Bu cxizma iste’molchining turli yosh davrlarida iste’molga qancha sarflashini, befarqlik egri chizigʻini va optimal nuqtasini koʻrsatib beradi
Endi foiz stavkasi 10 foizdan 20 foizga oshganda nima sodir boʻlishini koʻrib chiqamiz. 7.16-rasm ikki mumkin natijalarini koʻrsatadi. Har ikki holatda ham byudjet sigʻimi tashqariga siljiydi va tik boʻladi. Yangi yuqori foiz stavkasida Sem yoshligida voz kechgan isteʼmol har bir dollar uchun qariganida koʻproq isteʼmol oladi.
Ikkala qism Semning turli afzalliklari bergan natijalarini koʻrsatadi. Har ikki holatda ham, qariganda isteʼmol oshadi. Hali foiz stavkasi oʻzgarishiga yoshlikdagi isteʼmolning javobi ikki holda farq qiladi. (a) qismda Sem yoshligida yuqori foiz stavkasiga javoban kam isteʼmol qiladi. (b) qismda Sem yoshligida koʻp iste’mol bilan javob beradi.
Semning jamgʻarmasi yoshlikdagi daromadi minus yoshlikdagi isteʼmol miqdori orqali hisoblanadi. (a) qismda foiz stavkasi oshsa yoshlikdagi isteʼmol tushadi, shuning uchun jamgʻarma koʻtarilishi kerak. (b) qismda Sem yoshligida koʻp iste’mol qiladi, shuning uchun jamgʻarma tushadi.
(b) qismda koʻrsatilgan holda dastlab gʻalati tuyulishi mumkin: Sem jamgʻarmadan keladigan daromadning oshishi hisobiga kam jamgʻaradi. Biroq, bu tuyulishi mumkin boʻlganidek oʻzgacha holat emas. Biz buni yuqori foiz stavkasiga daromad va almashtirish ta’sirlari deb olgan holda uni tushunishimiz mumkin.
Birinchi boʻlib almashtirish taʼsirini koʻrib chiqaylik. Foiz stavkasi oshsa, yosh boʻlgandagi isteʼmolga nisbatan qarigandagi isteʼmol arzonroq boʻladi. Shuning uchun, almashtirish taʼsiri Semni yoshlikda kamroq isteʼmol qilib, qariganda koʻproq iste’mol qilishga undaydi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, almashtirish taʼsiri Semni koʻproq jamgʻarishga undaydi.
Endi daromad taʼsirini koʻramiz. Foiz stavkasi koʻtariladigan boʻlsa, Sem yuqoriroq befarqlik egri chizigʻini tanlaydi. U oldingiga qaraganda endi yaxshiroqdir. Modomiki har ikki davrda ham isteʼmol normal tovarlardan iborat boʻlar ekan, uning farovonlikning bu ortishidan foydalanish istagi ikki davrda yuqoriroq isteʼmoldan bahramand etadi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, daromad taʼsiri kamroq jamgʻarishga undaydi.