III–Bob. Cherviyakli tishli uzatmalar
3.1. Cherviyakli tishli uzatmalar turlari, ishlatilish sohalari, afzallik va kamchiliklari
Chervyakli uzatmalar bu kinematik juft bo’lib, chervyak va chervyakli g’ildiraklardan iborat, o’qlari esa o’zaro ayqash holda joylashgan bo’ladi. Ayqash burchakning qiymati har xil bo’lishi mumkin, biroq amalda, u asosan 90 . Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftni ishlashiga o’xshash bo’ladi.
Afzalliklari: bir pog’onali uzatmada uzatish soni dank amc uzatmalar uchun u=500 gacha, quvvat uzatadigan uzatmalarda; u=8-80 gacha bo’lib eng katta qiymati 120 gacha bulishi mumkin; rovon va shovkinsiz ishlaydi; o’z-o’zidan to’xtaydigan qilib tayyorlash mumkin (bunday uzatmalarda f.i.k 50% dank am).
3.14-rasm.
Kamchiliklari: f.i.k. nisbatan kichik (=0.70.92); uzatiladigan quvvatning qiymati chegaralangan -5060 kVt; uzatma to’xtovsiz ishlaganda qizib ketish; rangli materiallarni ishlatilishi.
Lekin shu yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklardan qat’iy nazar bu uzatmalar xalq xo’jaligida ko’p ishlatiladi.
Xalq xo’jaligida asosan silindrsimon chervyakli uzatmalar ishlatiladi. Bu uzatmalarda o’qlararo masofa α uzatmaning moduli m hamda uzatish soni u ning qiymatlari GOST standartlashgan.
Dostları ilə paylaş: |