Termiz – 2020 mund а r I j а


Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun-mohiyati



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə71/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun-mohiyati.

Millat tushunchasi va unga turli xil yondoshuvlar. Millat (arabcha – xalq) tushunchasi – muayyan hududda istiqomat qiladigan, umumiy til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi etnoijtimoiy birlikni anglatadi.

Millat — til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir. Millat ma’lum hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. U faqatgina “kapitalistik jamiyattning muqarrar mahsuli” emas, balki insoniyatning dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir. Millatning shakllanishi va rivojlanishida moddiy omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, ammo ular millat abadiyligini ta’minlashning birdan-bir imkoniyati emas. Ular millat taraqqiyoti uchun faqat zaruriy shartlardan birigina hisoblanadi. Millatning abadiyligi, uning barqarorligini ta’minlashning asosiy omili uning ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir. Millatlarning ichki-ruhiy salohiyati, yaratuvchilik qobiliyati, matonati, tinimsiz mehnati, tadbirkorligi va o‘ziga xosligini rivojlantirish asosida hozirgi zamon sivilizatsiyasi yuzaga kelgan.
Mutaxassislarning fikricha, yer yuzida uch minga yaqin millat bo‘lib, insoniyatning o‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Qolgan 4 foiz elat va qabilalardir. Har bir millat aholisi bir necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi.

Millatlar besh yirik guruhga bo‘linadi:

1. Buyuk millatlar - aholi soni milliard va 100 milliondan ortiq, xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar.

2. Katta millatlar — aholi soni 50-100 million oralig‘ida — inglizlar, fransuzlar, ispanlar, olmonlar, turklar, arablar va b.

3. Yirik millatlar — aholi soni 10-50 milliongacha — o‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va b.

4.O‘rta millatlar — 1-10 million oralig‘ida, qirg‘izlar tojiklar, turkmanlar.

5. Kichik millatlar - bir necha 10 mingdan 1 milliongacha, chechenlar, ingushlar, cherkaslar .

Jahondagi 27 millat yer yuzi aholisining qariyb 75 foizini tashkil qiladi.

Millatlarning soni ularning buyukligi yoki gegemonligi uchun asos bo‘la olmaydi. Zero, barcha millatlar teng, ozod va erkindir. Ammo tamaddun taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qodir barkamol farzandlari ko‘p millatlargina tabiiy tanlanish asosida yetakchiga aylanishlari mumkin.Ana shu tamoyil jahon xalqlari intilishining asosini tashkil etadi. Mustaqillikka erishgan yurtimizda butungi kunda ko‘p sonli millat vakillari yashamoqda. Mamlakatimizda bu tamoyilga amal qilinishi esa barcha millatlarning ravnaqi, gullab-yashnashi uchun xizmat qilmokda.

«Millat» murakkab xarakterga ega bo‘lgan etnik birlik hisoblanadi. Shuning uchun unga ta’rif berishda bugungi kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy-falsafiy adabiyotlarda yakdillik yo‘q. Lekin ularni umumlashtiruvchi tomonlar alohida qayd etiladi. «Millat»,«milliy», «milliylik» kabi tushunchalar bizning tilimizga arab tilidan VIII asrda, ya’ni arab xalifaligi tomonidan Movarounnahrning zabt etilish davridan boshlab kirib kelgan. Ushbu tushunchalarning negizida «mil» iborasi yotadi. «Mil» tushunchasi arab tilida «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini ifodalaydi.

«Millat» tushunchasi esa keng miqyosda qo‘llanilib, bir necha ma’noni beradi: 1)din, diniy jamoa; 2)ummat, ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi; 3)xalq, millat kabi ma’nolarni anglatadi

Falsafa qomusiy lug‘atida millat tushunchasiga zamonaviy ta’rif beriladi. Jumladan, unda «millat - bu til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyat, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir» , - deyilgan. Shuningdek, boshqa xorijiy adabiyotlarda millat deganda siyosiy va etnik munosabatlarga kirishuvchi tili, o‘z-o‘zini anglash faoliyatiga ega bo‘lgan xalq tushunilishi ta’kidlab o‘tilgan .

Mazkur manbada millat haqidagi konseptual qarashlar K.Doych (Natsionalizm va ijtimoiy kommunikatsiya), E.Gelner (Natsiya va natsionalizm), B.Anderson, E.Smit tomonidan ilgari surilganligi ham alohida qayd etib o‘tiladi. Ulardagi asosiy e’tibor millatning turli o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy jihatlariga qaratiladi . Biroq, ularda millatning shakllanishidagi ijtimoiy-ma’naviy jarayonlar e’tibordan chetda qolganligini ham kuzatishimiz mumkin. Yana bir adabiyotda millat tushunchasi davlat tushunchasiga uzviy bog‘liqligi, o‘z hududi, chegarasiga egaligi, boshqa millat vakillari manfaatlarini hurmat qilishi kabilar bilan ifodalanishi ko‘rsatib o‘tilgan .


Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin