Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə31/64
tarix17.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#88371
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish

Nazorat savollari.

  1. Jarayonning matematik modeliga kirgan sarf o’zgarmas kattaliklari nima uchun xisoblanadi?

  2. 12.1-rasmda keltirilgan masalani xisoblash algoritmiga qarab, masalani echish ketma-ketligigi aytib bering?

  3. Xisoblash eksperimenti yordamida qanday masalalar echiladi?




  1. Chiziqsiz yoki transendent tenglama tushunchasi.

  2. Chiziqsiz tenglama yechimining mavjudlik sharti.

  3. Oraliqni teng ikkiga bo’lish usuli va uning algoritmi.

  4. Vatarlar usuli va uning algoritmi.

  5. Urinmalar usuli va uning algoritmi.



MA’RUZA:№ 9
Texnologik qurilmalardagi moddiy va energetik oqimlarning tuzilishi. Determinalashgan modellarni tuzish.
Reja:

  1. Apparatlardagi oqimlar tuzilishining tipik matematik modellari.

  2. Ideal siqib chiqarish modeli.

  3. Ideal aralashtirish modeli.

  4. Diffuzion modellar.

  5. Yacheykali modellar.

  6. Kombinatsiyali modellar.



Qurilmalardagi oqimlar tuzilishining
tipik matematik modellari
Ko‘p texnologik jarayonlar oqimda amalga oshiriladi. Oqim texnologik jarayonning ketishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun matematik modellashtirilayotganda, uning ta’sirini hisobga olish kerak.
Har qanday oqim o‘zining tuzilishi bo‘yicha murakkab hisoblanadi. Lominar oqim tuzilishi, turbulent oqimnikidan farq qiladi. Oqimning har xil joyida tezlik har xil bo‘lishi mumkin. Boypaslar, turg‘un zonalar bo‘lishi mumkin.
Oqim tezligining o‘zgarishi, boypaslar, tuyg‘un zonalar va boshqa oqimlar tuzilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar, texnologik jarayonlar ketishiga ta’sir ko‘rsatadi va shuning uchun matematik modellashtirishda hisobga olinishi kerak.
Oqimlar tuzilishining o‘rganishda bir necha xil usullari mavjud. Masalan: oqimlar tuzilishi tug‘risida informatsiyani apparatning har bir nuqtasidagi tezlikni bilgan holda olish mumkin, ya’ni «tezlik maydonlari» ko‘riladi. Bu albatta juda murakkab masaladir. Yana boshqa kibernetik yo‘l bo‘lib, unda oqimlarning soddalashtirilgan fikriy modellari quriladi.
Birinchi bosqichda, juda soddalashtirilgan modellar, ideal oqimlar modellari tuziladi. Ikki xil ideal oqimlar modellari mavjud: ideal siqib chiqarish va ideal aralashtirish modellari.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin