Telekonferensiya, telekonferensiya dasturlari va vazifalari Tel
Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar: Barcha foydalanuvchilar uchun muljallangan tushunarli darslik yaratish.
Darslik ko’rgazmali materiallarga boy bo’lib, bu orqali ko’prok bilim olish.
Darslikda mustaqil ishlash uchun etarli ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Bilim va o’zlashtirish darajasini tekshirish uchun ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Xozirgi kunda respublikamizda ham masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darslklar rasmga kirmoqda. Misol sifatida «Zamonaviy informatsion texnologiyalar » elektron darsligi bilan tanishib chiqish mumkin.
Ya’ni Sizga qulay bo’lgan paytda bu kursni o’rganib chiqishingiz mumkin.
Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izoxlaydi. Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yakkol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Internetning ikkita asosiy funktsiyasi bor. Buning birinchisi informatsion funktsiya bulsa, ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir.
Internetning informatsion funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan etkazib berish bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosidagi nixoyatda tez sur’atda e’lon kilish ( nashr kilish ) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Intemetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida N’yu Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng sunggi xabarlarni Toshkentga etkazib berish, gazeta va o’quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish, hamda ularni keng o’quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha un barobar arzon, tez va samaradorliroq bo’ladi.
Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o’zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oraligidagi bevosita xabar almashish, Chat - konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqatlarni keltirishimiz mumkin . Bundan tashqari internetning kommunikatsion funktsiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini ( masofadagi Web - kameralar yordamida) tamosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini beradi.
Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish?