Texnologik xaritasi


-ilova Mavzu: O‘zga gapli qurilmalar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə36/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#210822
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
portal.guldu.uz-Ona tili(1)

1-ilova
Mavzu: O‘zga gapli qurilmalar
1.O‘zga gapli qurilmalarning tasnifiga doir.
2. O‘zga gapli qo‘shma gaplarning mazmuniy xususiyatlari haqida.
3. O‘zga gapli qo‘shma gaplarning turlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘zga gapli qo‘shma gaplar haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O‘quv faoliyati natijalari: O‘zga gapli qo‘shma gaplar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
2-ilova

Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.



3-ilova

 1-topshiriq. Savollarga javob bering.


1. O’zga gapli qurilmalar va ularning hosil bo‘lishi.
2. Ko‘chirma gap va uning belgilari.
3. Muallif gapi va uning belgilari
4. O’zlashtirma gap va uning belgilari
4-ilova
 2-topshiriq Matnda berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring, o‘zlashtirish jarayonidagi sintaktik qurilishni xarakterlang.
1. - Bu qamchini ko‘rsatsang hech kim sening yo‘lingni to‘smaydi, - debdi podsho cho‘ponga (S.A.). 2. – E voh! - deb nola qilibdi podshoh, - demak mening xonadonimdan hech kim qolmabdi-da? (S.A.). 3. – Ey aziz do‘stim, sendan qamchi ta’ma qilayotganim yo‘q, - debdi ko‘zi ochiq kishi, ammo hamrohlikning shartlaridan biri – yo‘ldoshi xatarda bo‘lsa, uni xabardor qilishdir. (S.A.). 4. Eng yaxshi tadbir shuki, dedi sichqon, - men bir uzun ip topaman. (S.A.). 5. Ajabo! Bir odamni saqlab qolmoq uchun meni o‘ldirasanmi? – debdi ilon (S.A.). 6. “Kim mas’uddir – undan ajralmoqlikni, kim baxtlidir – qayg‘urmoqlikni o‘rgansin”,- debdi donishmand shogirdiga (S.A.). 7. “Siz bilan biz bir oilaning farzandimiz”, - dedi rais. 8. “Bolalarim, yoshlikni g‘animat biling, faqat o‘yin-kulgi, kayf-safo bilan yoshlik davringizni zoye etmang”, - deydi Xurramiy.
5-ilova
 3-topshiriq. Matnni o‘qing. Ko‘chirma gap va muallif gapining bosh bo‘laklarini o‘zlashtirma gapga aylantirilgandagi sintaktik holatini izohlang.
Roviylar derlarkim, bir podshoh “hayotni o‘rganib kel”, deb o‘g‘lini dunyo safariga yuboribdi. Oradan oylar o‘tib, shahzoda saroyga qaytib, bir qo‘lida tuproq, yana birida tosh bilan otasiga ro‘para bo‘libdi.
- Dunyo kezib topganing shu bo‘ldimi? – deb ranjibdi podshoh. – Xo‘sh, bularingdan qanday ma’no uqmog‘im kerak?
- Podshoh qanchalar ulug‘, qanchalar qudratli bo‘lmasin, u tuproqdan yaralgan va oqibat yana tuproqqa aylangusi. Shunday ekan, to asliga qaytguniga qadar Allohga maqbul ishlarni qilishi, ya’ni raiyatga mehr-muhabbatda bo‘lmog‘i shart ekan. Toshning ma’nosi esa: xazinadan yaxshilik yo‘lida foydalanilmas ekan, undagi oltinu javohirning qadri bilan bu toshning qiymati bir xildir, - debdi shahzoda otasiga va bir rivoyat aytibdi:
Ziqna boy dalaga chiqib, xurjun to‘la oltinini ko‘mib qo‘yibdi-da, xazina ko‘milgan erni har kuni ziyorat qilaveribdi. Qo‘shnisi bir joyga uzoq tikilib turuvchi boyning bu qilig‘idan ajablanib, o‘sha yerni kavlabdi-da, oltinlarni olib, o‘rniga tosh solib qo‘yibdi. Ziqna boy bir kuni oltinlarining yuzini silab, rohatlanish maqsadida erni kavlasaki, xazina yo‘q! Alamdan dod solib turganida qo‘shnisi yaqinlashib, ne hol yuz berganini so‘rabdi.
- Oltinlarimni sarf qilmay shu erga ko‘mib qo‘ygan edim, kimdir o‘g‘irlab, o‘rniga tosh tashlab ketibdi, - deb javob beribdi boy.
- Bekorga yig‘layapsan, - debdi qo‘shnisi. – Sen kuyinmagin-da, toshni joyiga ko‘mib, har kuni ziyoratingni qilaver. Sarf qilmaganingdan keyin bu chuqurchaga tosh ko‘milganmi yo oltinmi, sen uchun nima farqi bor?
O‘g‘lidan bu rivoyatni eshitgan podshoh achchiqlanibdi-da:
-Demak, seningcha, boylik to‘plab, saqlash shart emas ekan-da? – debdi.
- Boylikka ega bo‘lmaslik yomon, boylikka ega bo‘la turib, undan oqillik bilan foydalana olmaslik undan-da yomonroq, - deb javob bergan ekan dono shahzoda.


6-ilova
Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin