Bobur va boburiylar haqida 6ta roman yozgan
“Bobur – yo’lbars”
“Boburxon”
“Bobur va uning avlodlari...”
“Kun va tun”
“Bobur”
“Kelajakka maktub”
“Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan
DARS REJASI №
Guruhlar
Sana
Dars mavzusi: Abdurauf Fitrathayoti va ijodi. “Abulfayzxon” dramasi
Vaqt 80 daqiqa
Talabalar soni __ nafar
Darsning shakli va turi
Nazariy (nazariy, kombinatsiyaiashgan) -o’quvchilarning nazariy bilimlarini shakllantirish.
Dars rejasi
1. Fitrat ijodining o`rganilishi. 2. Fitratning hayot yo`li 3. Fitrat - dramaturg.
Darsning maqsadi:Mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Pedagogik vazifalar: -mavzuga oid mavjud ma’lumotlarni tushuntiradi;
-mavzuning asosini,sodda va tushunarli
mohiyatini ochibberadi;
-mavzuni misol,test va boshqa vositalar yordamida to’la yoritib beradi;
O’quv faoliyatining natijalari: - asarlari haqida yetarli ma'lumotga ega bo’ladi;
-mavzuning asosiy mohiyatini to’la tushunib yetadi;
-mavzuni tushunganlari asosida mustaqil yoritib beradi;
-berilgan test va o’quv topshiriqlarni baajaradi.
O’qitish metodlari
Tushuntirish, ko’rsatish, mashq, aqliy hujum, bahs-munozara,ma'ruza va boshqalar.
O’qitish vositalari
Texnik vositalar, grafik organayzerlar, jadvallar va tarqatma materiallar.
Tashkiliy boshlanishi:o’quvchilar davomativa ularning darsga tayyorgarligini tekshiradi . Ma’naviyat daqiqasi tashkil etadi.
Dars maqsad va vazifasining belgilanishi 1.1.darsning mavzusi, maqsadi va rejalashtirilgan o’quv natijalari hamda uni tashkil etish rejasi bilan tanishtiradi.
1.2.Dars bilimlarni mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni shakillantirish shaklida o’tkazilishini va baholash mezonini ma’lum qiladi.(1-ilova)
Darsga tayyorlanadilar,
diqqatni jamlaydilar.
Dars maqsadini tushinib
oladilar.
2-bosqich.
Asosiy
(60 daqiqa)
O’tilgan mavzuni takrorlash: 2.1. O’quvchilarning bilimini faollashtirish maqsadida tezkor savol -javob o’tkaziladi (1-ilova)
2.2.Berilgan javobalar qabul qilinadi.Javoblarni tahlil qilib boriladi.
Yangi mavzuning bayoni: 2.3.Nazariy darsning rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon qiladi.
2.4.Reja bo’yicha mavzular tushuntiriladi. (2-ilova)
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 2.5. Mavzu bo’yicha o’quv topshirig’i beradi. (3-ilova)
2.6.Topshiriqni bajarish bo’yicha o’quvchilarga yordam beradi.
2.7.Topshiriqning ba’zi bir jihatlarini misollar yordamida tushuntirib beradi.
2.8. Berilgan topshiriqlarning o’quvchilar tomonidan qay darajada bajarilganligini nazorat qilish
2.9.Eng yaxshi ishlarni namuna qilib ko’rsatadi.
Savollarga javob beradilar.
Javoblarni tahlil qiladilar.
Reja bo’yicha mavzuni
tushunib oladilar.
Mavzu bo’yicha berilgan
topshiriqlarni bajaradilar.
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
3.1.Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonini umumlashtiradi. O’quvchilarni baholash mezonlari orqali baholaydi. Uyga vazifa va topshiriqlar beradi.
3.2.Uygavazifa, bilimlarni mustahkamlash uchun mustaqil ish topshiriqlarini beradi.(4-ilova)
Uyga vazifa va mustaqil ish
topshirig’ini tushunib
oladilar.
Abdurauf Fitrathayoti va ijodi. “Abulfayzxon” dramasi Texnologik xarita
Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Mavzu:Abdurauf Fitrathayoti va ijodi. “Abulfayzxon” dramasi Reja: 1. Fitrat ijodining o`rganilishi. 2. Fitratning hayot yo`li 3. Fitrat - dramaturg. XX asr o`zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat hayoti va ijodining o`rganilish tarixini uch bosqichga ajratish o`rinlidir.
Birinchi bosqich Fitratning hayotlik davri bo`lib, u asosan, yozuvchi asarlari haqida matbuotda ilk fikrlar aytila boshlagan, taxminan 1910 yillarning avvalidan to qatl etilgan - 1938 yilgacha bo`lgan davrni qamrab oladi.
Fitrat asarlariga Oktabr to`ntarishidan ilgariyoq faqat o`zbek tilida emas, hatto rus tilida ham maxsus taqrizlar e`lon qilina boshladi. Masalan, rus tilida nashr etilgan "Munozara"ga V.V.Andreev 1916 yil oktabrida "Turkestanskiye vedomosti" gazetasining bir necha sonida "Buxorodagi yangi oqimlar" nomi ostida turkum - taqriz e`lon qildi. Fitrat ijodini o`rganishning bu bosqichidagi maqolalarda ikki nuqtai nazar ko`zga tashlanadi. «Chin sevich», «Abo Muslim» dramalariga taqriz yozgan Cho`lpon, «Qiyomat»ga so`z boshi ilova etgan Nazir To`raqulov, «Hind ixtilolchilari»ga faol munosabat bildirgan Vadud Mahmud Fitrat asarlarini yuqori baholaydilar. Fayzulla Xo`jaev 20-yillarning avvalida Fitrat asarlarining ijtimoiy salmog’ini alohida e`tirof etadi. Sadriddin Ayniy «Tojik adabiyoti namunalari» kitobida Fitratga maxsus bob ajratib, uni «yangi zamonning yangi yo`nalishdagi ulkan mahoratli yozuvchisi» deb ataydi. Biroq sho`ro siyosati va kommunistik firqa mafkurasi buyuk millatparvar adib dunyoqarashi va asarlarini baholashda asta-sekin o`zining omonsiz tazyiqini o`tkaza boshladi.
J.Boybulatov «O`zbek adabiyoti namunalari» (1928) bahonasida Fitratga islomning adabiyotdagi targ’ibotchisi degan yorliq yopishtiradi va unga turkparastlikdan tortib sho`ro va yangi tuzumning g’oyaviy-siyosiy dushmanigacha bo`lgan butkul ayblarni qo`yadi.
Hamid Olimjon ham «Fitratning adabiy ijodi haqida» maqolasida (1936) yozuvchi dunyoqarashi va asarlari haqida ilmiy jihatdan noto`g’ri fikr yuritgan.
Ikkinchi bosqich 1938-1990 yillardan iborat bo`lib, bu davrda Fitratning nomi ham, asarlari ham deyarli batamom qoralanib kelindi. Shaxsga sig’inish oqibatlarini fosh etishda dastlabki qadamlar qo`yilgan 1956 yildan boshlab Fitrat nomi oqlanib ketishi tufayli uning ayrim asarlariga ijobiy munosabat bildirildi.
Biroq baribir bu san`atkorga adolat bilan yondashuvga sho`ro mafkurasi yana uzoq yillar yo`l qo`ymadi. Shunga qaramay Ozod Sharafiddinov, Ahmad Aliyev, Erik Karimov singari millatparvar va adolatgo`y adabiyotshunoslar adib dunyoqarashi va asarlarini 60-70-yillardayoq imkoni boricha odil baholashga harakat qildilar. Bu intilish uchun qattiq ta`na-dashnomlarga ham uchradilar. 80- yillarning o`rtalarida oshkoralik deb nomlangan zamonlar yetib keldi. Sobiq Ittifoq parchalandi, komfirqa tanazzulga yuz tutdi. Fitrat hayoti va ijodini adolatli o`rganish imkoniyati tug’ildi.
Matbuotda u haqida maqolalar bosila boshladi. Gazeta va jurnallarda sharh va so`zboshilar bilan san`atkor asarlaridan namuna, parchalar e`lon qilindi. Bu ishda ayniqsa Ahmad Aliyev, Begali Qosimov, Naim Karimov, Sherali Turdiyev, Hamidulla Boltaboyev, Sirojiddin Ahmedov kabi olimlar
tashabbus ko`rsatdilar.
Uchinchi bosqich O`zbekiston mustaqillikga erishgan 1991 yildan boshlanadi. Bu davrdan e`tiboran endi Fitrat ijodini chuqur va atroflicha tadqiq qilish hamda asarlarini chop etishga kirishildi. Qisqa muddat ichida Ilhom G’aniyevning «Fitratning tragediya yaratish mahorati» (1994), «Fitrat. E`tiqod. Ijod» (1994), «Fitratshunoslik» (1995) singari monografiyalari, Hamidulla Boltaboyevning oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari uchun «Abdurauf Fitrat» nomli qo`llanmasi maydonga keldi. Ayni vaqtda Fitratning ijodidan tanlab olingan she`rlar, dramalar va maqolalardan iborat «Chin sevich» (1996) majmuasi, qo`llanma tarzidagi «Adabiyot qoidalari» (1995), «Bedil» (1996), «Munozara» («Sharq yulduzi» jurnali 1-son) nomli kitoblari bosilib chiqdi.
Bizda Fitrat va Cho`lpon merosi man qilingan zamonlarda xorijda ular ijodini o`rganish davom etdi. Fuod Ko’pruli, Ahmad Zakiy Validiy To`g’on, Kamol Eraslon, Ibrohim Yorqin, Mahmad Saroy va boshqalar Fitrat asarlarini millat, Vatan dardi muammolari negizida tadqiq etdilar.
Fitrat Buxorodagi jadidchilik harakatida faol ishtirok etibgina qolmay, bu harakatga rahbarlik ham qildi. Bu boradagi o`z qarashlarini «Munozara», «Hind sayyohi qissasi» singari asarlariga singdirdi. Dastlab boshlang’ich o`qish-o`qitish usullarini yangilash, maorifni takomillashtirish, savdo-sotiqdan ishlab chiqarishgacha bo`lgan yo`nalishlarda jahonning ilg’or mamlakatlaridagi tajribalarni o`zlashtirish, mutaassiblikdan qutulish, jamiyatni ravnaq toptiradigan bilimdon yoshlarni dunyoning mashhur bilim o`choqlariga yuborish kerak degan Fitratning jadidchilik g’oyalari sekin-asta bularni amalga oshirish uchun Buxoro amirligining davlat tuzumini isloh etish va o`zgartirish kerak degan xulosa darajasiga ko`tariladi. Fitrat «Sayha», «Hind sayyohi», «Begijon», «Oila» singari asarlarida «mavjud tuzumni tanqid qildi, uning barcha kamchiliklarini ayovsiz fosh etib tashladi» degan edi bu haqida Fayzulla Xo`jayev.
Agar e`tibor berilsa, «Munozara»da ham, «Hind sayyohi»da ham Fitrat Turkiston xalqi jamiki boyligiga o`zi ega bo`lmog’i kerak, unga qanday ko`rinishda bo`lmasin boqimanda ravishda o`zgalarning sherik bo`lishi va egaligi bir jihatdan adolatsizlik, ikkinchi tomondan o`zimizni o`zimiz uddalay olmayotganimiz, boshqara olmayotganimiz oqibatidir degan fikrni ilgari suradi. Bunga esa faqat istiqlol tufayligina erishish mumkin edi.
Bu Firqaning asosiy maqsadi avvalgi yo`lni davom ettirib, amirdan islohot talab qilishdan iborat edi. “Yosh buxoroliklar”ning yetakchi rahbarlaridan biri bo’lgan Fitrat uning’ faoliyatida muhim mavqe tutgan. Mutaxassislarning e`tirof etishicha, “Yosh buxoroliklar”ning aksar muhim hujjatlari loyihasi Fitrat qalamiga mansubdir. Bunga “Yosh buxoroliklar” qo`mitasining “Buxoroda islohotlar o`tkazish dasturi loyihasi” “Yosh buxorolik”larning PDP s`ezdlari, III s`ezd nomidan Kominternga V.I.Leninga yuborilgan telegrammalar matni dalildir. Islohot loyihasiga juda muhim masalalarni kiritшдgan edi. Unda Buxoroning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi, armiya va harbiy kuchlarni tutish tartiblari, yerga bo`lgan mulkchilikning turli shakllari, adolatsiz soliqlarni bekor qilib, o`rniga yangicha odil soliqlarni belgilash, pul va kredit, ijtimoiy muammolarni hal etish, hokimiyatni boshqarish tizimi singari masalalar qamrab olingan edi.
Buxoro amiri go`yo jadidlarga yon bosgandek bo`lib, farmon chiqaradi. Bu aslida ko`zbo`yamachilik, vaqtinchalik yon bosish edi, xolos. Bundan norozi bo`lgan Fitrat rahbarligidagi jadidlar Registonda namoyish uyushtirganlarida o`qqa tutiladilar. Fitrat Toshkentga ketishga majbur bo`ladi. 1917 yil oktabr to`ntarishidan so`ng ham «Yosh buxoroliklar» Buxoroni ozod ko`rmoq, u yerda respublika tuzmoq maqsadida kurashni davom ettiradilar. Amir esa ularni xalqqa musulmonchilikning dushmani sifatida ko`rsatishga harakat qiladi.
O`sha zamonda maqsad-orzularni amalga oshirishning eng yaxshi vositasi matbuot edi. Fitrat 1917 yilning yozidan Samarqanddagi «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qila boshladi.
Fitrat mohir jurnalist ham edi. U «Yurt qayg’usi» rukni ostida istiqlol g’oyalarini ifoda etuvchi maqolalarni e`lon etdi. «Ittifoq etaylik», «Saylov yaqinlashdi», «Ikki ro`yxat», «Siyosiy hollar» kabilar shular jumlasidandir.
Fitrat aynan shunday rukn ostida uchta sochma she`r e`lon qildi. Ularni o`zbek istiqlol adabiyotining yaxshi namunalari deyish mumkin. Binobarin, «Qorong’ular ichra yog’dusiz qolgan o`zbek ko`zlari uchun tuprog’ingdan surma olgani keldim» yoki «Turkning nomusi, e`tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari ostida qoldi,Turkning yurti, ulog’i, o`chog’i, Turoni yot qo`llarga tushdi» kabi misralarda milliy tuyg’u, Vatanga muhabbat yolqinlanib turadi.
Fitratning jurnalistik faoliyati «Turkiston», «Ishtirokiyun» gazetalarida davom etdi. «Tong» jurnaliga muharrirlik qildi. Eski maktablarning yuqori sinf o`quvchilari uchun 1917 yil Bokuda «O`quv» kitobini nashr etdi.
U 1921 yil bahoridan Buxoroda maorif ishlarini tashkil etishda qatnashdi. 20-yillarning o`rtalarida u o`zbek tilining qonun-qoidalarini yoritishga bag’ishlangan «Sarf», «Nahv» darsliklarini nashr etdi.
Bu davrda u «Chig’atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi. Shu tashkilot tashabbusi bilan «O`zbek yosh shoirlari» to`plami nashr etildi, «Devonu lug’otit turk», «Qutadg’u- bilig» ustida tadqiqot ishlariga kirishdi.
“Tekshirdi” Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil