O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUVI FAKULTETI
KURS ISHI
CHAQIRIQQACHA HARBIY TA`LIM YO`NALISHI 407-GURUH TALABASI AYMATOV JALOLIDDINNING«CHAQIRIQQACHA HARBIY TAYYORGARLIKNI TASHKIL QILISH VA UNI O`QITISH METODIKASI» FANIDAN TAYYORLAGAN
MAVZUSI: ,,CHAQIRIQQA QADAR BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIKNI TASHKIL ETISH VA UNI O’QITISH METODIKASI’’ Topshirdi: J. Aymatov Qabul qildi: Sh. Pirnazarov
KIRISH:
Bob Chaqiriqqacha tayyorgarlik fani metodikasi
II Bob Asosiy qisim:
Chaqiruvga qadar harbiy ta’lim metodikasi
Chaqiriqqacha tayyorgarlik faning mazmuni
Chaqiruvga qadar bo‘yicha O’qitish jarayonini tashkil qilishi metodikasini ta’minlash
Chaqiruvga qadar harbiy ta’lim metodikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabyotlar.
Foydalanilgan internet saytlar
Kirish Mavzuning dolzarbligi Yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligida O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni asosida, «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fani yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiy o‘quv fani hisoblanadi. Yoshlarga ta’lim berish jarayonida «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanining vazifasi quyidagilardan iborat:
- mamlakatni qurolli tajovuzlardan himoya qilish va mamlakat mudofaasi haqidagi o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq va burchlarini, harbiy (2000-yildan e’tiboran mudofaa) doktrinamizning mudofaa tavsifi va maqsadlarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda boshqa qo‘shin turlarining maqsad va vazifalarini puxta bilib olishlari;
Kurs ishining maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarorini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobi to‘g‘risidagi Nizomini, harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash va sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun qonunlarda belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarliklarni bilishlari;
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib borish, «chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanining o‘qitilishini uslubiy jihatdan ta’minlash.
______________________
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.1992.
Kurs ishining ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek, ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Balog`at yoshiga yetgan, ko`zlaridan o`t chaqnab turgan yigit qizlar, o`quvchi yoshlar va harbiy hisob bo`yicha chaqiriluvchilar