O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi (sxemasi) - aholini joylashtirish tizimlarini rivojlan- tirish, tabiatdan foydalanish, hududlami, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yo‘llarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari. Shu bilan birga, ushbu qonunda jamiyat va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari sifatida quyidagilar belgilangan: Jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari- shaharsozlik vositalari orqali shahar va qishloq aholi punktlari aholisining qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, xo‘jalik va boshqa faoli- yatning atrof-muhitga yetkazadigan zararli ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik holatni yaxshilash, aholi punktlarining va ularga tutash hududlaming muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infra- tuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlashdir. Davlatning shaharso/lik sohasidagi manfaatlari- aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlami barqaror rivojlantirish uchun sharoitlami ta’minlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalaming davlat tizimlari ish olib borishi, tabiiy resurslami saqíash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishdir.