Mavzular bo`yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o`zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o`quv materialiga diqqatni ko`proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi va vaqtni tejaydi;
O`qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini o`zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko`rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o`z-o`zini nazorat uchun test topshiriqlari va boshqalar;
Fan bo`yicha qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash.Mustaqil o`rganish uchun berilgan mavzular bo`yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo`shimcha o`quv-ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag`batlantiriladi;
Internet tarmog`idan foydalanish. Fan mavzularini o`zlashtirish, amaliy mashg`ulot va mustaqil ishlarni yozishda mavzu bo`yicha internet manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo`shimcha reyting ballari bilan rag`batlantiriladi;
Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
semenarlar(mantiqiy fikrlash,tezkor savol javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
induvidial loyixalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar;
5. Kreditlarni olish uchun talabalar: -Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni tezda o‘zlashtirish,taxlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushoxada yuritish va joriy,oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test topshirish.
6. Talabalar bilimini baholash mezonlari Talabalarning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridagi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “5” baholik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi.
Nazorat turi yozma (og‘zaki) shaklida o‘tkazilganda:
-talaba fan bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilsa, ijodiy fikrlasa bilimini amalda qo‘llay olsa va savol mohiyatini bilib, xulosa chiqarganligi uchun “5” (a’lo) baho;
-talaba fan bo‘yicha qisman mustaqil qaror qabul qilsa va ijodiy fikrlasa, bilimini amalda qo‘llay olsa va savol mohiyatini bilib tushunchaga ega bo‘lsa “4” (a’lo) baho;
-talaba fan bo‘yicha bilimini amalda qisman qo‘llay olsa,savol mohiyatini tasavvur qilsa “3” (qoniqarli) baho;
- talaba fan dasturi talablarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa va fan hamda savollar mohiyati haqida tasavvurga ega emas deb topilganda “2” (sqoniqarsiz) baholar bilan baholanadi;
YAkuniy nazorat turi fakultet dekani, o‘quv-uslubiy boshqarma bilan kelishgan holda va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan grafik asosida tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotini olib borgan o‘qituvchi ishtirokisiz o‘tkaziladi.
YAkuniy nazorat shakli fan xususiyati va o‘quv auditoriya soatidan kelib chiqib,kafedra tomonidan belgilanadi/