S. Otamurotov fikricha, “Millat deb yagona til, madaniyat (keng ma’noda) milliy o‘zlikni anglash ruhiyati (psixologiyasi va hissiyoti), urf-odatlari va an’analariyagonaligi asosida ma’lum hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan, o‘z davlatiga ega bo‘lgan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi hamda yaratuvchi kishilarning etnik birligiga aytiladi”
Keltirilgan bu ta’rifdagi yangilik millatning etnomadaniy va milliy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ekt sifatida namoyon bo‘lishini ifodalashda qo‘l keladi.
Yana bir faylasuf olim A.Ochildiyev «...har qanday millat muayyan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tizimi bilan bog‘langan etnoijtimoiy birlikdir» –degan xulosaga keladi.
Darhaqiqat, millat tushunchasiga etnik va ijtimoiy birlikning uyg‘unligi nuqtai-nazardan qaralishi uning umumilmiy asoslarini har tomonlama o‘rganishga imkon beradi. Hozirgi davrda biz, millat deganda umumiy tilda so‘zlashib, bir butun umumiyhududda istiqomat qilib turgan, birga iqtisodiy hayot kechiradigan, umumiy maydoni, ma’naviyva ruhiymuhitga ega kishilarning tarixiy shakllangan barqaror birligini tushunamiz.
Millatlararo munosabatlarni o‘ziga xos, murakkab va serqirra tizim sifatida qarash mumkin. Bu o‘ziga xoslik birinchidan, jamiyat milliy tuzilishining tarkibiy qismi hisoblangan etnoslarning siyosiy, ijtimoiy-itstisodiy, madaniy ehtiyoj manfaatlarini ruyobga chiqarish na ikkinchidan, millatlararo munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholash hamda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan, kompleks xarakterga ega chora-tadbirlarni ishlab chikishdek bir-biri bilan uzviy bog‘liq vazifalarni hal etishni zarur qilib qo‘yadi. Ularning muvaffaqiyatli hal qilinishi esa milliy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarning xarakteri va yo‘nalishini oldindan ko‘rish na nazoratini tashkil etish qamda davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tashkiliy-texnik salohiyatini mavjud muammolarni hal qilishga yo‘naltirish imkonini beradi. Qayd etilgan vazifalarning qandaymaqsadlarni ko‘zlab hal etilishi mohiyat e’tibori bilan stixiyalilikka deyarli urin krldirmaydigan, ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo munosabatlarning muayyan tipini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, milliy tengsizlik, o‘zga millatlarga nisbatan bepisandlik bilan qarash, muayyan hollarda esa antagonizmning ustuvorligi millat¬lararo munosabatlarning salbiy mazmunga egaligidan dalolat beradi. Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa, etnik munosabatlar millatlararo totuvlik deb ta’riflanishi mumkin bo‘lgan ijobiy mazmunga egaligi bilan ajralib turishini qayd qilish lozim. Shu o‘rinda etnos, xalq vaelat tushunchalari mazmuniga ham to‘xtalib o‘tish joiz.
“Etnos” tushunchasi yunon tilidan olingan bo‘lib, uning etimologik ma’nosi xalq, qabila, to‘da, kishilar guruhi degan ma’nolarni anglatadi.
Siyosatshunoslik fanlari doktori N.Mamanazarov yozganidek, bu termin (ya’ni “demos”-O.M.) kishilar guruhining muayyan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardaaktiv qatnashuviqismini anglatsa, “etnos”termini muayyan joy, ya’ni hududda yashovchi xalqning lokal guruhini anglatadi. Hozirgi paytda “etnos” termini faqatgina ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qo‘llansa, “xalq” termini esa, kundalikhayotning barcha ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarida aktiv qo‘llaniladi. Shujihatdan ham “etnos” va “xalq”tushunchalari ma’lum ma’nodabir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ammo mazmun va mohiyat jixatidan bir-biridan farq qiladi.
Tor ma’noda xalq atamasiel, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, muayyan guruh vakillarini anglatadi. Xalq so‘zi muayyan lokal hududda istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, qishloq xalqi, shahar xalqi va h.k. Kasb, muayyan mashg‘ulot yoki ma’lum tabaqaga mansub bo‘lgan kishilarga nisbatan o‘qituvchi xalqi, savdogar xalqi, dehqon xalqi kabi so‘zlar ishlatilishi uchraydi. Zamonaviyxalqaro huquqda ham xalq atamasi keng qo‘llanadi.
Xalq birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqda xalqlar huquqi turli konvensiya va deklaratsiyalarda o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat tomonidan umumiy tan olingan yagona "xalq" tushunchasi hozirga qadar ishlab chiqilmagan, faqat xalqaro huquqda emas, balki etnografik adabiyotda ham "xalq" tushunchasiga oid bahs-munozaralar XIX asrdan buyon davom etib kelmoqda.
Xalq so‘ziga berilgan ko‘pgina tavsiflardan kelib chiqib (xalqaro huquq doktrinasida 100 dan ortiq tavsiflar mavjud) shunday ta’riflash mumkin: xalq ma’lum bir davlat fuqarolarining umumiy birligini anglatadi. muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqa guruhlardan o‘z tili, ruhiy-psixologik holati va madaniyati, shuningdek, umumiy ongi va nomlanishi bilan farq qiluvchi siyosiy yoki etnoijtimoiy birlik yig‘indisi esa - etnosdir. Xalq atamasi gohida millat tushunchasiga sinonim sifatida ham ishlatiladi. O‘zbekiston xalqining tarixiy shakllanish jarayoni etnotarixiy makon bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ushbu zaminda xalq sifatida rivojlanib kelayotgan etnik birlikdir.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Biz jahon maydonida kuni-kecha paydo bo‘lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz ko‘hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo‘lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, o‘z madaniyati, o‘z tarixi bilan yashab keladi», degan fikrlari o‘zbek millati vakillarining ushbu hudud xalqi sifatida etnotarixiy ildizining teranligidan dalolatdir. Darhaqiqat, tarixiy ildizlari mustahkam bo‘lmagan xalq etnosiyosiy maydonda yirik, qudratli bir davlatchilikni shakllantirib, kelajak avlodlarga milliy davlatchilik negizlarini, osmono‘par madaniy yodgorliklarni meros sifatida qoldira olmas edi. Shu jihatdan ham o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari ushbu zamin bilan mustahkam bog‘liklikda bo‘lib, qadimiydir.
Umuman ilmiy adabiyotlarda“etnos”tushunchasi va hodisasiga o‘ttizga yaqin ta’riflar uchrasa-da, ularda ma’lum bir yaqinlik,mushtaraklik mavjud. Ya’ni, “etnos-bu bir tilda so‘zlashuvchi, o‘zlarining bir xil kelib chiqishi va mushtarak shakllanish jarayonini tan oluvchi, boshqa xalqlardan farq etuvchi qator urf-odat va an’analarga ega bo‘lgan kishilar guruhidir.” Bizning nazarimizda etnos deganda insonlarning ma’lum hududda uzoq muddat birgalikda istiqomat qilishi, umumiy til, madaniyat va o‘zini o‘zi anglash orqali birlashgan kishilar guruhi tushuniladi. Shuningdek, etnos deganda qabilaviy qarindoshlik, yagona maishiy madaniyat (muloqot tili, e’tiqod ob’ekti, kundalik yurish-turish me’yorlari ham shunga kiradi), umumiy istiqomat makonining (landshaftni qamrab oluvchi) mavjudligi yoxud mavjud bo‘lganligi hamda boshqa etnoslarga nisbatan o‘zining yagonaligini anglash va qayd qilingan nomga egalik (etnonim) asosida shakllangan ijtimoiy birlik ham nazarda tutiladi.
Ayrim etnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgisi ularning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar har bir xalqning tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Fanda bu jarayon «etnik an’analar» yoxud «etnik vorislik» deb ataladi. Bunday an’analar har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy turmushi hamda u yashayotgan tabiiy geografik muhit bilan bog‘liq holda shakllanadi. Faqat alohida xalqlar emas, balki ularning shakllanish jarayonida ishtirok etgan qarindosh guruhlar ham etnos deb ham ataladi.
Etnos, xalq ijtimoiy-siyosiy liderlarsiz yashamaydi, ularga strategik maqsad, xatti-harakatlariga dasturiy mohiyat va yo‘nalish beruvchi yetakchilar kerak. Bunday faoliyatni «passionarlik» konsepsiyasi orqali atroflicha o‘rganish mumkin. Unga ko‘ra dunyoning yagona axborot-energetik manzarasida tarixda chuqur iz qoldirgan «buyuk odamlar va xalqlar»ning faoliyati mexanizmlarini to‘g‘ri tushunish etnosni to‘liq ilmiy manzarasini yoritishda qo‘l keladi. Chunki ko‘pincha ijtimoiy-tarixiybosqichlar, siyosiy yutuqlar ana shunday liderlarning hayoti va ijodi orqali, ularning etnos, xalq hayotiga optemistik g‘oyalarni olib kirgani va ularni birlashtirib, yangi ijtimoiy birlikka aylantirgani bilan o‘lchanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, etnos, millat tarixan shakllangan ijtimoiy bir butunlik bo‘lib, iqtisodiy, hududiy, lisoniy, madaniy, ijtimoiy-psixologik aspektlarning yaxlitligi bilan xarakterlanadi. Unda yirik, buyuk shaxslar, guruhlar muhim rol o‘ynaydi.
Etnos, millat o‘zining xususiyatlarini, o‘zining ichidan yetishib chiqqan va boshqalar tan oladigan buyuk vakillari orqali namoyon qiladi. Masalan, o‘zbek xalqi, millati boshqa xalqlar nazarida Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Navoiy kabi buyuk insonlar avlodlari sifatida gavdalanadi. Bundan tashqari, xalq, millat haqida gap ketganda, ularni birlashtirib turadigan mentalitet, yashaydigan hudud, ulardagi o‘ziga xos xususiyatlar, insoniyat ijtimoiy taraqqiyotida tutgan o‘rni, tarixiy merosi, ahloqiy qadriyatlari va ijtimoiy-siyosiy tajribasi ham nazarda tutiladi. Bizga ma’lumki, dunyoda ikkita bir xil odam bo‘lmaganidek, ikkita bir xil millat ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning xarakterlari, manfaatlari, dunyoqarashlari, ichki-ruhiy olami turlicha, bu - aksioma. Bu esa millatlar mavjud ekan millatlararo munosabatlardagi muammolar ham saqlanib qolinishidan darak beradi. Millatning o‘ziga xosligi uning ichki ma’naviy-ruhiy olamini tashkil etuvchimilliy erkinlik, or-nomus, qadr-qimmat, izzat-nafs, g‘urur kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladi. Agar ularga tashqaridan yoki boshqa millatlar tomonidan salbiy ta’sirlar ko‘rsatilsa, millatlararo, hatto, davlatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar paydo bo‘ladi va ular og‘ir musibatlarga olib kelishi mumkin.
Etnos, xalq ijtimoiy borliqqa munosabatlarini huquqlariorqali ifoda etadi. Demokratik davlatlarda aynan Konstitutsiya(Asosiy Qonun) va unga tayanib ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlar etnosning ijtimoiy borliqdagio‘rnini, huquq va burchlarini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”. (7- modda);
“Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”; “Davlat organlari vamansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar”. (2-modda).
“Jamiyat va davlat siyosatining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.” (9-modda).
“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.” (12-modda).
Mazkur moddalardaO‘zbekiston xalqi va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquqlari, ushbu munosabatlarning asosiy prinsiplari belgilab berilgan. Mazkur huquqlar etnosning, millatning uzoq ijtimoiy-madaniy rivojlanish jarayonida erishgan yutuqlari kvintessensiyasidir.
Elat degan tushuncha arabchadan tilimizga kirib kelgan.Elat degandabir tilda so‘zlashuvchi, o‘ziga xos madaniyati mavjud bo‘lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o‘z tuzilmasiga ega bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi.
Elat— kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatga ko‘p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi. Qadimda kishilarning elat bo‘lib, bir hududda yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg‘ularini kuchaytirgan. Elatlar, kuchli qabilalarning kuchsiz qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirishi va ular b-n aralashib ketishi natijasida ham shakllangan. Elat o‘z qiyofasini saqlab qolishi, rivojlanib, millat darajasiga ko‘tarilishi uchun o‘z davlatiga ega bo‘lishi kerak. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish mas’uliyati daklatni vujudga keltirgan. Nisbatan markazlashgan dastlabki davlatlar qadimgi Misr, Bobil, Turonda va boshqa joylarda paydo bo‘lgan. Sayyoramizning boshqa joylarida, jumladan, G‘arbiy va Sharqiy Yevrupada elatlar o‘rta asrlarda shakllangan.
Dunyoda bunday jarayonlar davom etayotgan mamlakatlar hozir ham bor. Shuning uchun bo‘lsa kerak, jonli so‘zlashuv tilida millat va elatlar degan iboralar ishlatib turiladi. Ko‘pincha, elat deganda, kamsonli, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy-siyosiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan xalqlarham tushuniladi.
Sobiq Ittifoqda 1926 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida 230 dan ortiq millat va elat yashaydi, deyilgan bo‘lsa, 1959 yilgi aholi ro‘yxatida bu raqam 129 taga tushib qolgan. Demak, 100 dan ortiq elat, asosan, kam sonli xalqlar o‘z milliy qiyofalarini yo‘qotib, ko‘p sonli xalqning miqdorini oshirgan. Sho‘roviy mafkura “o‘z rivojlanishiga ko‘ra orqada qolgan ko‘pgina elatlar, asosan, kichik elatlar, millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan boshqa elat va millatlar bilan yaqindan aloqa qilishga o‘tishi natijasida ilg‘or xalqning madaniyati, tilini o‘zlashtiradi va asta-sekin o‘sha millatning tarkibiga singib ketadi”, deb uqtirardi. (Bu ko‘chirma
O‘zbek Sovet Ensiklopediyasining 13-jildidan keltirildi). Bundan ko‘rinadiki, Chor Rossiyasida XVI asrning o‘rtalaridan boshlangan bunday siyosat sho‘ro davrida ham pinhona davom ettirildi. Shunisi qiziqki, qayerdaki milliy uyg‘onish yuz berib, milliy mustaqillik talab etilsa, shu xalqni, shu xalq rahbarlarini separatizmda ayblash mustamlakachilarga xos usuldir. “Separatizm” lotinchadan olingan atama hisoblanib, ajralib chiqishga, alohida bo‘lishga intilish ma’nosini bildiradi.
Masalan, bir butun mamlakatning bir viloyati ajralib chiqishni istasa — bu separatizm bo‘ladi, bu harakatning tepasida turganlarni separatchi - ayrmachi deyish mumkin. Bunday intilishlarni sog‘lom fikrli hech bir kishi oqlamaydi va yoqlamaydi. Bu mamlakatning yaxlitligiga rahna soladi, butun bir xalqni parokanda qiladi. Lekin tili, dini, turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo‘lgan, o‘z vataniga ega bir xalqning mustaqillikni istab, hukmron tuzum iskanjasidan ajralib chiqishi separatizm emas, balki milliy davlatchilikni tiklash yo‘lidir. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu tamoyil mazmuniga mos keladi.
Elat bilan yaqin ma’noda diaspora tushunchasi ham qo‘llaniladi. Diaspora yunoncha diaspora -tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi). Konstitutsiyaviy huquqda «diaspora» tushunchasidan o‘z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini yuritishda foydalaniladi.
Millatlararo munosabatlar. Vatanparvarlik, kosmopolitizm, millatchilik. Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200dan ziyod mamlakatda ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi. Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda so‘zlashadi. Bu tillarning 100 dan ko‘prog‘igina o‘z yozuviga ega.
Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomoni shundaki, insoniyat aql-zakovati yuksalgani sayin millatlar o‘zaro assimilyatsiyalashish tomon emas, balki o‘zlarining “men”ini namoyish qilish, tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda. Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qo‘shilib ketgan emas, aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning og‘ir kulfatlariniboshidan kechirishga majbur bo‘lsalar-da ozodlik, erkinlik kabi qadriyatlardan voz kechmaganlar.
Ular ozod, mustaqil yashab, o‘z urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini muqaddas bilib, fidoyilik ko‘rsatib kelganlar. Millatlararo munosabatlar deganda turli millat va elatlarning iqtisodiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda sodir bo‘ladigan o‘zaro aloqalar majmuini tushunmoq kerak. Bunday aloqalar,ko‘p millatlar yashaydigan ayrim bir mamlakat ichki hayotida yoxud turli mamlakatlarda yashaydigan millatlar o‘rtasida amalga oshadi. Bugungi kunda jahonda aholisining tarkibi faqat birgina millatdan tarkib topgan mamlakatni yoki davlatni topish qiyin.
Xuddi shu ma’noda ham mamlakatlar, davlatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan turli sohalardagi aloqalarda ularda yashayotgan millatlarning do‘stona munosabatlari har qanday davlat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Ana shu omil qanchalik mustahkam bo‘lsa, davlatlar o‘rtasida olib boriladigan turli sohalardagi aloqalar xam shu darajada mustahkam bo‘ladi va har ikki tomon kutayotgan natijalarni beradi.
Ko‘p millatli davlatlarda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish shu mamlakatda barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir. Chunki har qanday davlatda milliy nizolar va ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxir-oqibatda uning yemirilishiga olib keladi. Shuning uchun ham, har qanday mamlakatda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirib borish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Sobiq sho‘rolar tuzumining fojiasi shunda ediki, u o‘z manfaatlarini milliy manfaatlar hisobiga amalga oshirib keldi. Ya’ni, milliy omilning kuchi-qudratini nazar-pisand qilmadi va sinfiy manfaatlarni qondirish orqali o‘z hukmronligini abadiylashtirmoqchi bo‘ldi. Ular zo‘ravonlik bilan turli millatlarni “yaqinlashtirish” orqali “yagona sovet xalqi”ni vujudga keltirish va keyingi bosqichda butun yer yuzida “yuksak” millatlarni shakllantirish hamda ularning xukmronligini ta’minlashni maqsad qilgan edi. Ularning soxta g‘oya va puch mafkuraga asoslangan bunday xatti-harakatlari sobiq sho‘ro davlatini yemirdi va butun bir tuzumning barbod bo‘lishini tezlashtirdi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, milliy munosabatlarni, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining o‘zaro totuvligi va hamjihatligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar masalalarining eng maqbul yechimi etnik jihatdan turli tuman bo‘lgan istalgan jamiyatda har doim hukumat kun tartibining markazida bo‘lishi shubha uyg‘otmaydi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda qaysi boshqaruv tizimini samarali deb hisoblash mumkinligi haqida ko‘plab tortishuvlar ham o‘z o‘rnini topmoqda. Bunda ikkita eng muhim maqsadlarning muvofiqlikligi – siyosiy barqarorlik hamda etnik guruhlararo va konfessiyalararo masalalar yechimini topishga harakat qilmoqda. Chunki, har doim ham ushbu maqsadlarda eng maqbul kelishuvlarga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa bu holat siyosiy yangilanish, modernizatsiya va liberallashuv davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar haqida gap borganda o‘rinlidir.
Jamiyat rivojlangani sari katta ahamiyat kasb etadigan ma’naviy qadriyatlardan biri-vatanparvarlik tuyg‘usidir. Vatanparvarlik – Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg‘udir. Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat. Vatanga, xalqga bo‘lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg‘usi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur o‘rin oladi, faoliyatiga ta’sir etadi.
Vatanparvarlik bu-yurtimizda mavjud bo‘lgan saloxiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan oqilona foydalanish, o‘z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan qolgan bebaho meros, milliy urf-odat va an’analariga suyanish, qadriyatlarni tiklash, bir-birimizga yelkadosh bo‘lish extiyojini har tomonlama tushunib yetish demakdir.
Vatanparvarlik, bu-O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarish, odamlarning yuragiga vaxima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishga harakat qilayotgan g‘animlarga qarshi kurash demakdir.
Vatanparvarlik nihoyatda serqirra tushuncha bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yangicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha yuksak bo‘ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarlikning yangi-yangi qirralari namoyon bo‘lib boradi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, o‘z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug‘ilganda jonini fido qilishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan quvonish, og‘ir kunlarida uning uchun qayg‘urish, o‘z yurti bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich yeri, har bir g‘ishti va giyohiga, qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash – bularning barchasi vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Inson o‘z yurtini qanday bo‘lsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo‘ladi:
1) bilish – Vatan ttushunchasiga xos qadriyatlarni egallash;
2) e’tiqod – mazkur qadriyatlar to‘g‘risida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish;
3) harakat – bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi. Albatta, jahon – keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan...Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni yashnatib tursin. Bu haqda gapirar ekanmiz, ayni vaqtda muhim bir masalaga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini eng avvalo O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan bir hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo‘lgan «mo‘’jaz Vatan»ning, tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloqning qadri va ahamiyatini aslo kamaytirmaydi. Biz Vatan tuyg‘usini mana shunday yaxlit holda, ya’ni dunyoda yagona o‘zbek millati bor, xorazmlik, farg‘onalik, surxondaryolik o‘rtasida hech qanday milliy farq yo‘q, ularning barchasi o‘zbek xalqining farzandi deb anglashimiz, yosh avlodimizni aynan shu ruhda tarbiyalashimiz zarur .
Shuni esda tutish kerakki, tarixda bu tushunchaning haddan tashqari bo‘rttirib yuborilishiga doir qarashlar ham keng tarqalgan. Bunday qarash kosmopolitizm (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) g‘oyasida o‘z ifodasini topib, amalda dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechishni targ‘ib qilgan. Kosmopolitizm- ya’ni, qayerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha yerni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.
Kosmopolitizmning negizlari tarixan antik davr falsafasidayoq vujudga kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Laertiyning ta’kidlashicha, «kosmopolit» so‘zi ilk bor kiniklar ta’limoti vakili sinoplik Diogen tomonidan qo‘llangan.
Boshqa bir yunon mutaffakiri Plutarxning fikriga ko‘ra, ushbu tushunchani kitionalik Zenon kiritgan.
Dostları ilə paylaş: |