Test topshiriqlari kitobi -boʻlim. OʻQib tushunish ushbu boʻlim qismdan iborat: 1-qism: 1-10-savollar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/14
tarix03.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#124642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
milliy sertifikat 1 kitob



TEST TOPSHIRIQLARI KITOBI
1-BOʻLIM. OʻQIB TUSHUNISH
Ushbu boʻlim 2 qismdan iborat:
1-qism: 1-10-savollar
2-qism: 11-20-savollar
Tavsiya etilgan umumiy vaqt: 1 soat
Ushbu test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish mumkin.
Belgilangan vaqt ichida javoblar varag‘iga javoblaringizni koʻchiring.
Javoblar varag‘iga javoblaringizni koʻchirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Quyidagi matnni o`qing va savollarga javob bering
Yomgʻir va Atmosfera yogʻinlari , Jala
Yomgʻir — bulutlardan diametri 0,5 mm dan 6–7 mm gacha boʻlgan suv tomchilari holida yogʻadigan yogʻin. Qoplama bulutli Yomgʻir hamda jala Yomgʻirga boʻlinadi (qarang Atmosfera yogʻinlari, Jala). Oʻrta Osiyoning tekislik va togʻ oldi hududlarida Yomgʻir yil davomida kuzatiladi; yomgʻirli kunlar soni qorli kunlar soniga karaganda 2–3 marta ortiq. Yomgʻir mart—aprel oylarida eng koʻp, iyul—avgustda esa eng kam yogʻadi. Oʻrta Osiyoda Yomgʻirli kunlar soni oʻrta hisobda bir yilda 30–40 kunni tashkil qiladi. Joyning balandlik ortib borishi bilan (toqqa yaqinlashgan sari) Yomgʻirli kunlar soni 50–60 kunga yetadi. Choʻl hududlarida, Fargʻona vodiysi (soyligi)ning gʻarbiy va markaziy qismida yillik Yomgʻir miqdori eng kam. Masalan, Orol dengizining janubidagi baʼzi joylarda oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 80–90 mm. Nam havo oqimi yoʻnalishiga qulay joylashgan togʻ oldi va vodiylar (2000 m bal. gacha bulgan zona)da, ayniqsa, janubiy gʻarbga qaragan vodiylarda Yomgʻir katta jadallik bilan yogʻadi. Aprel va may oylarida moʻtadil yogʻib turadigan bulutli Yomgʻir tuprokda nam zaxirasining koʻpayishiga yordam beradi, ekinlarning yalpi koʻkarishiga qulay sharoit tugʻdiradi. Tuproq va havo temperaturasi pasaygan sharoitlarda qoplama bulutli Yomgʻir unib chiqqan ayrim ekinlar, masalan, gʻoʻzada iyadiz chirishi, gommoz kasalliklarining avj olishiga sabab boʻladi. Qisqa muddatli momaqaldiroq bilan aprel–may oylarida yogʻadigan Yomgʻirlar (sutkalik yogʻin miqdori 10 mm dan ortiq) tuproq yuza qatlamini tigʻizlab, qatqaloq hosil qiladi
Atmosfera yog‘inlari – bulutlardan yog‘adigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va o‘simliklar sirtiga tushadi-gan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomg‘ir, qor, ho‘l qor va muz dona-chalari, do‘l va hokazo yog‘adi. Havodagi suv bug‘laridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil bo‘ladi. O‘ta sovigan yomgir, tuman yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davomli va o‘rtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yog‘uvchi yog‘inlarga aj-ratiladi. Davomli va o‘rtacha tezlikda yog‘uvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli yomg‘ir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yog‘adi. Jala bo‘lib yogadigan Atmosfera yogʻinlari yomg‘irlito‘p bulutlardan yirik tomchi yoki pag‘a-pag‘a qor, mayda muz donachalari, yezda esa do‘l sha-klida yog‘adi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda o‘tadi. Mayda shivalab yog‘uvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yog‘adi. Atmosfera yogʻinlari meteorologik stansiyalarda yomg‘ir o‘lchagich, yogin ulchagich va plyuvi-ograflar, katta maydonlarda esa radio-lokatorlar yordamida o`lchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yogʻinlari miqdori suv balansini ko‘rsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yogʻinlari miqdori O‘rta Osiyo hududi bo‘ylab g‘oyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda o‘rtacha 100 – 200 mm, tog‘ oldi va tog‘li rayonlarda 500 – 1000 mm, ba’zan 1500 mm va undan ko‘proq. Yog‘inlar tekisliklarning katta qismida, tog‘ oldi va ba’zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng ko‘p yog‘adi. Shimoliy va baland togli rayonlarda esa eng ko‘p yog‘ingarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli rayonlardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. O‘rta Osiyoning yog‘inlari kam tushadigan rayonlarida yoginlarning sut-kalik maksimum ekstremal miqdori 30 – 50 mm, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan ko‘proq. Atmosfera yogʻinlari kuzatila-digan kunlar soni bir yilda 40 – 200 o‘rtasida o‘zgarib turadi. Atmosfera yogʻinlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxirasini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega.
JALA — shiddat bilan yogʻadigan qisqa muddatli atmosfera yogʻini; kuchli yomgʻir. Baʼzan, xoʻl qor, qor uchqunlari aralash yogʻadi. Jalaning yogʻish jadalligi har joylashgan nobarqaror havo massalaridan yoki konveksiya natijasida yogʻadi. Xalq xoʻjaligiga, ayniqsa qishloq xo`jaligiga zarar yetkazishi, suv toshqinlariga sabab boʻlishi mumkin.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin