Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə46/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

To‘rtinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi vositalardan biri kodekslashtirishdir. Kodekslar huquq tarmog‘ining bosh qonuni sifatida Konstitutsiya prinsiplarini rivojlantirish yo‘lida yaratiladi va ular konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlardan keyingi maqeni egallaydi. Kodekslar o‘zining mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi huquqiy qoidalarga amal qilganligi tufayli kodeks normalari hayotda o‘zining amalini oson topadi.

Beshinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy omillarini quyidagicha e’tirof etish mumkin:

- qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir;

- qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta, yuridik texnika nuqtai nazaridan benuqson bo‘lishiga erishish;

- qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda ta’qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi” (mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat’iy amal qilinishiga erishish;

- qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta’minlash konsepsiyasini yaratish;

- qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e’tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar (ta’sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o‘rganish;

- aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.



Oltinchidan, qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar, ya’ni ilovalar (shior va deklaratsiyalar tarzidagi normalar) ko‘p bo‘lishining oldini olish zarur. Bunday ilovalar haddan ziyod ko‘p bo‘lishi keyinchalik amaliyotda qonun chetda qolib, uning o‘rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan qonun ustuvorligiga ziyon yetishi xavfini keltirib chiqaradi.

Yettinchidan, qonunlarning barqaror va ustuvor bo‘lishiga erishish. Ularga tez-tez qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, pirovard natijada qonunning ahamiyati va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.

Sakkizinchidan, jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim sharti bo‘lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish jarayonida bunga alohida to‘xtalamiz.

To‘qqizinchidan, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashda prokuror nazoratining roli katta. Prokurorlik nazorati faoliyatida qo‘llaniladigan taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va arizalarning sifati va ta’sirchanligining yanada yuqori bo‘lishida 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz ham, prokuratura xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak. Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura xodimidan ushbu tamoyillarni ro‘yobga chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib borayotgan prokurorlar esa o‘z faoliyatida shu prinsiplarga og‘ishmay rioya etishi shart.

Shunday qilib, O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash uchun kompleks tashkiliy huquqiy kafolatlar yaratildi. Albatta, konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlarni muttasil takomillashtirib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim. Shu o‘rinda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy, ruhiy kafolatlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.



Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin