Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Fors tilining yirik namoyandalari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə6/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

4.Fors tilining yirik namoyandalari.

Fors tilining yangi davr taraqqiyoti bosqichida juda ko‘p boy yozma asarlar yaratildi. Bular, asosan, fors adabiyotining yirik vakillari tomonidan yaratilgan adabiy-badiiy asarlar va mashhur tarixshunoslar tomonidan yozilgan tarixiy-ilmiy yodgorliklardan iborat. Masalan, Buxoroda Rudakiy (X asr), Xurosonda Firdavsiy (X–XI asr), Nishopurda Umar Hayyom (XI–XII), Sa’diy (XII–XIII) va Hofiz (XIV) Sherozda, Jomiy (XV) Hirotda ijod qilganlar.

Fors tilida buyuk olim Abu Ali Ibn Sino, buyuk tarixchilar Gardiziy, Bayhaqiy, Rashiddinlar ijod qilishgan. Bu davrda turli markazlarda bu tilda yozilgan badiiy va ilmiy asarlar til nuqtai nazaridan bir-biriga qiyos qilsak, ba’zi bir leksik xususiyatlarini nazarda olmaganda, bu yodgorliklar tilining umumiy bo‘lganligini ko‘ramiz.

Bu davr fors-tojik tilida yaratilgan adabiyot O‘rta dengizdan tortib, Hindistonga qadar bo‘lgan keng hududni o‘z ichiga oladi va bu adabiyot eron, afg‘on, tojik, ozarbayjon, hind va o‘zbek xalqlari tomonidan yaratilgandir.

Fors tili tarixini bunday davrlarga – taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘rganish bir muncha shartlidir. Til juda sekinlik bilan o‘zgarib boradi. U to‘satdan jiddiy o‘zgarishlarga uchramaydi, aks holda omma uchun tushunarli bo‘lmay qoladi, o‘zining aloqa quroli bo‘lishidek ulkan vazifasini yo‘qotib qo‘yadi. Shuning uchun tilning taraqqiyot davrlarini bir-biridan qat’iy chegaralar bilan ajratib qo‘yib bo‘lmaydi.

IX asrda adabiy til sifatida rasmiylashgan fors tili o‘zining hozirga qadar bo‘lgan ming yillik taraqqiyoti davrida ancha o‘zgarishlarga uchradi. Bu o‘zgarishlar asosan uning lug‘at tarkibida paydo bo‘ldi. Ya’ni qadimgi adabiy yodgorliklar tilida uchragan juda ko‘p so‘zlar hozirgi zamon fors tilida uchramaydi va aksincha, fors tili arab, turk-mo‘g‘ul, hamda G‘arbiy Ovrupo tillaridan kirgan juda ko‘p so‘zlar hisobiga lug‘at tarkibini boyitdi.

XX asr boshlariga kelib, Eronda fors adabiy tilini jonli tilga yaqinlashtirish harakati boshlandi. Ko‘p yozuvchilar o‘z asarlarida jonli tilga xos bo‘lgan so‘z va iboralarni ishlatishga harakat qildilar. Shunday bo‘lishiga qaramay, Fors adabiy tili bilan jonli til o‘rtasida ancha tafovut saqlanib kelmoqda. X1X asrning oxiriga kelib bu tilda proza juda rivojlandi. Uning rivojlanishiga hozirgi Eron yozuvchilaridan Sodiq Hidoyat, Bo‘zo‘g Alaviy, Muhammad Ali Jamolzoda, Sodiq Chubak, Jalol ol Ahmad, Xusrav Shohani, G‘ulomhusayin Saidiy, Bahrom Sodiqiy, Jalol Mir Sodiqiy, Ismoil Fosih, Ahmad Mahmud shoirlardan Suxrob Sepahri, Ahmad Shomlular katta hissa qo‘shdilar.

Savollar


  1. Fors tili qaysi tillar oilasiga mansub?

  2. Eroniy tillar guruhiga oid tillarni sanang.

  3. Fors tilining tarixiy taraqqiyotini olimlar necha davrga bo’lib o’rganadilar.

  4. Qadimgi davr fors tili qaysi sulolaning davlat tili bo’lib, nechachi asrlarni o’z ichiga oladi va qaysi yozuv asosida yozilgan?

  5. O’ta davr fors tili nechanchi asrni o’z ichiga oladi, qanday yozuvdan foydalanilgan, qaysi sulolaning davlat tili bo’lgan, bizgacha qanday manbalar etib kelgan?

  6. Yangi davr fars tili nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi. Qanday yozuvdan foydalanilgan. Qaysi sulolaning davlat tili hisoblangan?

  7. Qadimgi fors tili bilan hozirgi fors tilining qanday farqlari bor?

  8. Fors adabiyotining yirik vakillari va ularning asarlarini sanab o’ting.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin