2.4 Konussimon tishli uzatmalarga qo’yiladigan texnik talablar.
Konussimon tishli uzatmalarni remont qilishga va yig'ishga nisbatan
qo'yiladigan talablar: Gildiraklar ularning vazifasiga mos keluvchi aniqlik darajsi bilan tayorlanishi lozim.
Tishlarning ish profilida bo'lmasligi kerak.
Valga kiydirilgan g'ildirak qimirlamasligi kerak.
Tishli konissimon uzatmalar elementlarning chekli chetga chiqishi GOST 1758-81 (ST SEV 1161-78) da belgilangan.
Tishli gardishning tepishi yo'l qo'yilgan qiymatdan oshmasligi lozim. Bu tepish tishli g'ildirak bo'lish konussining hosil quluvchisiga (yasovchisiga) *" perpendikulyar yo'nalishda, taxmina o'rtach konus masofasida indikator bilan aniqlanadi.
Tishli gardishning (bo'lish konisi uchining) o'q bo'ylab siljishi yo'l qo'yilgandan katta bo'lmasligi lozim. Bu siljish ikkala tishli g'ildirakni o'q bo'ylab zarur yon zazor hosil bo'lguncha va kontak dog'lari to'g'ri joylashguncha surib roslanadi. Roslash xalqalar yoki qistirmalar to'plami yordamida bajariladi. ^ Buning uchun ular g'ilidirak toretsi bilan val chiqig'i orosiga qo'yiladi. Rostlashning boshqacha yo'li ham bor: val g'ildirak bilan birga surib qo'yiladi, qistirmalar bir tayanch ostidan ikkinchi tayanch ostiga qo'yiladi, bunda ikkala tayanch ostidagi qistirmalarning umumiy qalinligi o'zgarmasligi kerak, aks holda potshipniklarning tarangligi o'zgarishi mumkin. O'qlararo burchakning chetga chiqishi yo'l qo'yilganidan oshmasligi lozim. Bu chetga chiqish chiziqli kattaliklarda o'rtacha konus masofasi R^ da aniqlanadi.
O'qlararo masofaning chetga chiqishi (o'qlarning kesishmasligi) yo'l qo'yilganidan oshmasligi lozim.
"Bo'yoq iziga qarab" kontakt dog'ini tekshirish tutshgan tishli g'ildiraklar tishlarning uzluksiz kontaktda bo'lishini ta'minlash uchun ularni yengil tormozlagan holda amalgam oshiriladi. Kontkt dog'i tishning o'rtasida joylashshi va kamida quyida ko'rsatilgan maydonni egallashi lozim.
Tishlashmdagi gorantiyalangan yon zazor tanlangn tutashma turiga mos kelishi lozim. Yon zazor shchup yoki qo'rg'oshin simlar yordamida g'ildiraklarning eng katta diyametri tomonidan tekshiriladi.
Yig'ilgan uzatma nagruzka ostida chiniqtiriladi va sinaladi. To'g'ri rostlngan uzatma ravon, shovqinsiz ishlashi lozim.
Baland shovqin chiqishi va g'ildiraklarning 50°C dan ortiq qizib ketishi yon zazor kichikligidan dark beradi.
G'ildirakning qo'l kuchidan biror uchastkada qiyinlik bilan aylanishi tishlarning tepayotganini bildiradi.