Texnik mexanika


Cherviyakli tishli uzatmalarga qo’yiladigan texnik talablar



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə21/22
tarix12.03.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#53660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Texnik mexanika

3.4. Cherviyakli tishli uzatmalarga qo’yiladigan texnik talablar.

Cherviyakli uzatmalarni remont qilish va yig'ishga nisbatan qo'yiladigan texnik talablar

1. Uzatmaning aniqlik darajasi anioqlikning barcha normalariga mos bo'lishi, shuningdek tutashma turi uzatmaning vazifasiga muvofiq bo'lishi kerak. Kinematik uzatmalr uchun 3-6, kuch uzatmalari uchun esa 5-9 aniqlik darajlari ko'zda tutilgan.



  1. G'ildirak tishlarining va cherviyak o'ramlarining ish prfilida tirnlishlar, o'yiqlar, darzlar va boshqa nuqsonlar bo'lmasligi lozim.

3. Cherviyakli uzatma elementlarining chekli chetga chiqishlari GOST 3675- 81 (ST SEV 1162-78) da belgilangan.

4. O'qlararo masofaning chetga chiqishi yo'l qo'yilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.

5. Cherviyakli g'ildirak tishli gardishining enida chiziqli kattalik bilan ifodalanadigan oqlararo burchakning chetga chiqishi yo'l qo'yilganidan oshib ketmasligi lozim.

6. Cherviyak va cherviyakli gildrakning radial tepishi yo'l qo'yilganidan oshib ketmasligi lozim.

7. Tishlashmadagi garantiyalangan zazor tanlngan tutashma turiga mos bo'lishi kerak.

8. Cherviyakli g'ildirakning o'rta tekisligi cherviyakning o'q tekisligiga to'g'ri kelishi lozim.

Uzatmani yig'ishd cherviyakli g'ildirak o'rta tekisligining cherviyakning o'q tekisligiga to'g'ri kelishi "bo'yoq iziga qarab" tekshiriladi. Buning uchun cherviyak o'ramlarining ish sirtiga yupqa qilib bo'yoq surtiladi va bu bo'yoqning g'ildirak tishlariga o'tishi kuzatiladi. G'ildirakni qo'zg'almas val o'qiga nisbatan yoki val bilan birga siljitib kondak dog'i g'ildirak tishi o'rtasida joylashadigan bo'lishiga erishiladi. Kontak dog'ini o'lchami va yo'l qo'yilgan chetga chiqishi quyidagicha:

Aniqlik darajasi……………………. 6; 7; 8; 9

Jami kontakt dog'ining nisbiy o'lchamlari, %:

Tishning balandligi bo'yicha - 65 60

Tishning balandligi va uzunligi bo'yicha yo'l qo'yilgan chetga chiqishlar -10 -15

9. Cherviyakning o'rta tekisligi g'ildirakning o'q tekisligiga to'g'ri kelishi lozim. Bu ayniqsa glogoid cherviyakli uzatmlar uchun o'rinli. Yig'ish paytida cherviyakni zarur holatda aniq o'rnatish uchun cherviyakning bo'ylama kuchi tushadigan l tayanch ostiga qistirmalar qo'yiladi.



XULOSA

Tishli mexanizmlar mashinasozlikda eng ko’p qo’llaniladigan mexanizm hisoblanadi. Ular mashinalarning tezliklar qutisida, kardan valga turli hil tezliklarni ta’minlash uchun, mashinalarning ko’priklarida g’ildiraklarning turli burchak tezliklarida harakatlanishini boshqarish uchun, metal kesish dastgohlarida potronga mahkamlangan detalning turli tezliklarda aylanishini ta’minlash uchun, reduktorlarda ishchi valga aylanish chastotasini kamaytirib berish, multipiliyatorlarda esa ishchi valga aylanish chastotasini ko’paytirib berish uchun, har – xil tekisliklarga aylanma xarakatlarni va quvvatlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Ularning boshqa uzatmalardan afzalligi: katta quvvatlarni o’zgarmas uzatish nisbati bilan uzata olishi, uzoq muddat samarali ishlashi, ishonchliligi, foydali ish koyeffisentining yuqoriligi hisoblanadi. G’ildirak tishlari shakliga ko’ra evolventali, L.Eylor ixtiro qilgan, nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan M.L. Novikov tomonidan ixtiro etilgan hamda sikloid ilashish turlariga bo’linadi.



Ushbu kurs ishi bo’yicha quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  1. Tishli mexanizmlar aylanma harakatlarni qisqa maofalarga uzatuvchi, ishonchli, uzatish nisbati o’zgarmas, mustaxkamligi yuori, katta quvvatlarni uzata oladigan mexanizmdir.

  2. Silindirik tishli uzatmalar parallel tekisliklarga aylanma harakatni uzatuvchi mexanizm bo’lib, ular ilashish turiga qarab ichki ilashmali va tashqi ilashmali bo’ladi; tuzilishiga ko’ra: oddiy (ikkita ichki yoki tashqi ilashmali g’ildiraklardan tuzilgan); tishli qator (uchta va undan ortiq g’ildiraklardan tuzilgan); qayta ilashuvchi (tishli g’ildiraklari bloklardan tuzilgan) bo’ladi. Silindirik tishli uzatmalarda to’g’ri, qiyshiq, egri va shevron tishli g’ildiraklardan foydalaniladi.

  3. Konussimon tishli uzatmalar bir – biriga perpendikulyar bo’lgan tekisliklarga aylanma xarakatni uzatish uchun xizmat qiladi. Bunday mexanizmlar to’g’ri va egri tishli bo’ladi.

  4. Cherviyakli tishli uzatmalar ayqash o’qlarga aylanma xarkatni uzatish uchun xizmat qiladi. Harakat tezligiga qarab cherviyak pastga, yoniga va yuqoriga joylashtiriladi. Bunday tishli mexanizmlar yordamida katta uzatish nisbati hosil qilinadi.

  5. Tishli reduktorlar dvigatel validagi aylanishlar sonini ishchi valga kamaytirib berish uchun hizmat qiladi.

  6. Ushbu kurs ishida modulli tizimiga asoslangan tishli mexanizmlar haqida to’liq ma’lumot berilgan o’qitish usullari ishlab chiqildi. Unga ko’ra, dastlab tishli mexanizmlarning klassifikatsiyasi, ularni tayyorlash usullarini, tishli mexanizmlarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar, ularning ishlatilish sohlari, afzallik va kamchiliklari, geometrik va kinematik parametrlari, mexanizmga ta’sir qiluvchi kuchlar, mexanizmda hosil bo’ladigan kuchlanishlarni hisoblash usullari va ishlatishda qo’yiladigan texnik talablar, uzatmada uchraydigan nuqsonlar va ularni bartaraf qilish usullari keng yoritilgan bo’lib ushbu malakaviy bitiruv ishi tshli uzatmalar bo’yicha uslubiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Undan kollej o’qituvchilari, yosh mutaxassislar va talabalar foydalanish mumkin.




Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin