Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Boʻsh ish vaqti uchun qaror



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə67/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Boʻsh ish vaqti uchun qaror
Bu cxizmada Sallyning byudjeti tasvirlangan boʻlib, iste’mol bilan dam olish hajmi oʻrtasidagi bogʻliqlik koʻrsatilgan

Bu yerda isteʼmol va dam olish Sally tanlayotgan ikkita “tovarlar” boʻladi. Sally har doim koʻproq boʻsh vaqt va koʻproq iste'molni afzal koʻrgani uchun u quyidagi befarqlik egri chizigʻidagi nuqtalardan koʻra yuqoridagi egri chiziqlardagi nuqtalarni afzal koʻradi.
Soatiga 50$ ish haqida, isteʼmol va hordiq kombinatsiyalaridan Sally belgilangan nuqta orqali ifodalangan “optimal”ni tanlaydi. Bu byudjet sigʻimi chizigʻida yotgan eng yuqori I2 befarqlik egri chizigʻi nuqtasi hisoblanadi.
Endi Sallining ish haqi soatiga $ 50 dan $ 60 ga ortsa nima boʻlishini muhokama qilamiz. 7.14-rasm ikki mumkin boʻlgan natijalarini koʻrsatadi. Har bir holda, byudjet sigʻimi, chap grafikda koʻrsatilgan, BC1 dan BC2ga tashqariga siljiydi. Jarayon, byudjet sigʻimi tik boʻlib narxlarning nisbiy oʻzgarishi akslantiradi: Yuqori ish haqida Salli boy berilgan boʻsh vaqtning har soati uchun koʻproq isteʼmol oladi.
Sallining afzalliklari, uning befarqlik egri chizigʻida koʻrsatilgan, yuqori ish haqi qanday qilib isteʼmol va boʻsh vaqt bogʻliq uning tanloviga javob berishini aniqlaydi. Har ikki qismda, isteʼmol oʻsadi. Hali ham boʻsh vaqtning ish haqi oʻzgarishiga javobi ikki hollarda farq qiladi. (a) qismda Salli yuqori ish haqiga javoban kamroq hordiq oladi. (b) qismda Salli koʻproq hordiq bilan javob beradi.
Hordiq va iste’mol oʻrtasidagi Sallining qarori uning mehnat taklifini belgilaydi, chunki koʻproq dam olsa, u kamroq vaqt ishlaydi. 7.14-rasmning har bir qismida, oʻng rasm Sallining qarorida nazarda tutilgan mehnat taklifi egri chizigʻi koʻrsatilgan. (a) qismida, Sallining yuqori ish haqi kam dam olish va koʻp ishlashini koʻrsatadi, bunda mehnat taklifi egri chizigʻi yuqoriga yoʻnalgan. (b) qismda, Sallining yuqori ish haqi koʻproq dam olish va kam ishlashni koʻrsatadi, shunday ekan mehnat taklifi egri chizigʻi orqaga yoʻnalgan.
Avvaliga, orqaga yoʻnalgan mehnat taklifi egri chizigʻi boshqotirmali boʻladi. Nima uchun shaxs kam ishlab yuqori ish haqi olishi kerak? Javob yuqori ish haqiga daromad va almashtirish taʼsiridan kelib chiqadi.
Birinchi boʻlib almashtirish taʼsirini koʻrib chiqaylik. Sallining ish haqi koʻtarilsa, hordiq iste'mol nisbatan koʻproq qimmatroq boʻladi va bu Sallini hordiq oʻrniga isteʼmolga yetaklaydi. Boshqacha aytganda, almashtirish taʼsiri Sallini yuqori ish haqiga javoban qattiqroq ishlashga undaydi va bu mehnat taklifi egri chizigʻini yuqoriga yoʻnaltiradi.
Endi daromad taʼsirini koʻrib chiqaylik. Sallining ish haqi koʻtarilsa, u yuqoriroq befarqlik egri chizigʻiga koʻtariladi. U oldingiga qaraganda endi yaxshiroqdir. Modomiki isteʼmoli va dam olish ham normal tovar ekan, u yuqori isteʼmolini va koʻproq dam olishdan bahramand boʻlishni istaydi. Boshqacha qilib aytganda, daromad taʼsir kam ishlashga va bu mehnat taklifi egri chizigʻini orqaga yoʻnalishiga olib keladi.
Oxir-oqibat, iqtisodiy nazariya ish haqining oʻsish Sallini koʻproq yoki kamroq ishlashga undashi haqida aniq taxmin bermaydi. Agar almashtirish ta'siri Salliga daromad taʼsiridan katta boʻlsa, u koʻproq ishlaydi. Agar daromad taʼsiri almashtirish taʼsiridan katta boʻlsa, u kam ishlaydi. Mehnat taklifi egri chizigʻi shuning uchun, yuqoriga yoki orqaga yoʻnalgan boʻlishi ham mumkin.
Orqaga yoʻnalgan mehnat taklifi egri chizigʻi gʻoyasi dastlab oddiy nazariy qiziquvchanlik kabi tuyulishi mumkin, lekin aslida, unday emas. Dalillar mehnat taklifi egri chizigʻi uzoq vaqt davomida orqaga yoʻnalishini koʻrsatadi. Yuz yil avval, koʻp odamlar bir hafta olti kun ishlashgan. Bugungi kunda, hafta besh kunlik ish norma. Shu bilan birga ish haftasi uzunligi kamayib, tipik ishchi ish haqi (Inflyatsiya oʻzgarishi bilan) ortib bormoqda.
Bu yerda iqtisodchilar bu tarixiy voqeani qanday tushuntirishadi: Vaqt oʻtishi bilan texnologiya ishchilar samaradorligini va mehnatga talabni oshirdi. Mehnatga talab ortishi muvozanat ish haqini koʻtardi. Ish haqi koʻtarilishi, mehnat uchun mukofot boʻladi. Biroq, juda koʻp mehnatni ragʻbatlantirishga javoban, ishchilar koʻproq hordiqni tanlashadi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, yuqori ish haqining daromad taʼsiri almashtirish taʼsiridan baland boʻladi.
Mehnat taklifiga daromad ta'siri kuchli ekanligining yana boshqa dalillari juda koʻp, masalan: lotereyalar gʻoliblari. Lotereyada yirik mukofotlar sovrindorlari, daromadlarini oʻzgarishi natijada ularning byudjet sigʻimini tashqariga siljitadi.

RASM

Ushbu cxizmadagi grafiklar iste’molchining ish haqi oʻzgarganda qanday oʻzgarish boʻlishini koʻrsatib beradi. Chap tarafdagi grafik iste’molchining BC1 nuqtadagi dastlabki byudjet chegarasini koʻrsatadi BC2 nuqta esa iste’molchining iste’mol va dam olishdan tashqari optimal tanlovini koʻrsatib beradi. Oʻng tarafdagi egri chiziq ishchi kuchi taklifini koʻrsatadi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin