Chaqiruvga qadar harbiy ta’lim metodikasi O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Mudofaa to4g4risida»gi qonunlarida va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining buyruq va talablarida ham o'z ifodasini topgan. Ko'rinib turibdiki, 1999-yil yanvaridan e’tiboran Qurolli Kuchlarda boshlangan harbiy islohotlar strategiyasining nazarda tutgan mamlakatimiz tinch osoyishtaligini ishonchli va samarali himoya qilishga qodir tezkor, yaxshi ta’minlangan qurolli kuchlarni tuzish maqsadini amalga oshirish faqat oliy harbiy o’quv muassasalarining vazifasi deb tushunish, masalaga faqat bir tomonlama qarash demakdir. Bu borada chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik muhim ahamyat kasb etadi. 1993-yildan barcha harbiy o’quv muassasalari ofitser kadrlar tayyorlashning ko'p sohali tizimiga o'tdi va ularda mutaxassislik soni uchtadan 1997-yilga kelib 43 tagacha yetdi. Biroq Mudofa vazirligining barcha oliy harbiy o’quv muassasalarida ta’Iim olish uchun ham yoki Qurolli Kuchlarimizning barcha harbiy xizmat turlarida harbiy xizmatga hozirlik ko'rayotgan yoshlarimizning ko'pchilik qismi ta’Iim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik mashg'ulotlarida dastlabki ta’lim-tarbiyani oladilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo'ladilar. Bunday mas’uliyatli vazifalami bajarish ta’Iim muassasasining butun bir jamoasiga, birinchi navbatda harbiy rahbar va chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o’qituvchilariga yuklatiladi. Shunday ekan, ta’Iim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik holatiga yanada e’tiborni kuchaytirish davr talabi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim bo'ladiuni o’qitish metodikasi “(CHQBT)ni moddiy texnik vositalar bilan taminlash.
Armiya davlat mexanizmlaridan biri bo’lib, ko'p tomonlama davlatning taqdirini, ichki barqarorligini, hozirgi zamondagi o’rni va rolini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA.Karimov Oliy Majlisning birin-chi sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, Qurolli Kuchlar davlat hududiy yaxlitligini va uning fuqorolari tinch hayotini ta’minlaydi. Harbiy sohadagi islohotlar shart-sharoitlarida Qurolli Kuchlar yangi sifat kasb etmoqda. Armiyamizda tuzilmaviy o'zgarishlar o'tkazilib, harbiy doktrina mudofaa yo'nalishiga va uning rivojlanishi sifat va aqliy ustuvorliklar asosida shakllantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan bugun har bir Vatanimiz jangchisidan aniq ish, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, o'zining jangchilik burchini vijdonan bajarishini va shaxsiy mas’uliyat talab etiladi. Jangovar shaylikni yuqori darajada ushlab turish, jangchilik mahoratni takomillashtirish, tartib va intizomni mustahkamlash har bir askarning mamlakat mudofaa qudratini ta’minlashdagi ulushi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi yuksak va mas’uliyatli vazifalarni sog‘lom, jismonan baquvvat va chidamli, aqlan shakllangan, yuksak ma’naviy-jangovar sifatlarga ega Vatan himoyasi yokida vatanparvarlik va fuqaroviy burchini bajarishga tayyor kishigina uddalay oladi
_____________________
O'zbekiston Respublikasining «Ta’iim to‘g‘risida»gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi».
Armiya sharoitida askarning jismoniy, aqliy va ma’naviy sifatlarini harbiy xizmat jarayonida samarali qo'llay olishida ko'p jihatdan chaqiruvga qadar va chaqiriq yoshidagi o'smirlarni tayyorgarligining samaradorligiga bog'liq
llm-fan, ishlab chiqarish va texnikaning jadal rivojlanishi o'tgan asming boshlarida jamiyat hayotining barcha sohalarida texnologiyalaming qo'llanilishiga zamin yaratdi. Bozor munosabatlari sharoitida esa nafaqat ishlab chiqarish, baiki ijtimoiy sohalami ham texnologiyalashtirilishi quyidagi to'xtamlarga kelish imkoniyatini yaratdi. Har bir nazariya o'zining metodologik asoslariga ega bo'ladi. Pedagogik texnologiya nazariyasining ilk g’oyalari ilgari surilgan davrlardayoq ushbu nazariyaning asoslari ham yaratila boshlangan. Nazariyaning umumiy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) omillari, ob’ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va bilan tashkil etadi.
Texnologiya (yun. “techne” - mahorat, san’at; “logos” - tushuncha, ta’limot) - ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo, material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o'zgartirishda qo'llaniladigan usullar (metodlar) majmui. CHQBT bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar va tadbirlarni saflash va saf qoidalariga amal qilishdan boshlashni tavsiya qilinadi. CHQBT o‘qituvchisi va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari talablari asosida o‘rnatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi