O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Gap va uning belgilari, gapning boshqa sintaktik birliklardan farqi, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi, gaplarning tasnifi asosida gaplarni tahlil qilish
O‘quv faoliyati natijalari: Gap va uning belgilari, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi, gaplarning tasnifi, turlari haqida ma’lumotlarni mustahkamlaydi, bilimlarini sinaydi, mashqlar ishlaydi, testlar ishlaydi.
2-ilova
Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.
3-ilova 1-topshiriq. Savollarga javob bering. Gap deb nimaga aytiladi?