Test topshiriqlari kitobi -boʻlim. OʻQib tushunish ushbu boʻlim qismdan iborat: 1-qism: 1-10-savollar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə4/14
tarix03.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#124642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
milliy sertifikat 1 kitob

Gormonlar
1.Oksitotsin
Oksitotsin — mehr va muhabbat gormoni. Buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Homilador ayollarda ushbu gormon farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda juda zarur. U bachadon qisqarishiga xizmat qiladi. Bola tug‘ilganidan keyin ham oksitotsin muhim rol o‘ynaydi. Shu bois u onalarning go‘dagiga berayotgan ona mehri, deb atash mumkin. Mazkur gormonning yetishmasligi g‘am-qayg‘uni (ba’zan mutlaqo besabab kayfiyat tushib ketadi) keltirib chiqaradi, xavotir darajasini oshirib yuboradi. Ushbu gormon shokolad, banan, avakado va selen moddasiga boy bo‘lgan kabachki (qovoqcha), selderey, patisson (kulchaqovoq) kabi mahsulotlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Shuningdek, farzandi kulgan vaqtda ota‑ona qonida ko‘p miqdorda mazkur gormon ishlab chiqarila boshlar ekan.
2.Tiroksin
Yana bir muhim gormon hisoblangan tiroksin qad‑qomat go‘zalligi va aql‑idrokning shakllanishiga javobgar sanaladi. Qalqonsimon bezlarda ishlab chiqariluvchi ushbu gormon organizmda moddalar almashinuvi, harakatlar koordinatsiyasi va tana tuzilishini boshqarishda ishtirok etadi. Uning ortiqchasi mushaklar vaznining kamayishiga olib kelsa, yetishmovchiligi tana vaznining ortishi (semirish) hamda aqliy zaiflikka sabab bo‘lishi mumkin. Uning me’yori buzilganini uyqusizlik, yurak o‘ynog‘i yoki bezovtalikdan bilish mumkin. Aytish joizki, mazkur gormon organizmda yod moddasi me’yoriga chambarchas bog‘liq. Shu bois yodga boy bo‘lgan dengiz karami, dengiz mahsulotlari yoki yodlangan tuz, non va sut mahsulotlari iste’molini kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
3.Noradrenalin
Noradrenalin o‘z‑o‘zini himoya qilish gormoni bo‘lib, buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Stress holatida ushbu gormon butun organizmni “urush holati”ga tayyorlaydi. Bu vaqtda kuchsizlangan organizmni infeksiyalardan himoyalaydi, immunitet ishini muvofiqlashtiradi. Ushbu gormonning me’yorida ekanini yuzimizdagi sog‘lom qizillikdan bilish mumkin. Kunni yogurt iste’mol qilish bilan boshlagan kishilarda mazkur gormon me’yorida bo‘lishi kafolatlangan. Sababi, yogurt tarkibidagi tirozin aminokislotasi noradrenalin sintezi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu gormonning ishlab chiqarilishida beta‑karotin (yangi sabzi) muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin