Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir.
Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi.
Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi