Rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'ladi. Har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir shunchalik yuqori sifatli bo'ladi
Klaster
Rastli grafika
Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
PIKSEL
Piksel (ingl. pixel, «PICture'S ELement» soʻz birikmasidan qisqartma) — rastr grafikasida raqamli tasvirning eng kichik birligi.
Piksel - bu bitta nuqta, aniqrogʻi, displeydagi nuqta. Piksel oʻz navbatida 3 ta subpikseldan iborat. 3 ta subpiksel bu 3 ta rang: qizil, yashil va koʻk. Shu uchta rang ochlashib-toʻqlashib, bir necha million xil rangni ifoda eta oladi.
Afzaliklari
Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari: *.tif, *.gif, *.jpg, *.png, *.bmp, *.pcx va b.
Rastr grafikasi real obrazlarni effektiv namoish eta oladi. Sifatli rastr tasvirlari foto surat darajasidagi yuqori aniqlikda real va haqqoniy aks ettirilishi mumkin.
Rastr tasvirlar chiqarish qurilmalari – asosan lazer printerlarida juda yaxshi chop etiladi. Ya’ni rastr grafikasining sifati chop etishda o’zgarmaydi.
Kamchiliklari:
Rastr tasvirlari saqlash qurilmalari (qattiq disk, SD-DVD, fleshka va h.) da ko’p joy egallaydi;
Rastr tasvirlarni tahrirlashda kompyuterning xotira resurslari – xususan tezkor xotirada ko’proq joy talab etiladi;
Rastr tasvirlarni tahrirlash mehnat talab va mashaqqatli;
Rastr tasvir masshtablashtirilganda tasvir sifati o’zgaradi.
Qo’llanish sohasi:
Elektron va poligrafik nashriyotlar, Web dizaynda;
Foto tasvirlarni tahrirlash va restavratsiya qilishda; \