1.2.Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari va uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar va tashkiliy shakllari.
Mamlakatimizda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan fan texnika taraqiyoti aqliy va jismoniy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirishni, ya’ni ular o‘rtasidagi farqni bartaraf qilishni taqozo etadi. Ishchilar mehnati tobora injenerlik-texnik xarakter kasb etayotgani, ratsionalizator va ixtirochilarning saflari o‘sib, ular kiritayotgan takliflarning samaradorligi ortayotganligi buning yaqqol ifodasidir.
Ratsionalizatorlar va ixtirochilar-ishchilar sinfining ilg‘or qismi bo‘lib, ular ijodiy fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, mashina va mexanizmlarning yangi, eng tejamli konstruksiyalarni, yangi texnologik jarayonlarni yaratish eskilarni takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar kiritadigan kishilardir.
Texnik tafakkurni va mehnatga ijodiy munosabatni rivojlantirish yangi kishini‑yangi jamiyat quruvchisini tarbiyalashning eng muhim vazifalaridan biridir. Ana shunday kishining yetishib chiqishida o‘quvchilarga umumiy ta’lim berishdan tashqari, ularning keng politexnik asosda unumli mehnatga ham jalb etadigan isloh qilingan maktab yetakchi rol o‘ynashi lozim.
Xozirgi sharoitda o‘quvchilarga politexnik ta’lim berish tabiatning maktab predmetlarida, avvalo tabiiy-ilmiy sikldagi predmetlarda o‘rganiladigan umumiy qonunlari, xozirgi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari xaqida, eng tipik mashinalar, mexanizmlar, aparatlar va asboblarning tuzilishi hamda ishlash prinsiplari, shuningdek ulardan amalda foydalanish xaqida, asosiy materiallar va ularni qo‘llash, eng tipik texnologik jaranlar xaqida umumiy, ilmiy bilimlar va mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish xaqida umumiy ma’lumotlar berishdan iboratdir. Ana shu vazifalar texnik konstruksiyalash va zamonaviy texnika namunalarini modellashtirish jarayonida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
O‘quvchilar yuqori darajada rivojlangan texnika namunasi sifatidagi u yoki bu texnik modelni yasashda xozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish faoliyatining asoslarini o‘rganadilar.
Texnik modellashtirish jarayonida turli texnologik operatsiyalar o‘zlashtiriladi; metallar va metalmas materiallarning har xil turlari va markazlari bilib olinadi; zamonaviy texnikaning xaqiqiy namunalari tuzilishi va ishlashning asosiy prinsiplari tushuniladi, amaliy faoliyat jarayonida es umumta’limiy predmetlari bo‘yicha olingan bilimlar mustahkamlanadi.
Ma’lumki, amaliy mashg‘ulotlarda texnik konstruksiyalash va modellashtirish xaqiqiy mashina, mexanizm, asboblarning faqatgina kichraytirilgan nusxasini yasash emas, balki ijodiy faoliyat asosida texnik modellarning konstruksiyasini ham, ishlash prinsipini ham ancha soddalashgan, lekin ularga o‘xshashlikni saqlagan namunalarini yaratishdir.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashinalar hamda mexanizmlarni yaratish jarayoni bilan, shuningdek yuksak darajada rivojlangan zamonaviy ishlab chiqarishning eng ilg‘or yo‘nalishlari: ishlab chiqarishdagi standartlashtirish va unifikatsiyalash, mehnatni kooperativlash hamda ilmiy asosda tashkil etish bilan; detallarni tayorlash va buyumlarni yig‘ishning tipovoy hamda gruppavoy texnologiyasi bilan; materiallardan ratsional foydalanish bilan mufssalroq tanishish imkoniyatini yaratadi.
Texnik modellar uchun ishlab chiqariladigan texnologik xujjatlarni ikki variantda bajarish mumkin:
1. Umumiy ko‘rinishning rasmi, tavsiloti, yig‘ish va detallashtirish chizmalari shaklida;
2. Umumiy ko‘rinishning fotosi, tavsiloti, uzellarning tuzilishi va detallashtirilgan chizmalarning, kinematik sxemalarning fotolari hamda modelga qo‘yiladigan talablar shaklida.
Texnik modellashtirish jarayonida asosan quyidagi texnik xujjatlar bo‘lishi shart:
1. Texnik topshiriqlar (modellarning tuzilishi va ishlash prinsipining tavsiloti: unga qo‘yiladigan texnik talablar; umumta‘lim fanlar bilan fanlararo aloqaga ega bo‘lgan bo‘limlarni mustahkamlash uchun savollar, tayyorlangan konstruksiyani takomillashtirishga doir vazifalar);
2. Modelning, priborning umumiy ko‘rinishi va uzellari ko‘rinishining fotolari;
3. Kinematik va prinsipial sxemalar;
4. Modeldagi uzellar va detallarning shifrlari; ularning nomlari, material, chizmalarning, tipovoy texnologiyalari va tipovoy asbob-uskunalarining raqamlari ifodalanadigan spesifikasiya;
5. Tipovoy texnologik kartalar;
6. Tipovoy texnologik asbob-uskunalar.
O‘rganuvchilar tayyorlagan har bir texnik model tekshirilishi va ishda sinab ko‘rilishi kerak. Ana shu tekshirish va sinab ko‘rish qo‘yidagi tartibda o‘tkazilishi lozim:
1. Modelning umumiy ko‘rinishi va uzellarning tuzilishi, fotosiga muvofiq undagi barcha elementlarni tekshirish;
2. Umuman buyumning xususan, detallarning gabarit o‘lchamlarini nazorat qilish va ularni chizmalardagi o‘lchamlar bilan solishtirish;
3. Pardozlangan buyumning va undagi uzellarning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish; 4. Buyumning geometrik formalari to‘g‘riligini baholash (buralgan, qiyshaygan va nuqsonli joylarini aniqlash);
5. Texnik talablar bajarilganligini (umuman buyumning uzellar va detallarning yengil harakatlanishini, aylanishini, surilishini, detallar orasidagi ishqalanishning kamligini, tezkorlikni, boshqarish osonligi va hokazolarni tekshirish).
Dostları ilə paylaş: |