Test topshiriqlari kitobi -boʻlim. OʻQib tushunish ushbu boʻlim qismdan iborat: 1-qism: 1-10-savollar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/14
tarix03.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#124642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
milliy sertifikat 1 kitob

4.Insulin
Insulin – shirinlik gormoni. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi. Ayni shu gormon biz iste’mol qilgan shirinliklarni parchalab, organizmimiz uchun zarur bo‘lgan energiya, quvvatga aylantirib beradi. Insulinning noto‘g‘ri ishlab chiqarilishi qandli diabet hamda yurak qon‑tomir tizimi xastaliklarining rivojlanishiga olib keladi. Yomon uglevodlar (bulochka, pirojniylar) insulin almashinuvini yomonlashtirsa, yaxshi uglevodlar (yirik maydalangan undan tayyorlangan non, jigarrang shakar va sabzavotlar) me’yorini ta’minlaydi. Insulin – harakat gormoni hamdir. Bir soatlik fitnes mashg‘ulotlaridan so‘ng uning miqdori 6‑7 foizga ortishi isbotlangan.
5.Somatotropin
Somatotropin – jismoniy faollik gormoni. Bosh miyadagi gipofiz markazida ishlab chiqariladi. Mushaklar tonusi, ortiqcha yog‘larni yo‘qotish, tomirlar mustahkamligiga xizmat qiladi. Uning yetishmovchiligi natijasida mushaklar holsizlanadi, qo‘l terisi so‘lg‘inlashadi. Uning ishlab chiqarilishtda S vitamini, to‘yinmagan yog‘ kislotalari(seld, tunes, skumbriya, baliq yog‘i), proteinlar(mol, induk, tovuq go‘shtlari) va o‘simlik oqsillari(guruch, soya, qizil loviya) katta rol o‘ynagani bois, ularni muntazam ravishda iste’mol qilib yurish lozim.
6.Kortizol
Kortizol – stress gormoni. Ushbu gormon kishi xavfli vaziyatga tushganda yoki och qolganda ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlaydi. Qonda kortizol miqdori baland bo‘lsa doimiy stress va xavotir kuzatilib, moddalar almashinuvi buziladi. Qizil ikra (uning tarkibidagi triptofan “baxt gormoni” – serotanin ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi va stressni yo‘qotadi, xolesterol esa asab tizimini mustahkamlaydi), bodom (uning tarkibidagi Ye vitamini odamni tinchlantirib, stress gormoni darajasini tushiradi, ko‘p miqdordagi to‘yinmagan yog‘lar esa xolesterinni kamaytiradi), pista(qon bosimini tushiradi, ortiqcha adrenalinni me’yorlashtiradi, stressni yumshatadi, tetiklik va yaxshi kayfiyat baxsh etadi), loviya (undagi magniy moddasi mushaklarni bo‘shashtiradi, asablarni tinchlantiradi, kortizol miqdorini kamaytiradi), shuningdek, asal, romashka, yalpiz damlamalari, sut, shokolad va pishloq ham kortizol miqdori oshganda, ya’ni tushkunlik, stress, qo‘rquv va xavotir vaqtida koni foyda.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin