Shaharsozlik faoliyatining asosiy talablari quyidagïlardan ibo-
rat:
shaharsozlik faoliyati barcha subyektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi;
hududlar va aholi pimktlarini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlaming ta’siridan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish;
madaniy meros obyektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlami saqlash talablariga rioya etish;
aholi punktlarini aholi punktining mazkur turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat ko‘rsatish darajasidan kam bo‘lmagan muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan obyektlar, shuningdek hududlami obodonlashtirish obyektlari bilan ta’minlash.
0‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
278
Hududlarning zonalashtirilishi yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun qulay muhitni ta’minlashga, hududlami tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi va ishlab chiqarish haddan tashqàri zich joylashishi, atrof- muhit ifloslanishi oldini olishga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlami, shuningdek madaniy merosSobyektlarini, qishloq xo‘- jaligi yerlari va o‘rmonzorlami muhofazâ qilishga va ulardan foy- dalanishga qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: |