Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik elektromexanika yo’nalishi 23as guruhi talabasi Rashidov Bekzodning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu: Islom oqimlari va yo’nalishlarining



Yüklə 180,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix07.01.2024
ölçüsü180,89 Kb.
#204651
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik

Mavzu: Islom oqimlari va yo’nalishlarining
paydo bo’lishi sabablari, e’tiqoddagi
bo’linishlarining sabablari va oqibatlari

Mazhab (arabha – yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot). Mazhablar keng tarqalgan barcha
dinlarga xos bo’lib, u dinlarda asrlar davomida yuz bergan ixtiloflar bo’linishlardan
yuzaga kelgan. Dinlarda vujudga kelgan yirik ajralishlar fanda oqim deb nomlanadi.
Islomdagi diniy mazhablar diniy e’tiqod va marosimchilik masalalarida shariat
mazhablaridan va diniy ilohiyot oqimlaridan keskin farq qiladi.
Islomda ilk davrda paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo – oily hokimiyatni
egallashga pauyg’ambarlardan keyin kim haqliroq degan masala bo’ldi. Ali 
tarafdorlari “Shia” nomini olib, Islomda birinchi bo’linishni boshlab berdi. Ikki taraf
sunniylik va shialik o’rtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi
yo’nalish ham paydo bo’ldi.



Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna va – l - jamoa” deb ataladi va to’rtta fiqhiy mazhabdan iborat:
1. Xanafiy
2. Shofiiy
3. Molikiylar
4. Hanbaliy.
Shia yo’nalishi ismoiliy, ibodiy, ja’fariy, zaydiy mazhablarini o’z ichiga olib dunyoda musulmonlarning 7.5 
foizini tashkil qiladi.
Xanafiy mazhabi.
Xanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 –
767 yillarda yashagan. Imom Abu Xanifa butun umri mobaynida 55 marta haj qilganligi ma’lum. Olim
sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotida amaliy jihatdan tadbiq etish imkoniyatiga ega
bo’lib, qonun-qoidalarni “qiyos” va “istihson”ni ishlatish orqali boyitadi. Qiyosni shakllantirishda “ra’y” 
(fikr)ga tayanish tufayli uning maktabi “Ahl – ur – ra’y ” nomini oladi. Hadislarga tayanganlarni “Ahl ul-
hadis” deydilar. Biroq Abu Xanifa maktabi an’anani yaxshi bilgan va tan olgan. U: “bizning bu boradagi
eng a’lo bilimimiz ra’ydir. Bu – biz erisha olgan eng a’lo narsalardir”, degan. Umumiy tarzda Abu 
Xanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o’zga huquqshunoslardan farq
qilgan.Xanafiylik fatvolar chiqarish va shaxs masalalari yuzasidan hozir ham Usmoniylar imperiyasining
sobiq elatlari, jumladan, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab. Bolqon, Kavkaz, 
Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo mamalakatlari va Xitoyda ham ustuvor mazhab. Bu 
mazhab musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan.



Yüklə 180,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin