Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


O’rgatuvchi modul -  o’qitishning muayyan modul birligi bo’yicha



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/46
tarix02.01.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#44718
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
oliy talimda umum kasbiy fanlarni oqitishda modulli texnologiyalardan foydalanish

O’rgatuvchi modul -  o’qitishning muayyan modul birligi bo’yicha 

mazmuni, o’quvchining o’quv harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan 

mazmun bo’yicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy ishlanmalar 

mazmunidan iboratdir.  

O’rgatuvchi modullarni ishlab chiqish juda murakkab jarayondir, u ko’p 

vaqt sarfini va juda ko’p sonli uslubiy tajribalarni umumlashtirishni talab etadi. 

Ammo ularni amaliyotda qo’llash, o’qitishni juda yuqori samaradorligini 

ta’minlaydi. 

Modulli o’qitish,  fanning asosiy masalalari bo’yicha umumlashtirilgan 

axborotlar beruvchi muammoli va yo’riqli ma’ruzalar o’qilishini taqozo etadi. 

Ma’ruzalar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog’i 

lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga 

tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan 

to’ldiradi. O’quvchilar amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar. 

Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini 

qo’llab,  materiallari  blok-sxema, rasmlar bloki ko’rinishida taqdim etilishi 

maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda materialning o’zlashtirish  samaradorligi 

oshadi, chunki: 

•  modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi

•  o’quv materialining elementlari orasidagi bog’lanishlar va o’tishlar 

yaqqol ko’rsatiladi;  

•  asosiy jihatlari ajratib ko’rsatiladi; 



41 

 

 



•  o’quv materialining (modulning) butun hajmi, o’quvchining ko’z 

oldida yaqqol gavdalanadi.  

Modul, tizimida o’quv materialining mazmunini strukturalashda eng 

avvalo axborotni «siqish» vazifasi  ko’zlanadi. Bilimlarni to’la, foydalanish 

uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim.  

 


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin