Chaqiruvga qadar bo‘yicha O’quv jarayonini tashkil qilishi Oʻquv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir.Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturilari shu usudda tuziladi. Tizimli usuddagi Oʻquv dasturilarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketmaket joylashtiriladi.
_________________
Inoyatov I.YU. Abilov M.X. «Vatan himoyasi muqaddas burch». 2001.
Abduqahhor Ibrohimov, Hayriddin Sultonov, Nazrulla Jo‘rayev. «Vatan tuyg'usi». 1996
Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining eng muhim faoliyati talabalarning o‘quv, kasbiy va madaniy saviyasini oshirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, matbuot xizmatlari va boshqa hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom hayot tarzini olib borishga jalb qilish; yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish; yoshlarda sport orqali o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik hissini shakllantirish; tizimli ravishda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va tanlab olish va asosiysi, jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori intellektual va chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usudda ortiqcha takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi.