Termiz davlat universiteti iqtisod va turizm fakulteti iqtisod tarmoqlar va sohalar kesmida sirtqi ta’lim yo’nalishi 5-bosqich 418- guruh talabasi


Xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari hamda ularga berilgan kafolatlar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə12/15
tarix15.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75217
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
27. Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni

4.2. Xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari hamda ularga berilgan kafolatlar

CHet ellik investor xalqaro huquq ‘rintsi’lari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:


- investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash;
- investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
- o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. CHet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin.
4.2.1-jadval
Investitsiya qabul qiladigan va investitsiya qiladigan mamlakatlarning valyuta birliklari5

t vaqt

0

1

2

3

4

5

Investitsiya qiladigan mamlakatning valyuta birligi (CUf)

100,000

28,000

30,000

35,000

32,000

35,000

Investitsiya qabul qiladigan mamlakatning valyuta birliklari (CUh)

50,000

13,720

14,406

16,470.86

14,757.89

15,818.61

Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;


- O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O’zbekiston Respublikasida ‘atentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
- investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz re’atriatsiya qilish);
- O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish;
- o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag’larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
- o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
- davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
CHet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
CHet ellik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirganda:
- O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishlari;
- O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa to’lovlar to’lashlari;
- investitsiyalash munosabati bilan o’z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bo’yicha javob berishlari;
- investitsiya loyihalarida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan sanitariya-gigiena, ekologiyaga oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari;
- o’z raqobatchilariga nisbatan qo’shimcha imtiyozlar va afzalliklar olish maqsadida investitsiya faoliyati bo’yicha sheriklariga yoki davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bevosita va (yoki) bilvosita noqonuniy ta’sir o’tkazishning har qanday shakllaridan o’zlarini tiyishlari shart.
CHet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etmaganlik uchun umumiy asoslarda javobgar bo’ladi hamda o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin bo’lgan o’zining mol-mulki bilan javob beradi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin