Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti


Chaqiruvga qadar bo‘yicha o’quv jarayonini tashkil qilish



Yüklə 139,29 Kb.
səhifə5/10
tarix09.04.2023
ölçüsü139,29 Kb.
#95274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aymatov jaloliddin kurs ishi

Chaqiruvga qadar bo‘yicha o’quv jarayonini tashkil qilish
«Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangMch tayyorlash» chaqiriq yoshigacha va chaqiriq yoshida boMgan yoshlarni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bolib, umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun majburiy o‘quv fani hisoblanadi. «Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangMch tayyorlash» fani 0 ‘zbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq tashkillanadi va oiib boriladi. Mashg‘ulotga tayyorlanish odatda mashg‘ulot rejasini (reja - konspekt) tuzish bilan yakunlanadi, bunda mashg‘ulot rejasi Shaklining elementlari bo‘lishi talab etiladi, reja-konspektini yozilishi esa ixtiyoriy bo‘lishi
mumkin – bu harbiy raxbar (CHXT) ning shaxsiy tayyorgarligi va pedagogik tajribasiga bog‘liq.
Odatda konspekt rejasida mashg‘ulot dasturning qaysi bo‘limi bo‘yicha va nechanchi sinf (kurs) o‘quvchilari bilan olib borilishi kerakligi, o‘quv-tarbiyaviy maqsadlar, mavzu nomi, mashg‘ulot tartib raqami, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt, uslub, joy, moddiy ta’minot.
Qo‘llanmalar, mashg‘ulot borishi (shu bilan birga harbiy va ta’lim oluvchilar harakatlari), mashg‘ulotda beriladigan buyruqlar, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa bundan tashqari, xar bir ishlab chiqiladigan savol bo‘yicha taktik vaziyat mazmuni, uy vazifasi ko‘rsatiladi.
Mashg‘ulot rejasini mashg‘ulotgacha 6-7 kun oldin ta’lim muassasasi direktoriga ko‘rib chiqishga berish tavsiya etiladi. Bu unga mazkur mavzu bo‘yicha dastur talablari, dars rejasi va o‘tkazish uslubini birma-bir o‘rganib chiqishga va mashg‘ulotni o‘tkazishda harbiy rahbarga amaliy yordam ko‘rsatishga imkon.
________________________
6 Inoyatov I.YU. Abilov M.X. «Vatan himoyasi muqaddas burch». 2001
«Darsga o‘quv moddiy baza va ta’lim – texnika vositalarini tayyorlash»
Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda harbiy rahbarning o‘quv-moddiy baza va ta’lim texnik vositalarini tayyorlashi muxim omillardan xisoblanadi. Harbiy xona YOCHQBT o‘quv-moddiy bazasining asosiy elementlaridan xisoblanadi. U muntazam ravishda ozoda va tartibli bo‘lishi, ko‘gazmali kurollar o‘z vaqtida yangilanishi va ularning mavzu va mazmuni yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi dasturiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Imkoniyat boricha xona katta, yorug‘ joyda joylashishi va ikki o‘rinli stollar, xar bir o‘quvchi uchun alohida stul, harbiy rahbar uchun stol va sinf yozuv taxtasi bilan jixozlangan bo‘lishi kerak. CHQBT dasturining xar bir bo‘limini asosiy mazmunini aks etadigan stendlar bilan bezatilishi kerak. Priborlar, ko‘gazmali qurol va kurol-aslaxalardan tashqari boshqa o‘quv bumlarini saqlash uchun harbiy xona yonida o‘quv priborlari, buyumlari va ko‘gazmali qurollar. O‘quv dasturining bo‘lim va mavzulari bo‘yicha tartibga solinadigan, xar bir turiga muvofiq alohida to‘plami bilan tokcha, shkaf va vitrinalarda joylashadigan laborantlik xonasi ko‘zda tutilishi kerak.
Ko‘rgazmali qurollar maksimal darajada qisqa va asosiy narsalarni yoki xodisa moxiyatini ifodalashi, kerakli o‘lchov va tushunarli bezakka ega bo‘lishi va bunda rejalarni qabul qilish psixologiyasining ba’zi bir xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak. Buning barchasini harbiy xonani jixozlash va darsni o‘tkazishda e’tiborga olish lozim.
Darslarda ko‘rgazmali qurollarni ishlatishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish shart:
- ko‘p sonli ko‘gazmali qurollarga berilib ketmaslik;
- birdaniga barcha ko‘gazmali qurollarni osib ko‘rsatmasdan ularni materialni bayon etish vaqtida ko‘rsatish;
- ko‘gazmali qurollarni ko‘rsatishda ularning mazmunini o‘quvchilar yaxshi anglashlari uchun kerakli tushuntirishlarni berish;
- mashg‘ulot o‘tishda ko‘gazmali kurollarning turli Shakllarini birga qo‘shish;
- ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatilgandan va o‘quvchilar kuzatib bo‘lishganlaridan keyin o‘quvchilar tomonidan xulosalar qilinadi.
Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan diafilm va kinofilmlar o‘ta muxim hisoblanadi.
Harbiy rahbar, CHXT mashg‘ulotdan oldin ularni ko‘rib chiqishi, namoyish qilish rejasini tuzishi, ya’ni ko‘rsatish paytida kachon va qanday izoxlar berish kerakligi xaqida fikrlashi kerak bo‘ladi. Bundan so‘ng namoyish etilgan o‘quv filmlar bo‘yicha o‘quvchilar bilan qisqacha suhbat o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot raxbarini mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida hozirgi kunda o‘quvchilarning texnika taraqqiyotidan yaxshigina xabardor ekanligini, ularning internet tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini, ularda filmlar va boshqa manbalar orqali xar xil ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z fikrlari va qarashlari Shakllanganligini e’tiborga olib tegishli xulosalar chiqargan xolda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi taqozo etiladi.



Yüklə 139,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin