Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish


Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə10/64
tarix17.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#88371
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish

Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi:

  • O‘rganilayotgan jarayon matematik modelini tuzish,

  • Asosiy parametrlar qiymatlarini hisoblash uchun masalani yechishni dasturlash(algoritmlash),

  • Modelni o‘rganilayotgan jarayonga adekvatligini aniqlash.

Matematik modelni qurish
Ob’ektda ketayotgan xodisalarni ifodalaydagan matematik tenglamalar tizimsiga matematik model deyiladi.
Shunga asosan, texnologik jarayonning matematik modelini tuzishni quyidagi uch aspektda ko‘rishimiz mumkin: mazmuniy, analitik va hisoblash.
Birinchi, ob’ektning fizik moxiyati o‘rganilib, uning mazmuniy ifodasi tuziladi.
Ikkinchi, mazmuniy ifodani analitik ko‘rinishda, ya’ni matematik tenglamalar tizimsi ko‘rinishida ifodalanadi.
Uchinchi, modelni hisoblash tomonlari, ya’ni modellashtirish algoritmi aniqlanadi.Bunda matematik ifodani yechish usuli va yechish ketma-ketligi aniqlanib, ya’ni yechish algoritmi tuziladi.
Mazmuniy ifodani tuzish
Har qanday matematik modelni tuzish ob’ektni mazmuniy ifodasini tuzishdan boshlanadi. Kimyo texnologiya ob’ektlarini modellashtirishda avval, ularning «elementar» jarayonlarini aniqlab olinadi.


Odatda quyidagi «elementar» jarayonlarini inobatga olinadi:

  • fazalar oqimlari harakati jarayoni;

  • kimyoviy o‘zgarish jarayoni;

  • fazalar orasidagi modda almashinuvi;

  • issiqlik o‘tkazishi;

  • modda agregat xolatining o‘zgarishi.

Ba’zi bir to‘la o‘rganilmagan «elementar» jarayonlarni matematik modelga kiritilmasdan jarayonning matematik modelini tuzish mumkin, lekin bunda jarayon matematik modeli xatoligi juda katta bo‘lib ketmasligiga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Modellashtirishdan olingan natijalar aniqligi ob’ektning har xil parametrlarini bu modelda qanchalik to‘la hisobga olinganligiga bog‘liqdir. Bu parametrlarga quyidagilarni kiritish mumkin: konstruktiv, fizik va elementar jarayon parametrlari.
Konstruktiv parametrlarga, struktura parametrlari (oqimlar harakati tuzilishini ifodalovchi) va geometrik parametrlar (apparat parametrlari)
kiradi.
Fizik parametrlarga oqimning holat parametrlari (temperatura, konsentratsiya va boshqalar) va xususiyat parametrlari (issiqlik sig‘imlari, qovushqoqlik, zichlik va boshqalar) kiradi.
«Yelementar» jarayon parametrlariga gidrodinamik parametrlar (oqimlar harakatini ifodalovchi parametrlar, masalan: moddaning oqimda ko‘ndalang aralashtirgish koeffitsienti) va fizik-kimyoviy parametrlar (issiqlik va modda almashinuv koeffitsienti, kimyoviy reaksiya tezligi konstantasi) kiradi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin