Mazkur qonunning asosiy tushunchalariga quyidagilar kiradi: aholini joylashtirish tizimi - mavjud aholi punktlarini rivoj- lantirish hamda yangi aholi pnnktlarini barpo etish yo‘li bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylash- tirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yo‘- nalishlari;
aholi punktlariaro hududlar - aholi punktlari chegarasidan tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti o‘rtasidagi hududlar;
bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘- lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilisb tizimi;
zonalashtirish - hududni rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishdagi cheklashlaxni belgilab oigan holda uning funksional maqsadga ko‘ra boiinishf;
inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalami saqlashga, odam- laming vaqtincha boiishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalami olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
Dostları ilə paylaş: |