Termiz – 2020 mund а r I j а


Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə49/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

5.Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati

Istiqlol tufayli mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli o‘zgarishlar yurtimizda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson huquqlari va uning erkini ta’minlashga qaratilgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga xos zamonaviy tuzilmalar shakllangani bilan xarakterlanadi.

Albatta, erkin va adolatli jamiyat qurish uchun qonunga tayanishimiz va qonun ustuvorligiga erishishimiz lozimdir. Chunki har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo‘lishi, xalqining tinch va farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir.

Shunday qilib, huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorligini ta’minlaydi.

Erkinlik – insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning X bob 43-46 moddalari inson huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlangan. Zero, jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog‘liq. Odamlarning huquqiy ongi va madaniyati davlatimiz rahbarining 2011 yil 23 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik zimmasiga aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi qarori asosida tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom bu boradagi faoliyatni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘ladi. Avvalambor odamlarning huquqiy ongi va madaniyati shakllantirishda insonlarga o‘zlarining huquq va burchlarini, o‘zlari yashab turgan joyda o‘rnatilgan qonunlarga asosan ularning shaxsiy va fuqarolik huquq va burchlari kafolatlab qo‘yilgan asosiy qonun, ya’ni konstitutsiya va uning normalari tanishtirilishi kerak.

Buni mazkur hujjatning birinchi moddasidan to oxirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan umumbashariy g‘oyalar singdirilganida ham ko‘rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne’matlar orasida eng ulug‘i - “inson uchun” degan g‘oya ilgari surilib, uni ulug‘lash, uning erkin kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan. Boshqacha aytganda, “fuqaro - jamiyat - davlat” o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy yechimi asoslab berilgan.

Demokratik davlatda jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklari kafolati doimiy harakatdagi mexanizmga o‘xshashi lozim. Konstitutsiyaning 19-moddasida “hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga haqli emas”ligi belgilab qo‘yilganki, bu qoida huquqbuzar kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortish mumkinligini bildiradi. Kafolat tizimida iqtisodiy omilga keng o‘rin berilgan. Chunki iqtisodiy hayot qanchalik farovon bo‘lsa, huquqning amaldagi kafolat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bugungi Asosiy qonunimizda esa davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qo‘yilgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz boshlagan islohotlarimizning pirovard maqsadi bitta - adolatli jamiyat barpo etish. Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun”. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini hayotga tatbiq etishga qaratilgan islohotlar jamiyatning shu maqsad yo‘lidagi vazifalariga to‘liq mos kelmoqda, inson huquqlarini kafolatlovchi milliy mexanizm yaratilmoqda. Inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat organlari tizimi tashkil etilib, ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga ko‘maklashmoqda. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risida qonun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Inson huquqlari g‘oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o‘rin egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga og‘ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov: “...Qadimgi dunyoning buyuk donishmandlari “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, u – adolatlidir”, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Ular shu tariqa aynan qonun adolat manbai va mezoni ekanini uqtirganlar, desak, har tomonlama o‘rinli bo‘ladi. Va aksincha, agar qonun bajarilmasa, qonunda bir narsa yozilib, hayotda hammasi boshqacha bo‘lsa, odamlarning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda muhrlab qo‘yilgan adolat va demokratiya normalariga nisbatan har qanday ishonchi yo‘qoladi. Bunday holat barchamizga ayon. Qonun va qonun ustuvorligi bo‘lmagan joyda avvalo uning o‘rnini korrupsiya degan balo egallaydi”, - deb ta’kidlaydi .

Shuningdek, Gellap Instituti (AQSH) ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan «qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» bo‘yicha «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?», «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi xavf-xatardan qo‘rqmasdan yolg‘iz yura olasizmi?» va «Oxirgi o‘n ikki oyda siz va oila a’zolaringizning pul va mol-mulki o‘g‘irlangan holat sodir bo‘lganmi?» savollari ostida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 2 (ijobiy) o‘rinni egallagani tahsinga sazovordir .




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin