Teosofiya tushunchasi va uning din falsafasida tutgan o‘rni


Teologiya tushunchasi va uning o‘rganish sohasi



Yüklə 26,95 Kb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü26,95 Kb.
#162984
1   2   3   4   5
Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bag’rikenglikning jamiyat hayotidagi o’rni.)

Teologiya tushunchasi va uning o‘rganish sohasi. Insoniyat tarixida diniy bilimlarni o‘rganuvchi soha – teologiya vujudga kelib, teologiya ilohiyot, xudo to‘g‘risidagi ta’limot sifatida xudo, uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limotlarni asoslash, himoya qilish, muayyan din tomonidan belgilangan aqidalarning haqiqiyligini isbotlash, diniy axloq, dindor va ruhoniylarning hayot tarzi va faoliyati me’yorlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Teologiya muqaddas yozuvlar va muqaddas rivoyatlarning ilohiy ekanligini, ibodatxonalarning ilohiy mohiyatga egaligini isbotlash, shuningdek ibodatni bajarish bilan bog‘liq bir qator amaliy bilimlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Teologiya so‘zi yunon tilida theos-xudo, logos- ta’limot, degan ma’noni bildirib, ilohiyotning barcha dinlar doirasida yaratilgan tizimlari dunyoni yaratgan va uni inson bilolmaydigan qonunlar orqali boshqaradigan xudoni tan olishga asoslanadi. Ilohiyot tizimi deganda diniy ta’limot va sig‘inishlardagi har xil tomonlarni bayon etadigan turli ilohiyotga hos bilimlar yig‘indisi tushuniladi. Masalan xristianlik rasmiy ilohiyotining asosiy falsafiy manbaini Platon, Aristotel va neoplatonizm ta’limotlari tashkil etsa, pravoslavie, protestantizm, katolitizm yo‘nalishlaridan har biri ilohiyot masalasida o‘ziga xos xususiyat va yondashuvlarga egadir.
Teizm tushunchasining mazmuni va mohiyati. Olamning xudo tomonidan yaratilganligini tan oluvchi diniy-falsafiy ta’limot teizm deb nomlanib, u iudaizm, xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. Teizm ta’limotiga ko‘ra xudo olamdan tashqarida turib, olamni o‘z irodasiga ko‘ra yaratgan va dunyodagi barcha narsalar uning xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi. Xristian dinida teologiya diniy ta’limotning ko‘plab sohalarini qamrab olgan bo‘lib, ruhoniy faoliyatining amaliy masalalarini yoritib beruvchi pastir ilohiyoti, ibodat nazariyasi bo‘lib hisoblanuvchi liturgika, targ‘ibotchilik faoliyatining nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga olgan gomiletika, cherkov huquqi nazariyasi bo‘lib hisoblanuvchi kanonika kabilar mavjuddir. Islom dinida ham ilohiyotning shakllanishi davrida xilma-xil ilohiyot oqimlari – jabariylar, qadariylar, mu’taziliylar, murji’iylar va boshqalar vujudga kelgan. Islom dinida ilmu kalom, ilmu hikmat, ilmu rivoyat, ilmu tavhid, aqida ilmi kabi bir qator ilm sohalari mavjud bo‘lib, kalom falsafasi, tasavvuf falsafasi kabi diniy falsafiy oqimlar paydo bo‘lib takomillashib borgan. Kalom falsafasi asosida islom ilohiyotining asoslari ishlab chiqilgan.

Adabiyotlar

1


Yüklə 26,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin