining o‘limdan qutulgani uchun mamnun bo‘lasiz; kemadagilarga o‘z boshidan o‘tganlarini so‘zlab bergan, pokiza taomdek ne’mat qadrini bilgan bu kimsaning kelgusida saodatli hayot kechirishiga ishonasiz. Lek Londonning mahorati shundaki, hikoyadagi harakatlanayotgan qahramon tegrasidagi har bir narsa-predmatni, jonli va jonsiz narsalarni, yemish uchun turli o‘simlik, mayda baliqchalar va hasharotlarni tatib ko‘rayotgan odam holini juda real-aniq tasvirlaydi. Har kim o‘zini ushbu hikoya qahramoni o‘rniga qo‘yib ko‘rishi tabiiy. Shu ma’noda Jek Londonning mazkur asari o‘quvchida tinch-xotirjam hayot to‘g‘risida o‘ylantiradi; ko‘nglida ezgu hislar kuchayishiga yordam beradi. Aziz o‘quvchi, bu hikoya sizda katta taassurot uyg‘otishi tabiiy. Hikoya sizda Alloh bergan ne’matlarga nisbatan
shukronalik, do‘stga sodiqlik va, eng asosiysi, hayotga muhabbat tuyg‘ularini orttirsa, yozuvchi o‘z muxlislari oldidagi adabiy vazifasini tugal bajargan bo‘ladi, albatta.
Savol va topshiriqlar
1. Matndan inson va tabiat munosabati tasvirlangan epizodlarni qayta o‘qing, ularga munosabat bildiring.
2. Bill hamrohini qachon, qayerda va nima uchun tashlab ketdi? Matndan aynan o‘sha joyni topib o‘qing va Billga baho bering?
3. Yo‘lovchi nima sababdan xaltasidagi oltinlardan voz kechdi?
4. Hikoya qahramoni yo‘l bo‘yi qorin to‘ydirish g‘amida qanday mashaqqatlarni boshdan kechiradi?
5. Adib o‘z hikoyasiga kasal bo‘ri obrazini nimasababdan kiritgan?
6. Kasal bo‘ri bilan yo‘lovchi holatini o‘zaro qiyoslab, fikr bildiring.
7. Hikoya qahramoni qanday qilib tirik qoldi?
8. Ushbu asarning tarbiyaviy qiymatini tushuntirib bering.
9. Jek London asarlari asosida suratga olingan filmlarni ko‘rganmisiz?
10. Shu hikoya mazmuniga yaqin film tomosha qilgan bo‘lsangiz, badiiy asar va filmga xos xususiyatlarni qiyoslang.
“Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil