Test topshiriqlari kitobi -boʻlim. OʻQib tushunish ushbu boʻlim qismdan iborat: 1-qism: 1-10-savollar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə6/14
tarix03.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#124642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
milliy sertifikat 1 kitob

7.Dofamin
Dofamin — qoniqish (maqtanchoqlik) gormoni. Adrenalinga o‘xshash ushbu gormon insondagi qoniqish hissini boshqaradi. Masalan, mazali taom yegandi, biror o‘ziga xos holatga duch kelganda ushbu gormon natijasida kimgadir maqtangimiz keladi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda mazali taomlar, yangi buyum yoki joylar haqidagi xabar va fotosuratlarni joylashtirish domafin miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshmoqda. Musiqa eshitganda miyada mazkur gormon ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlar ekan.
8.Vazopressin
Vazopressin – ishonch gormoni. Gipofizda ishlab chiqariladi. Molekulyar tuzilishi oksitotsinni eslatadi. Mazkur gormon yaqinlik (do‘stlik, mehribonlik), g‘amxo‘rlik va er‑xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.
9.Serotonin
Serotonin – «Baxt gormoni». Serosotin bosh miya neyromediatori bo‘lib, ko‘proq gormon deb ataladi. Bosh miya markazidagi g‘uddasimon bezda ishlab chiqariladi. Insonning psixologik va jismoniy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ishtaha, kayfiyat, libido, ijtimoiy xulq-atvor, kognitiv fikrlashga ta’sir ko‘rsatadi. Serotonin miqdori aqliy salohiyat, organizmga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deyiladi tibbiy maqolalarda.
Serotonin miqdorini tabiiy usulda oshirgan ma’qul. Jumladan, oson hazm bo‘luvchi uglevodlarga boy maydalanmagan donlar, yasmiq, suli yormasi va loviya iste’molini kanda qilmaslik zarur. Ko‘p bosqichli tozalashdan o‘tkazilgan, nosog‘lom va ko‘p bor qayta ishlangan mahsulotlar (oq non, bulochki, konfet)dan tiyilishni ham unutmaslik lozim. Shuningdek, meva va sabzavotlardagi qimmatli uglevodlar, B2, B6 vitaminlari, Omega-3 yog‘ kislotalari (baliq), Quyosh nurlari ostida sayr qilish, mustahkam uyqu, jismoniy mashqlar ham uning miqdorini oshirish xususiyatiga ega.
Har qanday sevimli mashg‘ulot (xobbi), yoqimli musiqa tinglash, suzish yoki velosiped haydash, yaqin inson va qadrdon do‘stlar suhbati ham nafaqat serotonin, balki dopamin va boshqa ko‘plab foydali gormonlarning ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Inson Yaratganning buyuk mo‘’jizasi. Tabiatda esa biz hali anglab yetmagan sir-sinoatlar serob. Biz yuqorida ayrim gormonlarning asosiy xususiyatlarini tilga olgan bo‘lsak ham, ularning vazifalari shular bilangina cheklanib qolmaydi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin