Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə71/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi.
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi.
Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi.
Iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.
Nazorat savollari

  1. Xaridorlar tayyorligi, isteʼmolchilar ortiqchaligi va talab egri chizigʻi qanday bogʻliqligini tushintirib bering.

  2. Sotuvchilar xarajati, ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi va taklif egri chizigʻi qanday bogʻliqligini tushintirib bering.

  3. Bozor muvozanatida ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi ortiqchaligini taklif va talab chizmasida koʻrsating.

  4. Samaradorlik nima? U iqtisodiy siyosatning yagona maqsadimi?Koʻrinmas qoʻl nima qiladi?

  5. Ikki turdagi bozor muvaffaqiyatsizligini nomlang. Nima uchun bozor natijalari samarali boʻlmasligini tushintirib bering.

  6. Iste’mol nazariyasida ne’mat tushunchasi. Naflik tushunchasi. Iste’molchi ehtiyojini qondirish darajasi. Naflik funksiyasi. Umumiy naflik, chekli naflik.

DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI
6.5.Daromad samarasi va almashtirish samarasi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin